Mavzu: Biznesning uzluksizligi va barqarorligini rejalashtirish reja I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 50,45 Kb.
səhifə2/5
tarix05.06.2023
ölçüsü50,45 Kb.
#125265
1   2   3   4   5
Biznesning uzluksizligi va barqarorligini rejalashtirish

II. Asosiy qism
2.1 Biznesni uzluksizligi va barqarorligini rejalashtirish
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga otishi bilan korxonalarda ishlab chiqiluvchi oldingi texnika–sanoat–moliya rejalari, qurilish–moliya rejalari, transport–moliya rejalari tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib oz ornini biznesni rejalashtirishlarga boshatib berdi. Biznesni rejalashtirishda biznes falsafasi, korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi.
Kopchilik, ayniqsa, amaliyotchilar ushbu hujjatni tayyorlashning nafaqat muhim, balki juda murakkab ekanligidan ham xabardorlar. «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznesni rejalashtirish» kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning «biznesni rejalashtirishga ega bolib, siz professionalga aylanasiz, oz biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo`ladi» deb aytganligi bejiz emas, albatta. Haqiqatdan ham, biznesni rejalashtirish bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining suratidir. U yangi paydo bolayotgan biznesning yuragidir.
Kongildagidek ishlab chiqilgan biznesni rejalashtirish ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. Eng asosiysi u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. Togri, biznesni rejalashtirish faqat shu bilan cheklanib qolmaydi, chunki u funksional vazifalariga kora ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bogliq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi. Bu haqda biz keyinroq batafsil toxtalib otamiz.
Aytish kerakki, biznesni rejalashtirish xojalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi korxonalar ish amaliyotiga ko‗ngildagidek tez kirishib ketgani yoq. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznesni rejalashtirishlarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy–uslubiy adabiyotlarning etishmasligi oz ta‘sirini korsatdi. SHu va boshqa sabablarga kora koplab korxonalarning biznesni rejalashtirishlari yuqorida darajada asoslanganlik bilan ajralib turmadi va kop hollarda bank muassasalari tomonidan ularni moliyalashtirishda inkor qilindi.Biznesni rejalashtirish boyicha xorijiy adabiyotlar oqimining osishi ushbu sohaga ma‘lum bir aniqlik kiritib, uning ilmiy–uslubiy asoslarini boyitdi.
Ayrim mualliflar fikr va mulohazalarini keltirib otishga harakat qilamiz.Masalan, yuqorida aytib otilgan «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznesni rejalashtirish» asarida bu savol asosan yakka tartibda oz biznesini ochish niyatida bolgan shaxslarga yonaltirilgandir. Unda, xususan, «biznesni rejalashtirish korxonangiz gullab–yashnashi uchun kerakli yolni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bogliq bolgan eng ahamiyatli holat bu menejmentdir. Qisqasi bu – siz» degan mulohaza oldinga suriladi.Edvard Blekvellning «Qanday qilib biznesni rejalashtirish tuzish» asarida korsatilishicha: «Biznesni rejalashtirish bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bolganda, shuningdek, aksiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».
1998 yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan «Korxona iqtisodiyoti» darsligida qayd etilishicha: «biznesni rejalashtirish biron–bir tijorat loyihasini amalga oshirish yoki yangi korxona yaratish uchun mo‗ljallangan asoslangan hatti–harakatlar yig‗indisini ifodalovchi hujjatdir»3. 1996 yilda Gorfinkel V. L. va Kupryakova E.M. muharrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki «tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko‗zda tutilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim»4.
Biznesni boshqarish (inglizcha: Business administration) — biznes faoliyatini boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejment sohasining holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.Boshqaruv nima? Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisob-kitob, maʼmuri)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obyekti korxona faoliyati, uning subyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir.
Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.
Ayrim tadqiqotchilar menejment sohasini kishilardan nafli samaralar olish sanʼati deb hisoblaydilar.
Biznesni rejalashtirish quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bogliq degan fikr ham mavjud:
-biznes yuritish konsepsiyasini ishlab chiqish;
-korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash.
Hozirgi kunda har bir jamiyat a’zosining, ayniqsa tadbirkorlar oldida bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini, uning O’zbekiston Respublikasida qanday amalga oshirilayotganini, bu qonuniyatlarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni, pirovard natijada talab darajasida tovar ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishning sirlarini bilib olish kabi dolzarb vazifalar ko’ndalang bo’lib turibdi. Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot turidir. Boshqacha qilib aytganda, yer yuzasidagi barcha rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lgan erkin tadbirkorlik xukmron joylarda iqtisodiyotning asosiy turi hisoblangan, mustaqil iqtisodiy faoliyat asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur tovar ishlab chiqarish hamda tovarlarning oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorlarning erkin, ixtiyoriy munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining tub belgilari quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiy plyuralizm, ya’ni mulkchilik shakllarining va xo’jalik yuritishning turli-tuman bo’lishidir. Bunda turli shakaldagi mulklar erkin, yonmayon va teng huquqli tarzda rivojlanadi. Xo’jalik yuritishning yakka tartibda, jamoauyushmaga birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoki aktsionerlik asosida o’z mablag’iga yoki qarzga olingan mablag’larga tayanib ish yuritish kabi shakllaridan keng foydalaniladi.
2. Bozor iqtisodiyoti –erkin iqtisodiyotdir. Bunda mulk egalarining to’la mustaqilligi tushuniladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zaro munosabatlar manfaatlarni ko’zlagan holda o’rnatiladi.
4. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi-narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Aksariyat tovar va xizmatlar narxlari bozordagi talab va taklif nisbati asosida xaridor va sotuvchining kelishuviga binoan yuzaga keladi.
5. Muhim belgilardan yana biri bu – raqobatdir. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, birinchidan manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchidan suhbatlar o’z faoliyatini, binobarin manfaatlarni ham muvofiqlashtirishga intiladilar. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari jumlasiga har xil shakldagi mulk resurslar egalarini, firma, korxona, tadbirkorlarni, davlat mahkama va idoralari kiradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ishonchli raqobat mavjud bo’sagina bunday oldi-sotdilar uzoq davom etadi va har ikkitomon ham manfaat topadi. Shuning uchun raqobat to’g’ri va halol bo’lishi lozim.
6. Bozor iqtisodiyotida raqobatdan tashqari bozor regulyatorlari (tartibga soluvchi vositalar) mavjudligi uning muhim belgilaridan biridir. Ular bozordagi o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib, ularning bozorga moslashuvini ta’minlaydilar. Masalan, marketing orqali ishlab chiqarish iste’molga bog’lanadi.
7. Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. Iqtisodiyotdagi resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo’lish, yuqori turmush darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Ammo adolat hammani tenglashtiradi degan emas, balki jamiyatning tabaqalashuviga olib keladi. Iqtisodiy sub’ektlar o’z mehnatlariga tadbirkorligiga va mulkiga qarab ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir-biridan farqlanadi.
8. Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishiga darhol javob bera oladi. Bozorda nima yetishmasa, shuni ishlab chiqarishga va iste’molchi talabini qondirishga undaydi.
9. Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgilaridan biri novatsiyaga (yangiliklarga) moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini tezda qabul qiladi, yangi texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlar sifatini oshirishga, tannarxni pasaytirishga xizmat qiladi. Lekin bozor iqtisodiyotining o’ziga yarasha salbiy jihatlari ham mavjuddir. U millionlab ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyati bo’lgani uchun tarqoqlik xarakteriga ega bo’lib, davlat va jamoatchilik ishtiroki cheklanganligi sababli tabiat muhofazasini, ekologik muvozanatni izdan chiqarishi mumkin. Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin katta mablag’ talab etadigan, qaytishi sekin boradigan inshootlar qurilishini, fundamental fan, kelajak uchun muhim izlanishlar uchun ketadigan harajatlarni bozor iqtisodiyoti alohida sub’ektlari yoqtirmaydi. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti siklli ravishda rivojlangani sababli yuksalishlar bilan birga inqirozlar ham paydo bo’lishi mumkin.
Shunday qilib bozor munosabatlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlovchi uchta kuchni yuzaga keltiradi.
1. Iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar beradi.
2. Raqobatlar kurashi – bu, kim o’zdi qoidalarini yuzaga keltiradi va novatsiyaga undaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga olib keladi.
3. Daromadlarning cheklanmaganligi – bu qo’shimcha daromad topishga intilishni paydo qiladi. Bozor iqtisodiyotida xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishda talab va taklif qonunlariga amal qilish bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’z yo’li mavjud bo’lib, bunga uning milliy kelib chiqishi, joylashgan hudud va boshqa omillar sabab bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri, shubhasiz, uning ijtimoiy ishlab chiqarishni demokratlashuvini, aholi bandligini ta’minlashi, biznes va tadbirkorlikka keng yo’l ochish bo’lib hisoblanadi. Biznes atamasi ingliz tilidagi “bisiness” so’zidan olingan bo’lib, “ish” ma’nosini anglatadi. Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilarni “biznesmen”, ya’ni – “ishbilarmonlar” deb yuritiladi. Agar biznesning asosiy sharti biron bir foydali ish qilish bo’lsa, biznesning o’zi bozor iqtisodiyotining asoslaridan biridir.


Yüklə 50,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin