Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) - monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o’rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantiqqa amal qilishni ko’zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.
Hikoya rejasi oddiy bo’lishi, ya’ni bir chiziqdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, ya’ni keng tarmoqlangan qo’shimcha (aytib turuvchi yoki faqat yo’naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo’lishi mumkin.
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan mashg’ulotlar turlicha o’tkaziladi va ushbu mashg’ulotlarda bolalarga qo’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi.
Hikoyaga oid mashg’ulotlarda doimo taniqli she’rlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlarni esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko’taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali qiladi.
Monologik nutqqa oid mashg’ulotlarni real ob’ektlarga (quyoncha) tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mexnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) ko’rib chiqish jarayonida o’rganadilar.
Statik suratlar - bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejasida olib boriladi.
Harakatlanadigan suratlar - (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, diapozitivlar va boshq.) - bayon qilish uchun didaktikmateriallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir.
Mulohaza yuritish uchun materialni har qanday surat berishi mumkin, faqat buning uchun “nima uchun?” (u yoki bu voqea, harakat yuz berdi) yoki “qanday vaziyatda?” (narsa u yoki bu belgiga ega bo’ladimi-yo’qmi?) degan savol to’g’ri qo’yilsa bo’ldi.
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi: ular oson kompozitsiyaga ega bo’lib, ularda ayrim ob’ektlarni ajratib ko’rsatish, ularning o’zaro munosabatini aniqlash ham osondir (“Biz o’ynayapmiz”, “Uy xayvonlari”, “YOvvoyi xayvonlar”, “Yil fasllari” va boshq.).
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o’z shakli bilan belgilanadi. Bolalarga yaxshi tanish bo’lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar bolalarga monologik nutqni o’rgatish uchun ayniqsa, juda qulaydir. Dastlab bolalar ularni ko’p marta tomosha qiladilar, uning titrlari o’qib chiqiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so’ngra titrlarni o’qishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavxalarni hikoya qilib berishiga o’tiladi.
Monologga o’rgatish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan iboratki, tarbiyachi o’z rejasi (savollar zanjri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chiqib ketmaslikka, voqealarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan, hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida qayg’uradi va ushbu mavzu uchun mos keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoqlar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif qiladi.
Bolalarning tasavvur asosidagi og’zaki to’qima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyoq bilan o’ylab topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan voqealardan oldin yuz berishi mumkin bo’lgan voqealarni yoki suratda tasvirlangan voqealardan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan voqealarni o’zlari to’qiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya9 tuzadilar, qahramon nomidan (1 -shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya qiladilar, unda yil faslini o’zgartiradilar va x.k.; o’zlari ertak hamda hikoyalar to’qiydilar.
Dostları ilə paylaş: |