Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen-u men ul shu’lag'a quldurmen. Nisbat yo'qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen, -deb yozgan edi. Ruboiydagi G u l-u Bulbul, Shu’la-yu Parvona, Shoh-u Gadolarga yuzaki qarab, hayotiy oshiq-u ma’shuqalaming o'xshatilmishlari sifatida sharhlash mumkin. Aslida mazkur majoziy timsollar tasawuf mulkidir. Masalaning zaminiy jilosini inobatga oladigan bo‘lsak, Bobur Mirzo faqat yozmagan, balki naqshbandiyaning ilm va amal, ishq va amal xususidagi qat’iy talablarini ado etishga ham harakat qilgan. Bobur Mirzo she’riyatida, jumladan, ruboiylarida Vatan sog‘inchi va hijron iztiroblari eng ko'p nazaiga tashlanadigan tuyg'ulardir. Shundan bo'lsa kerak ayrim tadqiqotchilar «Hajriy» Bobuming ikkinchi taxallusi degan fikrga uig'u berdilar. Vatanni unda turib ardoqlash bilan uni yo'qotib sevish o'rtasida yer-u osmoncha tafovut borligi ayon. Bobur Mirzo qalb nidolari mag'zini teranroq chaqmoq uchun ikkinchi holatni loaqal tasawur qilib ko'rmoq lozim bo'ladi. Bobur M irzo jism an Vatandan uzilgan bo'lsa-da, u ruhan Vatan bilan yashab o'tdi. Qachonlardir ona yurtga qaytish uchquni uning qalbida so'nish bilgan emas. Fikrimizga daho shoiming mana bu satrlari guvohdir: Beqaydmen-u xarobi siym erraasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat yetti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.