II. O‘quvchilarning umumta’lim maktabida biologiya o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan
bilimlarini faollashtirish.
III. O‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
IV.Yangi mavzuni o‘rganish:
Reja:
1. Biologiya fanini o‘rganish obyektlari va predmeti;
2. Hayotning tuzilish darajalari
3. Biologiya fanlari sistemasi;
4. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari;
5. Biologiya fanidagi muammolar;
6. Biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati
O‘qituvchi ushbu darsni tashkil etishdan avval, o‘quvchilar guruhi bilan muayyan
tayyorgarlik ishlarini olib boradi. O‘quvchilarga biologiya fani sohasida ishlayotgan
«olimlar» maqomini berib, ular zimma siga biologiya fanining o‘rganish obyektlari
va predmeti, biologiya fanla ri sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari,
biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati bo‘yicha axborot to‘plash va
o‘quvchilarni tanishtirish vazifasi yuklatiladi.
O‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan so‘ng, o‘quvchilarning avval o‘quv
fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlarini faollashtiradi, so‘ngra o‘quvchi larni dars
mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi. Shundan so‘ng biologiya fanining
taqdimoti boshlanadi. «Olimlar» maqomini olgan o‘quvchilar navbat bilan
o‘quvchilarni biologiya fanining o‘rganish obyektlari va predmeti, biologiya
fanlari sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, biologiyaning nazariy va
amaliy ahamiyati bilan tanishtiradi. O‘qituvchi taqdimot tugagandan so‘ng
darslikda berilgan topshiriqlar asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil
etadi.
V.Yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob, o‘quv bahsi
uyushtirish.
VI. O‘quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII. Uyga vazifa berish.
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi
maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni
koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.
Dostları ilə paylaş: