Biologiya o‘quv fani mazmuniga biologiya fanining morfologiya,
anatomiya, fiziologiya, sitologiya, genetika, seleksiya, ekologiya, gigiyena,
sistematika, embriologiya, evolyutsion ta’limot, biotexnologiya, gen injeneriyasi
kabi tarmoqlariga oid ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib,
tushunchalar tizimi shu fan
asoslari bilan belgilanadi. Shu sababli, biologiya o‘quv fanining asosiy biologik
tushunchalari sirasiga morfologik, anatomik, fiziologik,
sitologik, genetik,
ekologik,
gigiyenik, sistematik, embriologik, evolyutsion,
shuningdek, agronomik
tushunchalarni kiritish mumkin.
Biologik tushunchalarni mazmuni va mohiyatiga ko‘ra oddiy va murakkab,
xususiy va umumiy biologik tushunchalarga ajratish mumkin. Ma’lumki, har bir
tushuncha avval oddiy, so‘ngra boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib,
murakkab tushunchalarni hosil qiladi.
Masalan, dastlab birlamchi tushuncha bo‘lgan barg uning tashqi tuzilishi,
tomirlanishi, poyada joylashishi, oddiy va murakkab barglar, bargning hujayraviy
tuzilishi, bargning suv bug‘latishi, nafas olishi,
fotosintez, o‘simliklarning nam
tanqisligiga moslanishi natijasida barglar metamorfozi bilan tanishish orqali
murakkab tushunchaga aylanadi. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, bob
yakunida birlamchi tushuncha bo‘lgan barg o‘zida morfologik, anatomik,
fiziologik, sitologik, tushunchalarni mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga
aylanadi. Biologiya o‘quv fani mazmunidagi barg tushunchasi sistematik, ekologik
tushunchalar bilan o‘zaro aloqadorlikda yanada boyitiladi. Bunday holatni
yuqorida qayd etilgan oddiy birlamchi tushuncha bo‘lgan o‘simlik organlari ildiz,
poya, gul, meva, urug‘ misolida keltirish mumkin va ularning har biri o‘zida
muayyan tushunchalarni mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi.
«O‘simlik-yaxlit organizm» mavzusida mazkur murakkab tushunchalar
o‘zaro aloqadorlikda yanada murakkab umumiy biologik tushunchalarga aylanadi.
7-sinf biologiya o‘quv fanida har bir tip yoki sinf vakillari misolida hayvon
to‘g‘risidagi
tushuncha
uning
morfologiyasi,
anatomiyasi,
fiziologiyasi,
ekologiyasi va ahamiyati yoki zarari haqidagi tushunchalar bilan uyg‘un holda
beriladi. Ayni paytda ushbu tushunchalar organizmlarning
oddiydan murakkabga
tomon evolyutsion murakkablashib borishi nuqtai nazardan rivojlantiriladi.
8-sinf biologiya o‘quv kursida oddiy tushuncha bo‘lgan organlar
tushunchasi, organlar sistemasi, organlarning tuzilishi va funksiyasi tushunchalari
bilan birlashib, murakkab tushunchalarga aylanadi. “Odam va uning salomatligi”
kursidagi tushunchalar (hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemasi, organizm
yaxlit sistema) tizimni hosil qiladi.
O‘quv kursi yakunida o‘quvchilarda har bir organning tuzilishi va vazifasi
bo‘yicha morfologik, anatomik, fiziologik, gigiyenik, ekologik, embriologik va
evolyutsion tushunchalar tizimini shakllantirish nazarda tutilgan.
Bir o‘quv fani davomida rivojlantiriladigan tushunchalar xususiy
tushunchalar deyiladi. Botanikada o‘simliklarning ildiz yordamida mineral
oziqlanishi,
barg
orqali
oziqlanishi-fotosintez,
zoologiyada
hayvonlar
morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi, 8-sinf “Odam va uning
salomatligi” o‘quv kursida odam organizmida boradigan hayotiy jarayonlar, ba’zi
kasalliklarning belgilari va ularning oldini olish haqidagi tushunchalar xususiy
tushunchalarga misol bo‘ladi.
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta
mavzuda rivojlantiriladigan
tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Lokal tushunchalar sirasiga «Poyalarning
xilma-xilligi» mavzusidagi poyaning tik o‘suvchi, o‘rmalovchi, chirmashuvchi,
palak otuvchi, ilashuvchi, qisqargan turlari, «O‘g‘itlar» mavzusidagi o‘g‘itlarning
xillari kiradi.
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o‘simlik
hamda hayvonlarning organlari to‘g‘risidagi tushunchalar; o‘simlik hamda hayvon
organizmida boradigan hayotiy jarayonlar to‘g‘risidagi tushunchalar;
ekologik, sistematik va filogenetik bog‘lanishlar to‘g‘risidagi tushunchalar;
Biologiya o‘quv fani mazmunida umumiy biologik tushunchalar asosiy
o‘rinni egallaydi. Barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan biologik qonuniyatlar va
ayrim biologik o‘quv kurslarining xususiy tushunchalarini umumlashtiruvchi
tushunchalar umumiy biologik tushunchalar deyiladi. Umumiy biologik
tushunchalarga quyidagilar kiradi:
hujayra tirik organizmlarning tuzilish, qurilish va hayotiy birligi;
organlar tuzilishi va funksiyasining birligi;
organizm bilan muhitning o‘zaro bog‘liqligi;
organizm – o‘z-o‘zini boshqaruvchi yaxlit sistema;
moddalar va energiya almashinuvi;
irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organizmlarning ko‘payishi;
organik olamning evolyutsion rivojlanishi.
Umumiy biologik tushunchalar xususiy biologik tushunchalardan hosil
bo‘ladi va ularning har biri maktab biologiya o‘quv fanlari mazmunida rivojlantirib
boriladi.
9-sinfda o‘qitiladigan «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) o‘quv
fani mazmunida anatomik, morfologik, sitologik, fiziologik, genetik tushunchalar
asosiy o‘rinni egallaydi va ular o‘quvchilarning avvalgi kurslarda o‘zlashtirgan
bilimlari asosida rivojlantiriladi va mustahkamlanadi.
5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik
xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari)
o‘quv fanini o‘qitishda xususiy tushunchalarga aylanadi.
Tushunchalarning bir tartibdan boshqa tartibga o‘tishi, ya’ni umumiy
biologik tushunchalarning «Biologiya» o‘quv fanini o‘qitishda xususiy
tushunchalarga aylanishi biologik kurslarda tushunchalarni rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyati sanaladi. Bu tushunchalar ko‘p tomonlama va ayni paytda
harakatchan aloqalar bilan bog‘lanib, o‘zaro uzviylikda rivojlantiriladi.
Masalan, 5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik
tushuncha sanalgan hujayra tushunchasi va unga bog‘liq ma’lumotlar
9-sinfda “II bo‘lim. Hujayra haqidagi ta’limot”da yangi tushunchalar bilan
o‘zaro bog‘lanadi va uzviy rivojlantiriladi. Jumladan, yadro tushunchasi botanika,
zoologiya, odam va uning salomatligi kurslarida hujayraning asosiy qismi shaklida
e’tirof etilgan bo‘lsa, 9-sinfda yadrodagi xromosomalarning tuzilishi, kariotip,
diploid, gaploid to‘plam haqidagi
tushunchalar bilan boyitilib, yadro hujayraning
ajralmas qismi bo‘lib, u irsiy axborotni saqlash, irsiy axborotni nasldan-naslga
o‘tishini ta’minlash, hujayrada boradigan modda va energiya almashinuvi
jarayonini boshqarish kabi funksiyalarni bajarishi qayd etiladi. 10-11-sinflar
biologiya o‘quv fani mazmunida evolyutsion va ekologik tushunchalar yetakchi
o‘rinni egallaydi va mazkur tushunchalar o‘quvchilarning avvalgi o‘quv
kurslaridan egallagan bilimlari asosida rivojlantiriladi.
«Botanika» va «Zoologiya» o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan sistematik
birliklar tur, avlod, turkum, oila, sinf, tip, bo‘lim kabi tushunchalari turlarning
paydo bo‘lishi, mikroevolyutsiya, makroevolyutsiya tushunchalari bilan o‘zaro
bog‘likda kengaytiriladi va rivojlantiriladi.
Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashganligi haqidagi bilimlar
11-sinfda “Hayotning ekosistema darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar” bobida
rivojlantiriladi.
Shunday
qilib,
dastlab
birlamchi
oddiy
tushunchalar,
murakkab
tushunchalarga, so‘ngra xususiy va umumiy biologik tushunchalarga aylanib
boradi.
O‘quvchilarda
tushunchalarning
shakllanganlik
va
rivojlanganlik
darajasining ko‘rsatkichi biologik ta’lim samaradorligining darajasini belgilaydi.
Shu sababli, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan
tushunchalarning eng yuqori
darajasi tushunchalarni erkin bayon etish va amaliyotda mustaqil foydalana olish
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: