Mavzu: bioxilma xillik va uning muhofazasi boyicha


O'simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o'rni



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/7
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138890
1   2   3   4   5   6   7
Bioxilma xillik va uning muhofazasi boyicha

O'simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o'rni.
O'simlik va hayvonlar YErning – hayot qobig'i, biosferaning asosiy komponentlaridan bo'lib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o'simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o'ziga xos tabiiy muvozanat ko'p jihatdan o'simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlashi bilan bog'liqdir.
O'simliklar dunyosi YErdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 380 mlrd.tonna organik modda hosil qiladi, buning 330 mlrd.tonnasi dengiz va okean o'simliklariga, 40 mlrd.tonnasi o'rmonlarga, 8-10 mlrd. tonnasi o'tloqlarga to'g'ri keladi. O'simliklar er yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. O'simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonat angidrid gazini yutib, kislorod chiqaradi.
O'simliklar havoni xushbo'y hid, fitonsid deb ataluvchi uchuvchan moddalar bilan boyitib, kasallik tarqatuvchi bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ular xilma-xil shovqinlarni so'ndiradi va changlarni yutib qoladi. Havoda kislorod miqdorining doimo etarli darajada mavjud bo'lib turishini ta'minlab, kishilar hayoti uchun eng yaxshi mikroiqlimni vujudga keltiradi. Olimlarning aniqlashicha, 1 gektar 20 yoshli qarag'ayzor har yili 9,35 tonna SO2 ni yutib, 7,25 O2 chiqaradi. 1 ga maydonga o'rtacha 60 yoshli qarag'ayzor yiliga 10 tonna O2 ajratib chiqarsa, 40 yoshli emanzor 14 tonnaga yaqin O2 ni ajratib chiqaradi. Quyoshli issiq kunlarda 1gektar o'rmonzor 220-230 kg SO2 ni yutib, 180-220 kg O2 ajratadi. O'rmonlar tabiiy muhitni tozalovchi, atmosfera va gidrosfera muvozanatini saqlovchi vosita. Hisoblashlarga qaraganda 1gektar oq qayin o'rmoni 1 kunda 47 ming litr suvni bug'ga aylantiradi. Bu suvni tozalash, havoni namlantirish va yog'in yog'ishiga imkon yaratilishi demakdir. O'rmonlar o'ziga xos suv omborlaridir.
Shuningdek hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda modda va energiya almashinuvida ular muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib turadi. Hayvonlar biosferaning eng asosiy qismi bo'lib, o'simliklar bilan birgalikda geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyasida katta rol o'ynaydi. Hayvonlar organik moddalardan quyosh energiyasi ta'sirida o'simliklar vujudga keltirgan tayyor organik mahsulotlarni iste'mol qiladi. Bir-birlari va o'simliklardan oziqlangan hayvonlar biologik hamda sayyoramiz modda almashinuvida aktiv qatnashadi.
Dengizda bir va ko'p hujayrali hayvonlarning qattiq chig'anoqlaridan chiqindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga keladi. Marjon poliplarning faoliyati natijasida okeanning sayyoz, iliq suvli katta hududlarida asosan tropik kengliklarida marjon orollari paydo bo'lgan. Hayvonlarning (yumaloq chuvalchanglar, tuproq chuvalchanglari, chumolilar, qo'ng'izlar, sut emuizuvchilarning ayrim turlari) nurash prosessida va ayniqsa tuproq hosil bo'lishda ahamiyati katta. Ayrim hayvonlar (ko'pchilik hasharotlar, ayrim qushlar va ko'rshapalak) o'simliklarni changlatadi, ba'zi hayvonlar, qushlar o'simlik urug'larini tarqatadi. Hayvonlar hayoti o'simliklar hayoti bilan chambarchas bog'langan bo'lib, hayvonlar sonining o'zgarishi bilan o'simliklar bilan o'simliklar soni ham o'zgaradi. O'simliklar hayotida bo'ladigan o'zgarishlar esa hayvonlarning yashashga, rivojlanishga va tarqalishiga ta'sir etadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin