Vasldin so'z derga yo'q, yoro manga, H ajr aro rahm aylagil, yoro manga. 0 ‘qung yetti ko'p yomon yoro manga, M ahram i Iutfimg bila yoro manga. Bobur Mirzoning boshqa tuyuqlari singari ushbu she’ri ham oshiqona mavzuda ijod etilgan. Uning an’anaviy tuyuqlardan (odatda, tuyuq a-ab-a tarzida qofiyalanadi) farqi har to'rtala misrasining ham o'zaro tajnisli qofiyalanganligidadir. Tuyuqda oshiqning ruhiy holati o'z ifodasini topgan bo'lib, shaklan bir xil bo'lgan to'rt so'z uning she’rxon ko'z o'ngida yanada aniq gavdalanishiga bois bo'lgan. Qofiyalanuvchi «yoro» so'zi ilk misrada «majol, quwat», ikkinchi misrada «ey yor», uchinchi misrada «yarn, jarohat» so'nggi satrda esa «yara, yordam ber» ma’nosida qo'llangan. She’r qahramoni vasldan so'z aytishga majoli yo'qligini «yoro» so'ziga uig'u berish bilan badiiy ifoda etadi. Keyingi misrada hajming iztirobli qiynoqlariga dosh berolmasligiga amin bo'lgan oshiq yoridan rahm aylashni o'tinadi. Uchinchi misrada esa oshiqning ma’shuqa o'qidan yomon yaralanganligi o'z ifodasini topgan. Yom ing o'qi—uning nigohlari, oshiqning yaralangan uzvi esa - shubhasizki, uning qalbidir. Qalbdagi jarohatni bartaraf etish uchun yoming oshiqqa yaqinlik va lutf ko'rsatishi yordam bo'la oladi. Ko'rinadiki, shoir oshiqning hajr iztiroblaridan ozurda bo'lgan ko'ngil kechinmalarini tuyuqning janriy xususiyatlaridan mahorat bilan foydalanib badiiy ifoda etgan. Tuyuqning bu turi birmuncha murakkab bo'lib, u shoirdan to'rt misrasi ham tajnisli so'z qo'llashni talab etadi. Buning uchun ijodkor tildagi shakldosh so'zlaming turli ma’nolarini teran tushinmog'i lozim. Bobur Mirzo ana shu talablarga javob beradigan shoirgina emas, balki undan ham ancha yuqori turadigan ijodkor edi. Bu hoi uning qalami mahsuli bo'lgan ruboiy va tuyuqlarida ham yaqqol namoyon bo'ladi. Shoir ruboiylari o'zining purma’noligi hamda taxallusning turli satrlarda qo'llanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, shoir o'zbek mumtoz adabiyotida har ikkala kichik janming ravnaq topishiga munosib hissa qo'shdi.