Mavzu: Biologiya o`qitishning asosiy shakllari Reja



Yüklə 176,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix06.05.2023
ölçüsü176,64 Kb.
#108519
1   2   3   4
6 ma`ruza

Na`munaviy dars ishlanma 
Darsning mavzusi: Kirish
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarni biologiya fanining tekshirish obyekti, 
ilmiy tadqiqot metodlari, fanlar sistemasi, nazariy va amaliy ahamiyati bilan 
tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyatini 
tushuntirish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va 
aqliy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning biologiya fanidan olgan asosiy 
biologik tushunchalari, o‘quv adabiyotlari va darslik ustida mustaqil ishlash 
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Biologiya fanlari sistemasi, metodlari jadvali.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o‘yin texnologiyasi. (Taqdimot 
darsi).
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Biologiya fanining o‘rganish obyektlari va 
predmeti, fanlari sistemasi, hayotning tuzilish darajalari, ilmiy-tadqiqot metodlari, 
muammolar, biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.


II. O‘quvchilarning umumta’lim maktabida biologiya o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan 
bilimlarini faollashtirish.
III. O‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
IV.Yangi mavzuni o‘rganish:
Reja:
1. Biologiya fanini o‘rganish obyektlari va predmeti;
2. Hayotning tuzilish darajalari 
3. Biologiya fanlari sistemasi;
4. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari;
5. Biologiya fanidagi muammolar;
6. Biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati 
O‘qituvchi ushbu darsni tashkil etishdan avval, o‘quvchilar guruhi bilan muayyan 
tayyorgarlik ishlarini olib boradi. O‘quvchilarga biologiya fani sohasida ishlayotgan 
«olimlar» maqomini berib, ular zimma siga biologiya fanining o‘rganish obyektlari 
va predmeti, biologiya fanla ri sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, 
biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati bo‘yicha axborot to‘plash va 
o‘quvchilarni tanishtirish vazifasi yuklatiladi. 
O‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan so‘ng, o‘quvchilarning avval o‘quv 
fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlarini faollashtiradi, so‘ngra o‘quvchi larni dars 
mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi. Shundan so‘ng biologiya fanining 
taqdimoti boshlanadi. «Olimlar» maqomini olgan o‘quvchilar navbat bilan 
o‘quvchilarni biologiya fanining o‘rganish obyektlari va predmeti, biologiya 
fanlari sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, biologiyaning nazariy va 
amaliy ahamiyati bilan tanishtiradi. O‘qituvchi taqdimot tugagandan so‘ng 
darslikda berilgan topshiriqlar asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil 
etadi.
V.Yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob, o‘quv bahsi 
uyushtirish.
VI. O‘quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII. Uyga vazifa berish. 
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi 
maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni 
koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti. 

Yüklə 176,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin