BMTTD O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ilk yangi yaratilgan muhofaza qilinuvchi hududni – Quyi Amudaryo biosfera qo‘riqxonasini tashkillashtirishga yordam berdi, muhofaza qilinuvchi hududlarni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekistonning bosh rejasini, shuningdek 2019-2028 yillardagi davr uchun Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya i Harakatlar rejasini (BXSMSHR) ishlab chiqishda ko‘maklashdi. Tabiiy resurslarni, shu jumladan yaylovlar, nabotot va hayvonot dunyosini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish maqsadida siyosiy ko‘mak ko‘rsatildi. Amaliy ma'lumotlarga tayangan holda rejalashtirish va qarorlarni qabul qilishga ko‘maklashish maqsadida bioxilma-xillikni saqlash to‘g‘risidagi ma'lumotlarni boshqarish tizimi ishlab chiqildi.
Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha loyihalar O‘zbekistondagi turli xil ekotizimlarni, shu jumladan undagi cho‘llarni, Orol dengizi havzasini, qirg‘oqlar bo‘ylaridagi hududlarni, suv va botqoq hududlarni hamda tog‘larni qamrab oldi, bunda asosiy e'tibor yo‘qolish arafasidagi turlarga qaratildi. Global ekologik jamg‘arma ko‘magida qor qoplonini va uning o‘ljalarini o‘rganish maqsadida qor qoplonini tadqiq qilish va kuzatish Milliy dasturi shakllantirildi, shu bilan birga qor qoplonini saqlash bo‘yicha Milliy dastur va Harakatlar rejasi tez orada Hukumatga tasdiqlanish uchun taqdim etiladi. Garchi Hukumat bioxilma-xillikni muhofaza qilish sohasida jiddiy natijalarga erishgan bo‘lsa-da, mamlakat uchun tabiiy resurslardan va ekotizimlardan mas'uliyatli foydalanish aholi sonining o‘sishi va urbanizasiya, jadal islohotlar davrida o‘ta muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. O‘zbekiston ekotizimlari iqlim o‘zgarishi oldida o‘ta zaifdirlar (bioxilma-xillikning qisqarishiga olib keluvchi cho‘llanish). Orol dengizining qurib borishi – bunga achchiq dalolatdir. Bu esa iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ekologik jihatdan barqaror va o‘zaro kelishilgan bo‘lishini taqozo qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro biologik xilma-xillik kuni 2001 yildan buyon har yili nishonlanadi. 2020 yilning shiori BMTning bioxilma-xillik bo‘yicha o‘n yilligining intihosidan darak beruvchi bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha umumjahon sa'y-harakatlarda ushbu yilning ahamiyatini aks ettiradi. Imkon bo‘lganda bioxilma-xillik bo‘yicha BMT Sammiti bo‘lib o‘tadi, ushbu tadbir 2020 yildan keyingi davr uchun bioxilma-xillikning global tarkibini shakllantirishga yordam beradi hamda 2030 yilgacha davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibiga hissa qo‘shadi.
Biologik xilma-xillik – barchamiz uchun xavotir o‘yg‘otuvchi mavzudir, va barchamiz yo‘qolish xavfi ostdagi turlar va ularning yashash muhitini himoya qilishda faol ishtirok etishimiz zarurdir. B
XULOSA Kech bo‘lsa-da, insoniyat tabiiy muhitga ehtiyotkorona va oqilona munosabatda bo‘lish kerakligiga ishonch hosil qildi. Ekologik muvozanatni saqlash barcha davlatlardan kuchli iroda va katta siyosiy kuchni ishga solishni talab etmoqda. 1992 yilning iyunь oyida Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasida XXI asrda insoniyatning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan hujjatlar qabul qilindi. Mazkur anjumanda ilk marta tabiatdan foydalanishning amaldagi bozor-iste’moli modeli insoniyatni juda tezlikda tabiat inqiroziga, hatto halokatga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi muhim xulosaga kelindi.
Anjumanda ikkita xalqaro bitim imzolandi hamda Butunjahon barqaror rivojlanish maqsadlari printsiplari va Asosiy Harakatlar rejasi to‘g‘risidagi ikkita bayonot qabul qilindi. Bu o‘rinda “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiya muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu hujjat talablariga binoan uni imzolagan barcha tomonlar ekotizimlar va tabiiy yashash joylarini, turlar populyatsiyalarini saqlash uchun barcha choralarni ko‘rishi, milliy qonunchilikni takomillashtirishi, yo‘qolib borayotgan biologik turlarni saqlash va tiklash bo‘yicha harakatlar rejasi va boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishi lozim. Shu bilan birga, biologik xilmaxillik komponentlaridan barqaror foydalanishni ta’minlash hamda genetik resurslardan foydalanish va tegishli texnologiyalarni almashish bilan bog‘liq daromadlarni adolatli taqsimlash zarur.
“XXI asr kun tartibi” — kelgusi yuzyillikka mo‘ljallangan, Rio-de-Janeyro shahrida 170 dan ortiq davlat vakillarining umumiy kelishuvi asosida qabul qilingan ulkan dastur hisoblanadi. Barcha davlatlar tomonidan qabul qilinadigan, kelajakda atrof-muhitga ta’siri bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qarorlari Rio deklaratsiyasida mustahkamlangan asosiy tamoyillarga asoslanishi shart.