Zahiriddin Muhammad Bobur o'z davrining katta bilimdoni sifatida asrida mavjud bo'lgan barcha bilimlami puxta o'igandi va o'zlashtirdi. Undagi ana shu donishmandlik zarrama-zarra asarlariga ko'chib bordi. Xususan, o'lmas «Boburnoma»ga kelib muallifdagi keng qamrovli bilim zahirasi o'zining butun tajassumini topdi. Natijada qomusiy asar — «Bobumoma» vujudga keldi. Ushbu javohir xazinasi paydo bo'lgan zamonidayoq, o'zi va muallifiga beqiyos shuhrat keltiigan ediki, bu an’ana hoziiga qadar davom etmoqda. «Bobumoma» va uning muallifi bu sha’n -u shavkatga to'la sazovor. Chunki «Bobumoma» badiiy, tarixiy, yodnoma asar sifatida adabiyotshunos va tarixchi, tilshunos va urfshunos, tabiyot va jug'rofiya sohasi, shuningdek, yana bir qator mutaxassislaiga qimmatli ma’lumotlar bera oluvchi bebaho ganjinadir. Shuning uchun ham bu asar turli davrlarda yashab, turfa tillarda so'zlashgan sharqshunoslar diqqatini jalb etdi, dunyo kengliklarida aks-sado berib keldi. «Bobumoma»—Zahiriddin Muhammad Bobuming goh ixtiyoriy, goh majburiy tarzda janggohlarda kechgan saiguzashtlarining aql va ko'ngil mezonlarida o'lchangan esdaliklaridir. Bu tarixiy-badiiy asar 1494—1530-yillardagi, Bobur Mirzoning Faig'ona viloyatining hokimi bo'lganidan boshlab Kobulda o'zini podshoh deb e’lon qilgani va nihoyat, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solishi bilan bog'liq voqealami o'z ichiga qamrab oladi. Asar dastlab «Vaqoye» nomi bilan atalganligini muallifning o'zi ruboiylaridan birida eslatib o'tadi: