Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari
Reja:
1. Biologiya ta’limining maqsadi va vazifalari.
2. Biologiya ta’limi mazmuni va uning tarkibiy qismlari.
3. Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish.
4. Biologik ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish yo‘llari.
5. Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil
va ijodiy faoliyatni tarkib
toptirish.
Biologik ta’limning maqsad va vazifalari. Umumiy o‘rta ta’limi
muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarga
tirik
organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi,
kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro
munosabatlari,
muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi
bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va
ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning
vazifalari:
asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;
tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining
vujudga kelishi
mexanizmlari haqida ma’lumot berish;
organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari
bilan tanishtirish;
o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning
salomatliklarini saqlashga,
sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish;
biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan- texnika
yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb
tanlashga yo‘naltirish;
tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini
yosh avlod ongiga singdirish;
biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik
va hayvon turlari, seleksiya
yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar
va hozirgi olimlarning
biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash,
biologiyadan
olgan
bilimlarini
hayotda
qo‘llay
olish
kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.