Mavzu: Biologiya o`qitishning asosiy shakllari Reja


( PISA dasturi inglizcha- programme for International student assessment)



Yüklə 176,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix06.05.2023
ölçüsü176,64 Kb.
#108519
1   2   3   4
6 ma`ruza

 ( PISA dasturi inglizcha- programme for International student assessment) 
O`quvchilar uchun biologik o`quv materialini tanlash biologiya o`qitish 
metodikasida nihoyat murakkab masalalaridan biri sanaladi. U maktab 
O`qituvchilari, pedagoglari, biolog olimlar hamkorligida hal etiladi. O`quvchilar 
uchun ta’lim mazmunining tanlashni qiyinligi ilmiy axboratning benihoyat ko`pligi 
va tez o`sishi bilan uzviy aloqador. Keyingi davrda biologiya tobora tez 
rivojlanayotgan mustaqil fanlar tizimidan iboratligi ma’lum bo`lib qoldi. U botanika, 
zoologiya, 
fiziologiya, 
anatomiya, 
morfologiya, 
genetika, 
stitologiya, 
antropologiya, embriologiya, paleontologiya, mikrobiologiya, gidrobiologiya, 
biogeografiya, biotexnologiya, bioetika, bioestetika, evolyustion ta’limot va boshqa 
xususiy fanlar o’quv qo’llanmasidan tashkil topgan. Biologiya fanining bunday tez 


rivojlanishi bir tomondan organizmlarning turli jihatdan o`rganish, ikkinchi 
tomondan hayotning har xil darajalarini tadiq qilish bilan bog‘liq bo`lsa, uchinchi 
tomondan biologiyaning tabiyotshunoslikning boshqa - xususan matematika, 
kibernetika, ximiya, fizika sohalari bilan integratsiyasi bilan tushuntiriladi. 
Biologiya fanining tabaqalanishi va boshqa tabiiy fanlar bilan hamkorlik qilishi 
yangi - yangi axborotlarni to`planishiga sababchi bo`lmoqda. Hujayra 
organoidlarining ultrastruktura tuzilishi qilishi, funksiyasi, hujayraning kelib 
chiqishi to`g‘risida simbiogenez nazariyasi, nuklein kislotalarning tuzilishi va 
funksiyasi, irsiyat va o`zgaruvchanlikning moddiy asoslari, politipik tur, 
populyatsiyalarning, ekologik genetik tuzilishi, kariosistematika, hayot tuzilishining 
turli darajalari to`g‘risidagi bilimlar biologiyaning XX asrdagi yutuqlari sanaladi. 
Biologiya fanidan to`plangan bilimlar, axborotlar hajmi nihoyatda ko`p va xilma-
xil. O`rta ta’lim o`quv yurtlarida biologiya fani to`plagan barcha axborot va 
bilimlarni tabiiy ravishda o`quvchilarga berib bo`lmaydi. Shunga ko`ra ular orasidan 
o`quvchilarning yoshi hamda o`qitishning hozirgi zamon maqsad va vazifalariga 
mos bo`lgan bilimlar o’quv qo’llanmasini tanlab olish zarur. Tanlab olingan bilimlar 
o’quv qo’llanmasi umumiy o`rta ta’lim o`quv yurtlarida davlat, jamiyat, shaxs 
ehtiyojiga mos bo`lishi, hamda jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotini va fan 
texnika rivojlanishini o`zida ifoda qilishi va ta’lim berishda ko`rsatilgan maqsad 
vazifalarini amalga oshirishga safarbar qilingan bo`lishi lozim.
Biologiyani o`qitishda o`quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatini tarkib toptirish 
Fikr inson faoliyati, uning o`z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-
insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi bo`lganligi uchun, biologiyani o`qitish jarayonida 
o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish zarur. 
PISA testlari 5 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi: -(inglizcha- programme for 
International student assessment) O’qish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy 
fanlar hamkorlikda hal qilish va moliyaviy savodxonlik yo’nalishlari. O’zbekiston 
2021 yilda 3- yo’nalish: O’qish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar 
yo’nalishlari bo’yicha testlarda qatnashishi rejalashtirilgan. Testlarda asosiy e’tibor 
o’quvchilarning mazkur yo’nalishlar bo’yicha asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy 
bilim va ko’nikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga 
qaratilgan. Bu testlarda o’quvchilarning dars davomida aniq mavzular bo’yicha 
o’rgangan bilimlarni sinovdan o’tkazish nazarda tutilgan.
O`qitish jarayonining asosini o`quvchilarning o`quv topshiriqlarini bajarish orqali 
vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi. O`quvchilarning aqliy 
rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni 
shakllantirish ustuvor yo`nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini 
to`ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar 
haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, 
faktlar va hodisalarni chog‘ishtirish). 
Tabiiy –ilmiy savodxonligi; hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin 
bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar asosida xulosalar chiqarish 
kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson faoliyati 


natijasida unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish, shunga ko’ra kerakli 
qarorlar qabul qila olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi. 
O`quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko`nikmalarini shakllantirish uchun biologiya 
o`qituvchisi har bir darsda avval o`rganilayotgan obektlar bilan o`rganilgan obekt 
o`rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak. Jumladan, 
“Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi” mavzusini o`rganganda o`quvchilarni 
kichik guruhlarga ajratib, ularga o`quv topshiriqlari bilan bir qatorda quyidagi 
jadvalni to`ldirish tavsiya etiladi: 
O`quvchilar darslikda berilgan o`quv axborotini tahlil qiladi, organlar sistemasi 
haqidagi faktlarni tanlaydi, ularni avvalgi obektlar bilan taqqoslab, xulosa chiqaradi. 
Demak, daryo qichqichbaqasining ichki tuzilishini tahlil qilib, avval o`rganilgan oq 
planariya, yomg‘ir chuvalchangi, suv shilliq qurti bilan taqqoslab o`rganadi. O`quv 
materiallarining bu tarzda o`rganilishi o`quvchilarda tahliliy fikr yuritish 
ko`nikmalarining tarkib toptirishga zamin tayyorlaydi. Bog‘lanishli (assotsiativ) fikr 
yuritish (avval o`rganilgan bilimlar, faktlar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, tanish 
obekt va hodisalarning yangi xususiyatlari va sifatlarini topish). Bog‘lanishli fikr 
yuritish o`quvchilarning avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarini 
kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda qo`llab yangi bilim va ko`nimalarni 
o`zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi. 
Mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat 
bo`ladi:
1.Muammoli vaziyatni anglash.
2.Muammoni hal etish yo`llarini aniqlash.
3.Muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda mantiqan 
dalillash.
4.Muammoni hal etish usullarining mantiqan ketma-ketligini aniqlash.
5.O`z javoblarining to`g‘riligini dallillash.
6.Javobning to`g‘riligini tekshirib ko`rish.
Ijodiy fikr yuritish ko`nikmalari ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. 
Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda o`quvchilar aqliy faoliyat usullari bo`lgan 
o`rganilayotgan obektni tahlil qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, 
sintezlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa 
yasashni egallagan bo`lishlari lozim.
Shundagina o`quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil etadigan xususiyatlar:
Tanish obektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi;
Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish;
Bilim va ko`nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash orqali muammoni 
hal etish; 
O`zlashtirgan bilim va ko`nikmalarni amaliyotda ijodiy qo`llashga o`rganishi 
mumkin. O`quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalarini 
rivojlantirishning muhim sharti, o`quvchilarning o`z fikrlarini dalillash va asoslash 
sanaladi. Shu sababli, o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalari 
asosan, o`quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.

Yüklə 176,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin