Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Maktabga tayyorlov guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə35/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Maktabga tayyorlov guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish. Tayyorlov guruh bolalarining loy ishlari xilma-xil va qiziqarlidir. Bunga sabab bola ham jismoniy, ham fiziologik rivojlanadi. Bolalar predmetlarni formasini aniq tasvirlash, proporsiyasini to‘g‘ri berishga o‘rganadilar, Bu guruhda katta guruhga nisbatan bir bo‘lak loydan cho‘zib chiqarish usulidan ko‘proq foydalanadilar. Shuningdek, stekdan keng foydalanadilar. U bilan har xil faoliyatlar bajaradilar.
Tayyorlov guruhida loy ishlarini o‘rgatish dasturi xilma-xil va murakkabdir. Bolalar predmetlarning shakllarini ko‘rib, tuyib idrok etishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar mustaqil ravishda tasvirlashning texnik usullaridan keng va erkin foydalana olishlari kerak. Shuningdek, bolalar tasvirlashning haykaltaroshlik usulidan keng foydalanadilar. Tarbiyachi bolalarning ijodiy faolligini o‘stirib, ularning mustaqil ishlashlari uchun keng sharoit yaratib beradi, ular o‘zlari mustaqil mavzu topib, tasvirlash usullarini ham mustaqil o‘ylab topishga o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga harakterli shakldagi predmetlarni loydan yasashni taklif etadi. Masalan: sabzavot, mevalar. Agarda katta guruhda turli sabzavot va mevalarni loydan yasashga o‘rgatilsa, tayyorlov guruhida ancha murakkab vazifa topshiriladi. Masalan: turli xil shakldagi bir xil guruhga kiruvchi predmetlarni, olmaning ikki va bodringning bir necha turlari.
Bu chorakda bolalar o‘yinchoqni, haykaltaroshlik usullari asosida harakatdagi predmedlarni loydan yasashga o‘rganadilar. Masalan: bo‘ynini cho‘zib qichqirayotgan xo‘roz, koptok o‘ynayotgan mushukcha va boshqalar. Bundan tashqari bolalar bu chorakda tasavvurlari asosida turli hayvonlarni yasaydilar. Shuningdek, bolalar odam figurasini yasashda davom etadilar. Masalan: asosan Xamro buvi qo‘g‘irchog‘i. Xamro buvi qo‘g‘irchoqlarini yangi texnik usul asosida yasaydilar, ya’ni boshi va tanalari alohida loy bo‘lagidan, yubkasini esa, alohida boshqa loy bo‘lagidan, loyni yassilab konussimon shakl asosida yasaydi.
Bolalar o‘z tasavvurlari asosada mavzu bo‘yicha "Qiz bola yoki bola bayroqcha ko‘tarib ketyapti", "Bola maktabga ketyapti" ishlarni yasaydilar. Bolalar, ertak qahramonlarini yasaydilar: yalmog‘iz kampir, chipollino va boshqalar. Bunday ishlarni bajarish esa bolalarda ijodiy faollikni, mustaqillikni, tasvir etishning yangi vositalarini o‘ylab topishga yordam beradi. Bolalar bu chorakda butun bir loy bo‘lagidan yasash ustida izlanadi va dekorativ loy bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratiladi. Masalan: asosan halq o‘yinchoqlari, idishlar, dekorativ plastinkalar yasaydilar.
Tayyorlov guruhida bolalar idishlarni yangi usulda yasaydilar. Bu idshlarni halqachalar hosil qilib yasash va stek yordamida loyni olib tashlash usulidir. Halqachalardan yasalishida, halqachalar yasalib, ustma-ust qo‘yilib, bir-biriga mustahkam o‘rnatilib, so‘ng ichki va tashqi tomonidan ulangan qismlari tekislanib, silliqlanib, suvab chiqiladi. Loyni stek bilan o‘yib olib tashlash usulida, chap qo‘l bilan silindrsimon, sharsimon formalardan o‘sha predmet ushlanib, o‘ng qo‘l stek bilan ichki qismidan loy olib tashlanadi. Masalan: halqachalar usulida: krujka, tog‘oracha, gullar uchun vaza, chashka; ikkinchi usul bilan: kuvshin, ko‘zachalarni, xumlarni, ya’ni dumaloq va silindrsimon predmetlar yasash mumkin. Bolalar jamoasi loy ishlariga o‘rganadilar. Masalan: parrandalik fermasi, hayvonot bog‘i. Bular jarayonida bolalar bilan tasvirlash va texnik vazifalar ham o‘tilishi, shu bilan birga, tarbiyaviy harakterdagi vazifa ham ko‘proq hal etiladi, chunki jamoa loy ishlari bilan shug‘ullanganda, ularga yaxshi imkoniyat yaratib beriladn. Shuningdek, bolalar tasavvurlari asosida, naturaga qarab loy ishlarini bajaradilar.
Bolalar loy bo‘yicha olgan bilim malakalari asosida ishlab, o‘yinda foydalanish uchun turli xil predmetlarni yasaydilar. Masalan: vazalar, turli xil idishlar, plastinkalar va boshqalar. Bu tayyorlov guruhida predmetli, mazmunli, dekorativ loy ishlarining turlari uyushtiriladi. Bularning barchasi ixtiyoriy ravishda ham uyushtirilishi mumkin.
Bu guruhda tarbiyachi mashg‘ulotlar uyushtirganda, bolalar bilan birgalikda kuzatish va predmetlarni ko‘rib chiqish usulidan keng foydalanadi. Kuzatish va ko‘rib chiqish jarayonida tarbiyachi bolalar diqqatini predmetning shakliga, harakterli xususiyatiga, holatiga tortadi. Kuzatish, ko‘rib chiqish vaqtida tarbiyachi bolalarga savollar bilan murojaat qiladi. Shuningdek bolalarga turli xil illyustrativ kitobchalar, rasmlar ko‘rsatib, birgalikda ko‘rib chiqish mumkin. Odam figurasini tasvirlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar bilan birgalikda turli xil qo‘g‘irchoqlarni: sanitarka, kosmonavtni ko‘rib chiqadilar. Sayr vaqtida kuzatishlar uyushtiriladi. Predmetlarning harakat vaqtidagi vaziyatiga, holatiga bolalar diqqatini tortadi. O‘ynchoqni ko‘rib chiqish vaqtida bolalar diqqatini harakatning plastikligiga, uning qaysi usul bilan yasalganligiga jalb etadi. Shuningdek, hali o‘yinchoqlari bilan yangidan tanishtirish maqsadida bolalar bilan o‘yinchoqlar magazini degan didaktik o‘yinlar uyushtiriladi.
O‘yinchoqning xususiyati haqida so‘zlanadi. Idishlarni yasashda tarbiyachi bolalar diqqatini idishning shakliga, qanday usullardan foydalanib yasash mumkinligi qaratadi. Halq amaliy dekorativ san’at muzeyiga ekskursiyaga olib borishi mumkin. Bolalarni predmetli yoki mazmunli loy ishlariga o‘rgatishda badiiy adabiyotdan ham keng foydalaniladi. Shunday asarlarni tanlab o‘qib berish kerakki, bolalar eshitib, o‘zlari tasvirlamoqchi bo‘lgan kahramonlari aniq ko‘z o‘ngida gavdalansin. O‘qib berib bo‘lgach, bolalar bilan birga qaysi personajni yasashlari haqida suhbatlashib oladilar. Bu guruhda ham o‘yin usullaridan foydalanadi. Masalan: bolalar turli xil idishlar yasashganda ustaxona o‘yinini uyushtirish mumkin, natijada bolalar qiziqish bilan ishlaydilar.
Bu guruhda loydan buyum yasashning barcha texnik usullarini qo’llay bilishni o’rganadilar, jumladan, loy bo’lagini uzib olish, kaft orasida yapaloqlash, silliqlash, yoyish (qo’g’irchoq yubkalarida), suvash, chimdish, steykdan foydalanish malakalarini egallagan bo’ladilar.






Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin