Masalan, ikkita o'yinchoqni stol bo'ylab yurgizib, harakat- larini aniq aytib, hikoya qilib berish topshirig'i berilgan.
Tarbiyachi hikoya qilib bergan bolaning hikoyasini shunday baholaydi: „Yasha, Salim. Sen birinchi bo'lib hikoya qilib bersang- da, o'rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni csingdan chiqarmading, Sening hikoyangni qiziqib tingladik".
Ba'zan o'rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga bolalarning o'zini ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta guruhlarda qo'JIaniladi. Chunki 6 yoshli bolalar hikoyaning sifatini (to'liq- ligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar.
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg'ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish
Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni ma’noli og'zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so'zlarni tanlashga o'rgatadi, jonli so'zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko'nikmasini o'sti- radi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.
Qayta hikoya qilishga o'rgatish samarali bo'lishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya qilish uchun matnlarni to'g'ri tanlash lozim.
Har bir asar bolalarda jamiyatimiz uchun zarur bo'lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g'oyaviy-mantiqiy yo'nalishga ega bo'lishi, jo'shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-kctliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning bola yoshiga mos kelishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.