Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
qonun bilan taqiqlanmaydigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorning o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish erkinligi;
tadbirkorning xo’jalik faoliyatini yuritishdagi va faoliyat mahsulini taqsimlashdagi mustaqilligi;
tadbirkorlikni amalga oshirish va xodimlar yollashning ixtiyoriyligi;
daromad olishning manbalari va usullari qanday bo’lishidan qathiyy nazar, soliq idoralari huzurida hisob berishning asoslov (deklarativ) shakli, tadbirkorlarning daromadlarini yashirib qolganlik (pasaytirib ko’rsatganlik) uchun O’zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan moddiy javobgarligi.
Mamlakatda ayrim resurslar cheklanganligi tufayli tadbirkorlik sub’ektlari ulardan foydalanishda davlat yordamiga muhtoj. Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari texnika va texnologiyani olish hamda qo’llashda, yangilarini joriy etish, mutaxassislar bilan ta’minlanish va boshqa masalalarda davlat ko’magiga tayanadilar. SHunday qilib, tadbirkorlik davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanmasa, u yetarli darajada rivojlana olmaydi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tizimida o’ziga munosib o’rinni egallay olmaydi.
SHuning uchun O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash siyosati, tizimi, mexanizmi shakllantirilgan va ular amalga oshirib kelinmoqda. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash siyosati – bu tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning nazariy asoslari. kontsepsiyasi, dasturlari, amalga oshirish mexanizmi, yo’llari, yo’nalishlari, vositalari, usullari, chora-tadbirlari majmuyidir. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimi bu tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash siyosati, dasturlari, mexanizmi va ularni amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlashga mashul davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmuyi hisoblanadi.