Tadbirkorlik muhiti deganda layoqatli fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun iqtisodiy erkinlikni ta’minlovchi barcha bozor sub’ektlari ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan mamlakatda mavjud qulay ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, fuqarolik-huquqiy, holatlarni tushunish lozim.
Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo’lishi kerak.
Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o’zida ishbilarmonlik funktsiyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to’rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o’zaro bog’likligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki rag’batlantirish ko’rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo’ladi. CHunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo’lishini oldindan ko’ra bilishiga keng imkoniyat tug’diradi. Tadbirkorning o’z ishi natijalarini oldindan ko’ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma’lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, u holda u o’zgaruvchanlik, barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to’g’ri kelmaydi. Amalda ko’p hollarda tadbirkorlik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta’sir ko’rsatadi, deb bo’lmaydi. CHunki, tadbirkorni ko’proq tadbirkorlik
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o’zining tarkibijihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. SHuning uchun ham uning tarkibi ko’pgina elementlardan tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan munosabati;
davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan munosabati.
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o’zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o’z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbirkor tomonidan jalb qilinayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to’lovlarni o’z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma’lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma’lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha kerakli qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ular hayotga tadbiq kelinmoqda. SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondlari tashkil etilgan.
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va kerak bo’lgan resurslarni ishlatish kiradi.
ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning hamda ular bilan bog’liq bo’lgan jamiyat a’zolari psixologiyasining o’zgarishi;
tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.
Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish nafaqat milliy, balki xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud bo’lgan mamlakatlararo guruhlarda, masalan, Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik muhiti vujudga kelmoqda. Bu degani tadbirkorlik faoliyatini yuritish Yevropa jamiyatiga kiruvchi barcha mamlakatlarda bir-biriga o’xshab ketmoqda.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning shakllanishi
Iqtisodiy faollikning alohida shakli sifatida tadbirkorlikni shakllantirish
Ijtimoiy muhitni tarkib toptirish
Tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirish
Milliy boylik va milliy faravonlikning o’sishi
2-rasm. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo’lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniqshaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo’lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko’rsatish yoki soliqlar to’lashda tadbirkorlar uchun ma’lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda.
Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanishi asosini tashkil qiladi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o’zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil qilinishi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo’lsa, jamiyat moddiy va ma’naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo’ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu o’z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlik muhiti darajalariga bog’liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga bog’liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlarning va tadbirkor bo’lmoqchi bo’lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o’z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko’rsatmoqda.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo’lsa, uning yemirilishiga olib kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat ko’rsatishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko’proq erkinlik berishi kerak. SHunga asoslangan holda ish olib borayotgan O’zbekiston jahon iqtisodiyotida o’zining munosib o’rnini topmoqda.
Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bog’liq bo’lgan omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan.
Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
- aniq bir mahsulotga iste’molchilarning to’lov qobiliyati. Bunda bozordagi mavjud hakiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi.
Agar, mahsulot (tovar) o’zining xususiyatlari bilan avvalgi-laridan ajralib tursa, unga bo’lgan talab marketing usullari bilan aniqlanadi:
- tavakkalchilik va bozordagi xatarlarni o’z zimmasiga olib, mulk javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular o’z mulki, bilim va sarmoyasini samarali ishlata oluvchi yuqori malakali va ma’lum bozor vaziyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak;
- sarmoyaga ega bo’lgan investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlarning o’zlari ham kiradi. Ular bir qancha toifani tashkil qiladi: banklar, jamg’armalar, sug’urta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, chet el investorlari va boshqalar;
- tadbirkorlik faoliyatini bir me’yorda olib borish imkonini beruvchi infratuzilmalar. Ular qatoriga moliya-kredit, audit, marketing, konsalting, axborot, sug’urta va shu kabi xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar kiradi;
- qaror qabul qilish tizimi. Bu tizim tarkibiga avvalo,biznesning ishonchliligi va samarali bo’lishini baholash imkonini beruvchi mezonlar, usullar to’plami kiradi. Tadbirkor bu tizim orqali o’z ishi natijasini tekshirish imkoniga ega bo’lishi kerak.
SHu omillarning tizimli va o’zaro harakat qonuniyatlaritadbirkorlikni faollashtiradi va u xo’jalik mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Natijada, ayrim hudud va tarmoqlarda yangi korxonalar, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqa tadbirkorlik ob’ektlari vujudga keladi. Bunday faoliyatlar tadbirkorning bilimi, sarmoyalar, bozor talabi, davlat va boshqa tashkilotlarning o’zaro manfaatli harakati tufayli faollasha boradi va bozorga moslashadi.
Ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish jarayonida tadbirkor har bir millatning an’analari, urf-odatlari, qanday oziq-ovqatlarni iste’mol qilishi va qanday buyumlarni kiyishini inobatga olishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari xalqning to’lov qobiliyatini bilish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil qilishdakatta rol o’ynaydi. Tadbirkor shu omilni har tomonlama tahlil qilishda o’z mamlakatidagi bozor vaziyatini hamda ushbumahsulotni kelajakda eksport qilish mumkin bo’lgan qo’shni mamlakatlar bozorini ham ko’rib chiqishi kerak.
Har bir tadbirkor o’zini o’rab turgan muhitga qo’shilib ketishi uchun ishni uning tahlilidan boshlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilishda tadbirkor ma’lum bir chegarada kasbiy faoliyat ko’rsatish uchun qanday iqtisodiy manfaatini amalga oshirishi mumkinligini belgilab olishi kerak. Iqtisodiy manfaatni amalga oshirish, avvalambor tadbirkorning o’zishini tashkil qilganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. O’z ishini tashkil qilganlik esa tadbirkorning ma’lum bir ishbilarmonlik muhitiga mustaqil kirishi bilan belgilanadi.
Tadbirkor ma’lum bir tadbirkorlik muhitiga kirishar ekan, diqqat-e’tiborini faqat o’z g’oyalarini amalga oshirishga emas, balki qanday qilib investorlarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishga ham qaratishi kerak.
Tadbirkorning o’z ishini tashkil qilishidagi asosiy vazifa, avvalo, o’z g’oyalarini ma’lum bir muhitga tadbiq qilish uchun kerakli bo’lgan birlamchi kapitalni barpo qilishdan iboratdir.
Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi talab qilinadi.
Tadbirkor ishbilarmonlik g’oyalariga va maqsadlariga to’g’ri keladigan va jalb qilingan kapitalning hajmidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantiradi. Agar tadbirkor o’z g’oyasining tashabbuskori va investori sifatida ishtirok etayotgan bo’lsa, faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona uchun qo’shayotgan o’z hissasini oldindan belgilab olishi kerak. SHunday qilib, tadbirkorning o’z ishini tashkil qilish tamoyili jamiyat uchun yangi ishlab chiqarish tarkibini shakllantirish va unda o’zining qay darajada ishtirok etishini belgilab olishdan iboratdir.
O’z ishini to’g’ri tashkil qilish tadbirkorlikning asosiy omillaridan hisoblanadi. SHuning uchun ham tadbirkor bu fenomenni barpo kiluvchi barcha qismlarni har tomonlama e’tiborga olishi kerak. Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini o’rganishda uning faoliyati ketma-ketligini kuzatish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi mumkin:
birinchidan, biznes g’oyasini ishlab chiqish;
ikkinchidan, ishbilarmonlik muhitini chuqur o’rganib chiqish;
uchinchidan, tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes g’oyasi-ning o’zaro to’g’ri kelishi, tadbirkorlik g’oyasi bilan tadbir-korlik muhitining o’zaro muvofiqligi;