Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


IABS – integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə82/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

3. IABS – integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi
Axborot texnologiyalar (IT) sohasidagi har qanday qaror mavjud axborot va texnologik muhit bilan qo‘llab quvvatlanishi kerak. Tarmoqlar, serverlar, ishchi stansiya va boshqa texnik jihozlar har qanday dastur mahsulotining tizim talabi ro‘yxatiga kirishi mumkin.
Tizimli talab, odatda quyidagi apparat va dastur vositalarining texnik parametrlari bilan belgilanadi:
            • protsessorlar bilan — tizim boshqaruvini bajaradigan va ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradigan qurilma;


            • tizim xotirasi bilan—axborotni saqlash uchun taqdim etilgan ko‘plab qurilmalar bilan;


            • interfeyslar bilan — texnik qurilmalar mexanizmlarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabati;


            • kommunikatsiya tizimi yoki tarmoq bilan — tizim komponentlari orasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan tuzilish va mexanizmlar;


            • operatsion tizimlar bilan — tizimning texnik komponentlari bilan boshqarish uchun funksiyalarning asosiy to‘plami bilann ta’minlaydigan dasturiy ta’minot.


Oddiy tizimlar uchun bitta kompterga talab belgilanadi. Odatda bu barcha tizim ishini ta’minlay oladigan shaxsiy kompter. Bunday arxitektura markazlashtirilgan tizim deb ataladi. Kompter asoslanadigan kuchiga ko‘ra markazlashtirilgan tizimlar yanada global vazifalarni hal etishlari mumkin. SHaxsiy kompterni ko‘p foydalanuvchili katta, supermini yoki miniEHMga almashtirish yagona markaziy tizim doirasidagi ko‘plab vazifalarni markazlashtirishga imkon beradi. Biroq ushbu qarorning yuqori narxi, shuningdek, etarlicha mutaxassis yo‘qligi hamda markaziy kompyuterga asoslangan dasturiy echimlarning kam soni bu kabi tizimlardan foydalanishni chegaralaydi.


Murakablik, axborot hajmi va bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan jarayonlar o‘sishi natijasida texnik talablar bitta qurilma chegarasidan chiqadi va taqsimlangan tizimlar yaratilishiga olib keladi.
Taqsimlangan hisoblash— qayta ishlash tarmoqqa ulangan bir nechta kompyuterlar bilan amalga oshiriladigan kompyuter tizimi. Bunda shakliga ko‘ra istalgan kompyuter tizimi mavjud va har bir kompyuter o‘z vazifasini yuajaradi, tarmoq esa tizim ishlashini bir butun sifatida qo‘llab quvvatlaydi.
«Mijoz-server» — taqsimlangan hisoblash muhiti modeli, bunda vazifaning interfeys qismi foydalanuvchi mashinasida amalga oshiriladi, ko‘p resurslarni talab qiluvchi so‘rovlarni qata ishlash bir yoi bir necha serverlar bilan amalga oshiriladi.


            • Klasterlar — avtonom tizimlarga (komterlarning) nisbatan umumiy disklar xotirasi (umumiy fayl tizimlari bilan), mashinalararo munosabat vositalari va ma’lumotlar bazasi yaxlitligini qo‘llab quvvatlashning jamuljamligini aks ettiruvchi hisoblash tizimi. Klasterlarni qo‘llash tizim foydaliligi va ishonchliligini oshiradi, bitta kompyuterning to‘xtab qolish holatida uning ishini o‘ziga boshqasi oladi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan klaster yagona tizim sifatida haraatlanadi.

Bu arxitekturalar bir-birini rad etmaydi, arxiteturaning bir qismi uchun “mijoz-server”dan foydalanish boshqa resurslar uchun tarqatilgan hisoblashni olib borish bilan birlashtirilishi mumkin.


Taqsimlangan tizimni tuzishda eng birinchi vazifa - qanday resurs shakllari taqsimlanishini belgilash bo‘lishi shart. Hissoblash kuchini bo‘lish kerak bo‘lgan holatda, taqsimlangan hisoblash tizimi yoki “mijoz-server” arxitekturasi ko‘rib chiqiladi. Agar tizim ma’lumotlarning juda katta oqimi va ularni saqlashni qayta ishlashni amalga oshirsa, unda klaster mexanizmlari tahlil qilinadi.
«Mijoz-server» texnologiyalari axborot tizimni tashkil etuvchi ixtisosliklar tamoyiliga asoslanadi. Bunda ikki turdagi komponent: server va foydalanuvchining ish o‘rni (Desktop) belgilanadi.
Server—ixtisoslashtirilgan yoki umumiy vazifalarni echish uchun xizmat qiladigan dasturiy ta’minotdir.
Foydalanuvchining ish o‘rni – bu konkret foydalanuvchi vazifasini echish uchun, masalan, tizimning foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan axborot tizimi komponentlaridir.
«Server» atamasi ikki tomonlama talqin qilinishi mumkin: ham konkret kuchli ajratilgan kompyuter, yoki xizmatlardan bittasini amalga oshiradigan dasturiy ta’minot. Ushbu bobda ayrim vazifalarni mustaqil bajarishni ta’minlaydigan dastur server deb ataladi. Bunda vazifa ajratilgan kompyuterda ham ishchi stansiyasida ham bajarilishi mumkin. Oxirgi qaror ko‘pincha tizimni ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalaniladi.
“Mijoz-server” arxitekturasini tanlashda, birinchi navbatda, qaror serverlarga ko‘chiriladigan vazifalar ro‘yxati hajmini aniqlash zarur. Odatda, bu vazifalar umumiy kirishni yoki ko‘proq hisoblash kuchini talab etadigan bo‘lishadi. Quyida server sifatida eng ko‘p foydalaniladigan axborot xizmatlari ro‘yxati keltirilgan.
Domen serveri tarmoq segmenti foydalanuvchilari ro‘yxatini, shuningde, ularning kirish huquqini belgilaydi. Birlashish monitoringini amalga oshiradi. “Mijoz-server” tamoyili bo‘yicha ishlaydigan istalgan tarmoq operatsiyasining yadrosi hisoblanadi.
Fayl-server fayl shaklidagi axborotni unga taqsimlangan kirish maqsadida saqlash uchun xizmat qiladi. Ularning har biriga kirishga nazoratni amalga oshiradi. Fayl-server sifatida shaxsiy disk masofada foydalanishga ruxsat beradigan istalgan kompyuter xizmat qilishi mumkin. Biroq, ko‘plab tarmoq operatsiya tizimlari fayl-serverni boshqarish uchun qo‘shimcha servislarning katta miqdorini taqdim etadi.

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin