Bolalarni mehnat malaka ko‘nikmalarini shakllantirish orqali maktabga tayyorlash. 5-7 yoshli bolalar katta yoshlilar mehnatiga zo‘r qiziqishi biror mehnat jarayoninida kattalar bilan birga qatnashish yoki biror narsani mustaqil bajarish ishtiyoqini namoyon qiladilar. Ularning faoliyatlari kichik maktab yoshidlagilarga nisbatan anchagina maqsadga yo‘naltirilgan, e’tiborlari hamda maqsadga qaratilgandir. Bolalarda mehnat malakalari mehnat qilish odatini shakllantirish har bir ishni oxiriga etkazish ko‘nikmasini tarbiyalash pedagogik jarayonini to‘g‘ri tashkil etib quyidagi qoidalarga rioya qilingandagina:
Katta guruhlarga o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish mehnati xo‘jalik turmush mehnati tabiatdagi mehnat, shuningdek qo‘l mehnatini tashkil etish.
Kun tartibiga ko‘ra «Maktabgacha ta’lim dasturi» asosida mehnat uchun nazarda tutilgan vaqtdan to‘liq foydalanish. Bolalarni har xil sport turlariga muntazam jalb qilish.
Mehnatning har xil turlari tashkil etilar ekan, bolalar faoliyatining yakka va jamoa turlaridan foydalanish.
Bolalar mehnatiga rahbarlik metod va usullarini ta’lim tarbiya vazifalariga muvofiq tanlash.
Xilma-xil mehnat turlarini tashkil etishda ularning bolalar faoliyatining boshqa turlari bilan oqilona biriktirish orqaligina amalga oshirish mumkin. Har kuni kun tartibida guruhdagi barcha bolalar uchun va har bir bola uchun yakka mehnatni nazarda tutish kerak. Bolalar to‘g‘ri tashkil etilgan mehnatdan katta quvonch his qiladilar.
Katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning kun tartibida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish mehnati sezilarli o‘rin egallaydi. Tarbiyachilar mustaqil yuvinish, kiyinish ko‘nikmasini shakllantirimshni davom ettiradilar.
Mehnat jarayonida bolalar o‘simliklar holati, ularni yorug‘likka, namlikka, issiqlikka yaxshi tuproqqa bo‘lgan ehtiyojlarini qondirilishiga bog‘liq ekanligini anglab ladilar. Tabiatdagi mehnat kuzatuvchanlikni o‘stirishining usullaridan biridir. Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar ham hal qilinadi. Tabiat burchagida bo‘ladigan navbatchilik ertalab baliqchalarni boqadilar,gullarga suv quyadilar, yerlarni yumshatadilar, qushlar qafaslarini tozalashda yordam beradilar. Vaqti-vaqtida ko‘chat o‘tqazishda ham yordam beradilar.
Tarbiyachi va bolalar navbatchilar ishini nazorat qiladilar hamda uni baholaydilar. Katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar mehnati orasida alohida o‘rinni guruh xonalarida doimo tozalik va tartibni saqlash ishi egallashi lozim. Tarbiyachi bolalardan qaysi biridir kiyinishini shkafga tartibli kuymaganligini ko‘rib, masalan: shapka qayerda turishi kerakligini yoki koftochkasining yengi nima uchun chiqarilmaganligini so`raydi. Vaqti-vaqtida (odatda haftaga bir) bolalar tarbiyachi topshirig‘iga ko‘ra qo‘llanma va o‘yinchoqlarni ajratadilar, yuvadilar, guruh xonasini umumiy yigishtirishda qatnashadilar. Xo‘jalik turmush mehnati yaxshi tashkil etishda bolalarning yonma-yon ishlab umumiy natijasini tasavvur qilishlari muhimdir. Ba’zan umumiy ishni bajarish uchun tarbiyachi vazifani bolalar o‘rtasida har bir bolaning tajribasiga ko‘ra taqsimlaydi va u ishni oxirigacha bajaradi. Mehnat vazifalarini uyushtirishda tashabbus va mustaqillikni namoyon qilganlarni rag‘batlantiriladi. Tayyorlov guruhida tarbiyachi bolalar mehnatini tashkil etishning yana bir ko‘rinishi hamkorlikdagi mehnatdan foydalaniladi. Bu holatda bolalardan bittasi ishining oz qismini bajaradi, ikkinchisi uni davom ettiradi. Ko‘pincha qo‘l mehnati ta`limiy faoliyatlariga barcha bolalar uchun bir vaqt ajratiladi. O‘yinchoqlar qog‘oz, tabiiy materiallarni bolalar butun guruh bo‘lib yoki kichik guruhlarga bo‘linib bajaradilar. Bu maqsadda alohida joy jihozlanib, u erga material va asboblar joylashtriladi. Qo‘l mehnatini bajarishda bola natijaga erishadigan narsa bu buyum vujudga keladi bolalar yopishtirish, bo‘yash, tikish, qirqish va shunga o‘xshash oddiy mehnat malaka ko‘nikmalarini egallab oladilar. Yilning issiq vaqtlaridagi sayrlarda yerni chopish va yumshatish, o‘toq qilish, hosilni yig‘ishtirish bo‘yicha birgalikdagi ish tashkil etiladi. Bu holatda mehnatni tashkil etishning asosiy shakli guruh (3-4 bola) bo‘lib bajariladigan davomli topshiriqlar bo‘ladi. Mehnat faoliyati har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan har xil mehnat turlarining umumlashtiruvchi keng tushunchasidir. Mehnat jarayonini mehnat faoliyatining o‘ziga xos bir bo`lagi bo‘lib uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari mehnatning maqsadi. Material va mehnat qurollari biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishishi uchun sarf qilingan barcha mehnat harajatlari, mehnat sabablari va mehnat mahsuli yaqqol ko‘zga tashlanadi.