Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999
R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.
F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993
R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma
mavzu:Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish, drama janridagi asarlar bilan tanishtirish. Poeziya, proza, drama janridagi asarlarning o'ziga xos
xususiyatlari
Reja:
l.Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyati
2.Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Tayanch tushunchalar va iboralar: badiiy adabiyot, drama, poeziya, proza, folklor, badiiy asarlar o’qitish, bolalar kitobxonligi, badiiy asar mutolaasi.
Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta’sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko’rsatadi.
She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy xis-tuyg’ular va o’zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o’z tas’ir kuchiga ko’ra turlicha bo’ladi: hikoyalarda bolalar so’zlarning lo’ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she’rlarda o’zbekcha nutqning musiqiyligini, ohangdorligini ilg’aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko’rsatadi.
Bolalar badiiy asarlar qahramonlariga qayg’urishni o’rganganlaridan so’ng ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik his-tuyg’ulari - birovning dardiga sherik bo’lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko’rsatish qobiliyati uyg’ona boshlaydi. Bu prinsipiallik, halollik, haqiqiy fuqarolik hislari tarbiyalanadigan poydevordir. His-tuyg’ular bilimdan oldin keladi; kimki haqiqatni his qilmagan bo’lsa, u buni tushunmagan va tanimagandir.
Xalq - bolalarning betakror o’qituvchisidir. Xalq asarlaridan boshqa hech qaysi asarlarda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarning bunday qoyilmaqom qilib joylashtirilishini, jarangiga ko’ra bir-biridan zo’rg’a farq qiladigan so’zlarning xayron qolarli darajada yonma- yon terilishini uchratish qiyin. Beozor xazillar, nozik yumor, sanoq she’rlar - pedagogik ta’sir ko’rsatishning samarali vositasi, dangasalik, qo’rqoqlik, o’jarlik, injiqlik, faqat o’zini o’ylash (egoizm)kabi xislatlarga qarshi yaxshigina «malxamdir».
Ertaklar olamiga sayoxat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruxida tarbiyalangan bolalar o’z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o’zlarining adolatparvarligini namoyon qiladilar.
Va albatta bolalar estetik, ayniqsa axloqiy tasavvurlarni kattalarning (ota-onalar, pedagoglar) o’qib chiqilgan asarlar bo’yicha nasixatnamo mulohazalaridan, tayyorlangan savollarga javob berishdan emas, balki aynan badiiy asarlardan olishlari lozim. O’qib chiqilgan asar bo’yicha xaddan tashqari ko’p nasixat qilish katta, ko’pincha esa tuzatib bo’lmas ziyon yetkazadi: mayda-chuyda savollar bilan «sochib tashlangan» asar bolalar ko’z o’ngida o’zining barcha jozibadorligini yo’qotadi, oqibatda unga nisbatan bolalarning xam qiziqishi yo’qoladi. Shuning uchun badiiy matning tarbiya imkoniyatlariga to’liq tayanish zarur.
K.D.Ushinskiy shunday yozadi; «Bola ona tilini o’rganar ekan, u faqat shartli tovushlarnigina o’rganmaydi. Balki ona tilining ona ko’kragidan ma’naviy hayot va kuchni xam emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hech bir tabiatshunos bunga qodir emas, u atrofdagi odamlar harakteri, u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini shunday tanishtiradiki, boshqa hech qanday tarixchi bunga qodir emas; U bolani xalq udumlari, xalq she’riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hech bir estetik bunga qodir emas, nixoyat u
bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, adbatta, boshqa biron- bir faylasuf bunga qodir emas»10. Buyuk pedagogning ushbu so’zlarida nafaqat ona tilini o’zlashtirish natijalari, balki uni o’rganish metodi: «nafaqat ko’p narsani o’rgatadigan, balki xayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo’lmaydigan metod asosida o’qitadigan»11 o’qituvchi tiliga ishonch ko’rsatib berilgan.
14
Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar ekan, pedagog har tomonlama tarbiyalash vazifasini xam bajaradi.
Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o’zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo’yadi. YOshi o’sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi xam ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she’r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur.
Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |