Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə67/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

15.1-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli
Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil etish soxasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi ishlashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:

          1. Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi.


          2. Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi.


          3. Boshqarish tizimi mustaqil xarakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega bo’lishi.


          4. Boshqaruvchi ob’ektning boshqariluvchi ob’ekt xaqida mufassal ma’lumotlarga ega bo’lishi.


Boshqarish deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi.


Tizimni boshqarish maqsadiga ma’lum bir funktsiyani amalga oshirish orqali erishiladi. Bunday funktsiyalarga:
          • rejalashtirish;


          • taxlil etish;


          • nazorat;


          • xisobot;


          • qaror qabul qilish funktsiyalari kiradi.


Rejalashtirish deb boshqarishning maqsadi va unga erishish yo’llarini aniqlash, xarakat rejasini tuzish va uning istiqbolini aniqlashga aytiladi.


Taxlil etish deganda boshqarish tizimi tuzilishini tanlash va shakllantirish, tizim unsurlari o’rtasidagi munosabatni va bog’liqlikni aniqlash tushuniladi.
Nazorat deb ishlab chiqarish jarayonini kuzatish va xaqiqatda bajarilg’an ishning reja bo’yicha belgilanganligi to’g’riligini tekshirishga aytiladi.
Xisobot deganda reja bajarilishining yoki uning ma’lum bir bosqichi bajarilishining yakuniy xisoboti, boshqarish natijalarini baholash tushuniladi.
Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo’linishligidir.
Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko’ra farqlanadi. Quyida 1-jadvalda turli elementlardan iborat bo’lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin