1. O`quv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan o`quv topshiriqlari bilan
tanishish.
2. O`quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo`llarini belgilash;
3. Axborot manbai yoki darsliklardagi o`quv materialini o`rganish, tahlil qilish va
undagi asosiy g‘oyani ajratish;
4. Muammolarni hal etish bo`yicha javoblarni tayyorlash;
5.Javoblarni ko`rgazmali vositalar yordamida dalillash; 6.Javoblarning to`g‘riligini
tekshirib ko`rish;
7.O`z-o`zini nazorat qilish, o`zaro nazoratni amalga oshirish;
Ijodiy izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq:
Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash;
Ijodiy izlanish maqsadiga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish;
Guruh a’zolari o`rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga oshirish;
Olingan natijalarni tasavvur
qilish va uni loyihalash;
Maqsadni amalga oshganligi va
olingan natijani tahlil qilish;
Zarur hollarda tegishli o`zgartirishlar kiritish.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Biologiya o`qitish metodikasining asosiy maqsadi vazifalari nimalardan iborat?
2.Biologiya o`qitish metodikasining o`quv fani bilan fanilar orasida
qanday
tafovutlar mavjud?
3. Biologiya o`qitish metodikasi fan sifatida nimalarni o`rgatadi?
4. Biologiya o`qitish metodikasi o`quv fani sifatida qanday vazifani bajaradi?
5.Biologiya o`qitish metodikasi bilan pedagogika fani o`rtasida qanday
bog‘lanishlar bor?