Bu usuldan ko'proq o'rta va katta guruhlarda foydalaniladi. Bu bola uchun ancha murakkab bo'lgan usuldir, chunki u tarbiyachining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq jumlalarni ham takrorlashiga to'g'ri keladi.
So‘z va jumlalarni aytib turish.
Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga yo'l qo'ymaydi. Bu usuldan ko'proq bola asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi.
Agar bola juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo'lsa, tarbiyachi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga c'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to'plashi kerak.
Agar bola hikoya qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo'li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo'lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko‘z qarashi bilan uning xatosini, kamchiligini tuzatishi, hikoya qilib bcrgandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Hikoya qilayotganingda tinch turishing. boshingni pastga egmasdan, o'rtoqlaringga qarab turishing kerak. axir ular sening hikoyangni tinglashadi-ku“, deb aytishi kerak. Tarbiyachi bolaning bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo'ysa, maqsadga nuivofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg'ulotidan oldin yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi.
Tarbiyachi aytib turish orqali, bolani qayta hikoya qilayotganida yo‘l qo'ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o'rgatishning keyingi bosqichlarida ham qo'llaniladi.
Savollar berish.
Bu usul keng tarqalgan bo'lib, u muqaddima (kirish) suhbatida va mashg'ulot jarayonida qo'llaniladi. Qayta hikoya qilish mashg'ulotida foydalaniladigan savollarni shartli ravishda ishlatilishiga va maqsadiga qarab bir qancha turkumga ajratish mumkin. Hikoya qilolmaydigan bolalarga qayta hikoya qilish ni boshlagunga qadar yordamchi savollar berish mumkin, bu hikoyani boshlashga yordam beradi, masalan: „Sen nima haqida hikoya qilasan, ola quyon to'g'risidami? Mayli, kel boshlaymiz. Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga...". Yoki: „Turna Tulkini o'zi bilan olib, osmonga ko'tarilibdi va unga nima debdi? Yerni ko'ryapsanmi? Mana shu Turnaning aytgan gaplarini, Tulkining esa javobini aytib bering... Ha, mushtumday... Bu yog'ini o'zing davom et".
Bola qayta hikoya qilib bergandan keyin, albatta, savol berishdan foydalanish mumkin. Bu asar mazmunini bola qay darajada tushunganini aniqlashga yordam beradi, matnni qayta hikoya qilayotgan vaqtda tashlab ketilgan joylarini tiklashga yordam beradi.