Tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy asoslarini qonunlar va qonunosti hujjatlar tashkil qiladi.Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va maxsus.
Umumiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmuyini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. O’zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so’zsiz tan olinadi.

Maxsus me’yoriy-huquqiy hujjatlar bevosita tadbirkorlik sohasiga tegishli bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rasmiylashtirish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash va boshqa masalalarni tartibga soladi. Ularga tadbirkorlikka oid qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar. davlat qo’mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
Tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini shakllantirish va tizimli ravishda takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi hamda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunasosida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan, Qonunlar, Prezident Farmoni, Qarori va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, turli vazirlik va idoralarning normativ-huquqiyhujjatlari tashkil etadi.