Fikrim izcha, ushbu ruboiy Bobur Mirzo ijodining 1512-yilga qadar bo'lgan davriga taalluqli. Chunki u hali bu yillarda Movarounnahrdan butkul ko'ngul uzmagan edi. Uchinchi yurishning muvaffaqiyatsizligi uning shirin orzularini chil-parchin qildi. Shundan keyin uning yuragida o'z sarhadlarini Hindistonga qarab kengaytirish orzusi makon tutdi. Ba’zan shoir misralarida umidsizlikning ko'zga tashlanishi ham o'sha murakkab ruhiy isyonlaming mevasidir. Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Barcha urinishlari zoye ketgan shoir o'lim to'shagidagi so'nggi nafasida ham yurtining bir tilim qovunini qo'msab, ochiq ko'z bilan foniy dunyo bilan vidolashgan. Yurt va yurtdoshlari diydori bu jahongashta Vatan fidoyisi uchun hamon qiyomat qarzdir. Istiqlol sharofati tufayli Bobur Mirzo shaxsi va ma’naviy olami qasrida ham xush havolar esdi. Zug'um va zo'ravonlik chekindi. Ulug' shoir va sarkarda haqida erkin gapirish bizga nasib qildi. Bu boradagi armonlar ushala boshladi. Buyuk davlat va ma’naviyat arbobi tavalludining 510 yillik to'yi tantanalari bu yo'ldagi ulkan umidli qadamdir. Shu munosabat bilan Andijonda uning mahobatli haykali o‘matildi. Yuksakda, ot ustida o'tiigan bu zoti mukarram ona yurt jamoliga suqlanib, to'yib-to'yib boqish sharafiga erishdi. Yurtdoshlari azim bir bog‘ Ьафо qilib, uning bir go‘shasida Bobur Mirzoning ramziy qabrini o'matdilar. Asliga qaytgan (tuproqdan bunyod bo‘lib, tuproqqa aylangan) shoir muqaddas Vatan bag‘rida erkalanib orom olmoqda. Suronli hayotini ezgulikka baxshida etgan insonga uning nashidasi ikki chandon bo'lib qaytdi. Bobur Mirzo she’riyatidagi muallifning yuksak badiiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilib turuvchi janrlardan biri tuyuqdir. Shoir an’anaviy tuyuq janrida ijod qilish bilan cheklanib qolmay, uning to'rt misrasi ham tajnisli qofiyadan tarkib topgan, tajnis radif o'mida qo'llangan, tajnisdan oldin hojib mavjud bo'lgan, shuningdek, qit’a shaklidagi tuyuqlami yaratdi. O'shalardan birini tahlil jarayoniga tortishga harakat qilamiz: