Mavzu: bioxilma xillik va uning muhofazasi boyicha


O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashni erta qo‘llab-quvvatlash loyihasi boshlandi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/7
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138890
1   2   3   4   5   6   7
Bioxilma xillik va uning muhofazasi boyicha

O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashni erta qo‘llab-quvvatlash loyihasi boshlandi

O‘zbekiston o‘zining biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy siyosatini BMTning Taraqqiyot dasturi ko‘magida Kunming-Monreal global bioxilma-xillik loyihasiga ko‘ra muvofiqlashtiradi.


In English Кириллчада На русском языке13 aprel 2023, 16:45 Jamiyat
12-aprel kuni Toshkentda “Bioxilma-xillik bo‘yicha global dasturini erta qo‘llab-quvvatlash” loyihasi ishga tushirildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining yangi qo‘shma loyihasi bo‘lib, Global ekologik jamg‘armasi (GEF) tomonidan moliyalashtiriladi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
2022-yil dekabr oyida Bioxilma-xillik bo‘yicha Kunming-Monreal global dasturi (GBF) 190 mamlakat tomonidan ma’qullangan. Ushbu dastur 2050-yilga kelib tabiat bilan uyg‘unlikda yashaydigan dunyo global konsepsiyasi maqsadlariga erishish uchun yo‘l xaritasini belgilaydi. Dasturning asosiy ko‘rsatkichlari 2050-yilga qadar 4 ta maqsad va 2030-yilga qadar 23 ta nishonga erishish hisoblanadi.
Dastur bioxilma-xillik bo‘yicha global harakatlar uchun mustahkam asos bo‘lib, Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimini to‘ldiradi va 2050-yilga kelib iqlim o‘zgarishiga chidamli va va barqaror dunyoga yo‘l ochadi, deyiladi xabarda.
Bioxilma-xillik bo‘yicha Kunming-Monreal global dasturiga qo‘shilish bilan bir vaqtda O‘zbekiston dunyoning boshqa ko‘plab davlatlari kabi uni amalga oshirish uchun o‘zining milliy maqsadlarini belgilash majburiyatini olgan. Boshlangan loyiha O‘zbekistonning bioxilma-xillikni saqlash, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish, monitoringini amalga oshirish va moliyalashtirish bo‘yicha siyosatini belgilab beruvchi Milliy strategiyasi va Harakatlar rejasini global dasturining kun tartibiga mos keladigan tarzda qayta ko‘rib chiqishga ko‘maklashadi.
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi:

  • me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;

  • davlat kadastrini yuritish va o‘simlik hamda hayvonot dunyosi obyektlari monitoringini yuritishni takomillashtirish;

  • siyosatni shakllantirish va qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan bioxilma-xillikning holati va ahamiyati to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy axborotni takomillashtirish;

  • hayvon va o‘simliklarning noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini va ekologik turizmni rivojlantirish;

  • aholining ongi va ekologik madaniyati darajasini oshirish.

“O‘zbekiston global integratsiya masalalarida faol pozitsiyani egallaydi. Biz bioxilma-xillik va umuman tabiatga jamiyatning munosabatini o‘zgartirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shishga intilamiz”, — dedi tadbirda nutq so‘zlagan tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska esa bioxilma-xillik va ekotizim xizmatlarining yo‘qolishi xarajatlar va xatarlarni oshirishi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi: “Biz hozir ham ushbu ta’sirlarni sezmoqdamiz. Orol dengizining qurib borayotgani, butun mamlakat bo‘ylab tez-tez sodir bo‘layotgan chang bo‘ronlari tabiiy resurslardan mas’uliyatli tarzda foydalanish lozimligini anglatadi”.

O‘zbekiston bioxilma-xilligi 27 mingdan ortiq turlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida umurtqasiz hayvonlarning 14 900 turi, umurtqali hayvonlarning esa 715 turi uchraydi. Umurtqalilarning 107 turi sutemizuvchilar, 467 turi qushlar, 61 turi sudralib yuruvchilar, 3 turi amfibiyalar, 77 turi baliqlardir.
Shuningdek, 11 000 turdagi o‘simliklar, qo‘ziqorinlar, suv o‘tlari bor. Bundan tashqari, yuqori yovvoyi o‘simliklarning 4300 turi bo‘lib, ulardan 8 foizi endemik turlardir. O‘zbekiston “Qizil kitob”iga (2019) 206 hayvon va 314 o‘simlik turi kiritilgan.

II BOB.
2.1.Bioxilmaxillik resurslari
Asosiy global maqsadlardan biri 2030-yilga qadar dunyo bo‘ylab tanazzulga uchragan ekotizimlarni 30% ga qayta tiklash, ma’lum turlarning yo‘q bo‘lib ketishini to‘xtatish va 2050-yilga kelib barcha turlarning yo‘q bo‘lib ketish xavfini va tezligini o‘n baravar kamaytirish, 2030-yilgacha pestitsidlar xavfini kamida 50% ga kamaytirish, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va o‘rmon xo‘jaligi uchun ajratilgan hududlarni barqaror boshqarish va agroekologiya va boshqa bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydigan amaliyotlarni sezilarli darajada oshirish (maqsadlarning to‘liq ro‘yxati mavjud) hisoblanadi.
O‘zbekistonda 27 000ta nodir va yo‘qolish xavfi ostidagi turlar mavjud – ushbu bioxilma-xillikning muhofazasini yaxshilash usutvor yo‘nalishga aylanishi lozim.
Butun dunyoning karantinga o‘tishidagi ajib «ijobiy oqibatlar» nafaqat yanada musaffo osmon va kamroq ifloslanishda namoyon bo‘ldi, balki yovvoyi hayvonlarning aks holda inson hukmronlik qilgan shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarda qayta paydo bo‘lishida ko‘rindi. COVID-19 bizning mavjudligimiz, harakatlarimiz va harakatsizligimiz bioxilma-xillikka bevosita ta'sir ko‘rsatishini namoyish qildi. 22 may kuni O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi Xalqaro biologik xilma-xillik kunini nishonlaydi, uning umumjahon shiori esa «Bizning qarorlarimiz - tabiatda!» bo‘ladi. Biz o‘z iqtisodiyotlarimiz va jamiyatlarimizni asta-sekinlik bilan qayta tiklar ekanmiz, Yer sayyorasidagi barcha tirik jonzotlar manfaati uchun bioxilma-xillikning yo‘qolishini kamaytirish bo‘yicha faoliyat ham O‘zbekistonda, ham butun dunyoda e'tibor markaziga aylanishi kerak.

O‘zbekiston bizning e'tiborimizga va himoyamizga loyiq turfahil atrof-muhitdagi nodir yovvoyi tabiatga ega. Bizning bioxilma-xilligimiz yo‘qolish xavfi ostidagi ba'zi turlarni, shu jumladan Milliy Qizil kitobga kiritilgan qor qoplonini, Buxoro bug‘usini va sayg‘oqlarni o‘z ichiga oladi.
BMTTDning mazkur nabotot va hayvonot dunyolarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati haqiqiy barqaror taraqqiyot nafaqat bioxilma-xillikning rivojlanishdagi o‘rnini e'tirof etishi, balki uning saqlanib qolishi uchun qulay sharoitlarni ta'minlab berishi lozimligini anglash asosiga qurilgan.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin