Kundalik hayotdagi ish. Ta’limiy faoliyat va ekaskursiyalardagi kuzatishlarni kundalik hayotdagi, shuningdek, boshqa shakllari bilan uzviy aloqada olib boriladi.
Sayrlar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun sayrlardan keng foydalaniladi. Sayrlar vaqtida tarbiyachi bolalar tasavvurining shakllanishi uchun o‘zok muddat talab qilinadigan tabiat hodisalari bilan tanishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalarni qorning erishi, kurtaklarning bo‘rtishi, maysaning paydo bo‘lishi va shu kabilar bilan tanishtiriladi. Sayrlarda tabiiy materiallar kum, loy, suv, muz, barg, va shu kabilar bilan xilma-xil o‘yinlarni tashkil etish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi tajribasi yig‘ladi, ular tabiat hodisalarini barcha aloqa va munosabatlarda tabiiy sharoitlarda ko‘radilar. Sayrlar bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularga katta quvonch, tabiat bilan munosabatda bulish esa lazzat baxsh etadi.
Xulosa
Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya ishining qo‘yilishiga kompleks yondashishga, tarbiyaviy muassasalarning, oila va jamiyatchilikning to‘liq o‘zaro ta’siri va harakatlarning birligiga bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabtalarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani bog‘chadayoq yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan ta`limiy faoliyatlar jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini tinglash, o‘rtoqlari bilan gaplashmaslik, har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o‘rgatib boriladi. Har bir yosh guruhlarda qancha mashg‘ulot o‘tkazish maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab qo‘yilgan. Har bir MTTda metodik xonalar mavjud bo‘lib, unda MTTda ta’limtarbiya dasturining hamma bilimlari bo‘yicha metodik qo‘llamalar bo‘ladi. Tarbiyachi ta`limiy faoliyat jarayonida yangi pedagogik tehnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq. 1997.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’limi to‘g‘risida»gi Qonuni. 3.Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari. Tuzuvchilar Rasulova M, Abdurahmonova X. va boshqalar. – Toshkent, 2000.
4. Bolalarni maktabga o‘qishga tayyorlash (ilmiy maqolalar to‘plami). Toshkent: O‘z PFITI, 1997.
Dostları ilə paylaş: |