Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:
asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;
voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.
Shuningdek, asar o'qib berilgandan keyingi suhbat bola
nutqidagi lug'at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramon- larning ovozlarini ifodali bayon etishga ta’sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi.
Adabiy matn o‘qib berilgandan so‘ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniqlash maqsadida matn yuzasidan qisqa suhbat o'tkaziladi.
Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday? (qo'rqoq, yolg'onchi, tarbiya ko'rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro'y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib qolsangiz, unga nima degan bo'lar edingiz? (Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg'onchi, qo'rqoqsan- ku. Bundaylarni biz o'zimizga sherik, o'rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga o‘ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o'tkazilgach, u ikkinchi marta o'qib yoki hikoya qilib beriladi va bolalar tomonidan qayta hikoya qildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o'qib (hikoya qilib) beraman. So'ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar". O'rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya qilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to'liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib berishni esingdan chiqarding?—), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi personajlarning so'zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: „Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday so'raydi?“ — „Samimiy, ayyorona"; „Maqtanchoq quyon o'rtoqlariga nima deb maqtandi?" — „Vs-e. Ycm bo'lib bo'pnian. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi“ — (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo'yicha qayta hikoya qilishdan ham foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda bolalar asar mazmunini o'z so'zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning fikrini aniq va to'g'ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak.
Bolalarning qayta hikoya qitishlarini baholash muhim uslubiy (nietodik) usullardan hisoblanadi. O'rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi. Bolalarning qayta hikoya qilishini baholashda uning yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib. qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: bolalarda qayta hikoya qilishda matnga to'g'ri kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatish orqali ularning nutq faolligini, mustaqilligini rivojlantirishga ta’sir etadi.