Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi.
Bilimlar ombori. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan.
Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi.
Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.
EKSPERT TIZIMLARINING AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI ASOSIY KOMPONENTLARI
Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
•tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
• ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;
• ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshash-ligining bo‘lishi;
• muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
• masalani echish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
• predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash.
EKSPERT TIZIMINI YARATISH TALABLARI
Konseptualizatsiya;
Identifikatsiya;
Formallashtirish;
Amalga oshirish;
Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini testdan o‘tkazish.