Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə6/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Go’daklik yoshi: 0 - 1
Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg’unlashgan bo’ladi. Ayni paytda bolada unga ta'sir o’tkazish uchun biron-bir o’ziga xos insoniy vositaga mavjud bo’lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu yoshdagi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi.
Bolaning boshqalardan ajralib qolishi, kattalar bilan emotsional muloqotlarning yetishmasligi bola hayotining dastlabki oylaridan boshlab uning yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Bolaning kattalar bilan muloqotining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya'ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko’rinishida paydo bo’ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy muloqotga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Muloqotning birinchi shakli - emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo’lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya'ni, emotsional-vositali (vaziyatli- amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro’y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo’naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga ehtiyoj yorqin paydo bo’ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g’amxo’rlik ko’rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog’liqlik va ishonch hissini tarbiyalash.
Unga nisbatan ijobiy diqqat-e'tiborga bo’lgan ehtiyojni qondirish.
Kichkintoyning uni o’rab turgan atrof-olamga va uning o’ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko’maklashish.

Ilk yosh: 1-3
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o’zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o’tirish va hokazolarni o’rganadi).
Muloqot jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz premetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog’liq muloqot faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o’zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo’ladi.
Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig’ishni (piramida, matreshka kabi o’yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig’adi) o’zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko’p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo’llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo’tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo’llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo’llash usullarini bolaga kattalar o’rgatadilar.
Muloqotga bo’lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o’zlashtirish bolaning o’z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya'ni real narsalarning o’rnini almashtira olish hamda o’rin bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o’yinlarni («ku-ku», «shar yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo’lni bosib o’tishga to’g’ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so’z muhim ahamiyatga ega bo’lib boradigan o’yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o’yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so’zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba'zida o’zi tashabbus ko’rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so’zli fikrlarini grammatik jihatdan to’liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning «kamchiliklarini tuzatatadi» (Timur dadasining mashinasini ko’rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).
Bola tilni faol o’zlashtiradi. So’z ortida turgan tasavvur yagona o’xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo’g’irchoq) ko’proq o’xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so’zidan sigir, qo’y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so’zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo’llashgacha) rivojlanadi. Ayna bitta so’z yordamida ko’p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so’zi bir vaqtning o’zida «bu non», «non so’z zahirasi 30-40 ta so’zni tashkil qiladi. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo’ladi. Bunda nonutqiy muloqot vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko’zlarning to’qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq.) hamon hukmron bo’ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma'nosini va ularda qo’llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
1 yoshu 6 oy - 2 yoshga kelib bolaning so’z zahirasi 200-300 tagacha o’sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo’ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita muloqotga kirishgan vaziyatda esa nutqiy muloqot yetakchi muloqot turiga aylanadi.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko’proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy muloqotning asosiy shaklini - dialogik nutqni o’zlashtiradi. U tashabbus ko’rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o’zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o’rganadi.
Bola o’z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so’zlardan foydalanadi. Biroq bola tomonidan foydalanilayotgan so’zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo’lib, u keng qamrovli ma'nolarni anglatadi. So’z va predmetli harakatlarni qo’llash va ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli odam bola bilan o’zaro bir-birini tushunishni va uning tilini boyitishni yo’lga qo’yadi.
Bola tashabbus ko’rsatish orqali muloqot sub'yekti, teng huquqli hamkor sifatida chiqadi. O’zini tushunishlariga intilish, o’z istak-xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to’g’ri so’zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan muloqotga kirirish emotsional aloqa o’rnatish va o’z shaxsiga e'tiborni jalb qilishga yordam beradi: bolalar bir- birlari bilan o’ynash jarayonida o’z harakatlarini nutq bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol yo’naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta'siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o’yinlarda («shovqinli qo’shiqlar») va oddiy so’z ijodkorligida («golf-molflar», «o’yin- po’yin» va boshq.) ko’rinadi.
Qulay shart-sharoitlarda muloqotning uchinchi yiliga kelib bola kattalar bilan muloqotda ko’rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o’z tassurotlarini nutqda ifodalay boshlaydi. Bolalar o’zlari o’qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va o’zlarining ilgarigi tajribalari haqida («Mustaqillik» maydoniga, hayvonot bog’iga uyushtirilgan sayohat, Qorbobo sovg’alari va boshqalar haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish v a z i f a l a r i : Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o’ziga tanish bo’lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o’yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so’zlar va oddiy iboralar zahirasini kengaytirish. Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o’simliklar, uy- joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so’zlar zahirasini asta-sekin kengaytirib borish.
Old ko’makchilar va ravishlar yordamida ifoda qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so’zlarni tushunishni shakllantirish.
Kattalarning mazmuniga ko’ra bog’langan 2-3 ta harakatdan iborat bo’lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o’rgatish («koptokni ol va menga uzat»).
Faol nutq. Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli muloqotni yo’lga qo’yish.
Bola imkoni bo’lgan har qanday nutqiy ko’rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo’lishiga ko’maklashish.
Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-hohishlarni ifodalash va atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yish uchun zarur bo’lgan so’zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko’rganlarini bir nechta so’zlarda hikoya qilib berishni o’rganishga (yil oxirida) undash.
Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi so’zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan, ayrim hayvonlardan va o’simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar harakatlaridan, notirik va tirik ob'yektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin