Mavzu: Biologiya o`qitishning asosiy shakllari Reja



Yüklə 176,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.05.2023
ölçüsü176,64 Kb.
#108519
  1   2   3   4
6 ma`ruza



Mavzu: Biologiya o`qitishning asosiy shakllari 
Reja:
1.Biologiya o`qitishning shakllari 
2.Biologiya darslari 
3.Fan darslarining strukturasi 
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman 
oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin 
kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni 
bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi 
ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar 
boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni 
eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi. 
BIOLOGIYA DARSLARI 
Ma’lumki, biologiyani o‘qitish dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari ishlar 
va ekskursiyalar shaklida tashkil etiladi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida biologiyani 
o‘qitishga tizimli yondoshildi. O‘quv dasturidan o‘rin olgan har bir mavzuning 
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadi hisobga olingan holda biologiyani 
o‘qitishda quyidagi dars turlaridan foydalanish tavsiya etildi: 
1. Ma’ruza darslari Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan ma’ruza darslari 
didaktik maqsadi va mazmuniga ko‘ra uch guruhga ajratiladi:
Kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza.
Kirish ma’ruzalari o‘quv fanining, u yoki bu bobni o‘rganishga bag‘ishlangan 
birinchi darsda foydalaniladi. Unda o‘quv fanining, mazkur bobning o‘rganish 
masalalari, muammolari, keyingi darslarda o‘tkaziladigan mavzularga qisqacha 
to‘xtaladi. Ma’ruza mazmuni va o‘quvchilar faoliyatining tashkil etilishiga ko‘ra 
induktiv yoki deduktiv ravishda tuzilgan bo‘lishi mumkin. Ma’ruza induktiv 
tuzilganda, avval o‘quvchilarni hodisa va obyektlar bilan tanishtirilib, keyin umumiy 
xulosa keltirib chiqariladi. Shunga bog‘liq holda o‘quvchilarning o‘quv-bilish 
faoliyati ham induktiv tarzda tashkil etiladi. 
Shunday qilib, o‘rta maxsus, kasb ta’limi muassasalarida biologiya o‘quv fanini 
o‘qitishning samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim-tarbiya jarayoniga 
tizimli yondoshuv sanaladi va o‘qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi: 
1. Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza) darslari.
2. Seminar (bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga 
mo‘ljallangan) darslari.
3. Modulli dars.
4. Muammoli (aqliy hujum) darslar.
5. Didaktik-o‘yinli (syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar, o‘yin 
mashqlar) darslar. 
6. Sinov (didaktik kartochkalar, test topshiriqlari, o‘zaro nazorat varag‘i yordamida, 
EHM nazorat dasturlari vositasida o‘tkaziladigan) darslar.
7. Amaliy mashg‘ulotlar.
8. Laboratoriya mashg‘uloti. 
9. Ekskursiya.


10.Umumlashtiruvchi dars 
Deduktiv ma’ruzada esa buning aksi bo‘ladi, ya’ni avval umumiy tushunchalar 
beriladi, keyin obyektlar va hodisalar yordamida uning mazmuni ochib beriladi. 
Shunga bog‘liq holda o‘quvchilarning o‘quvbilish faoliyati deduktiv tarzda tashkil 
etiladi. Biologiyani o‘qitishda ma’ruza darslari bilan bir qatorda seminar 
mashg‘ulotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 176,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin