Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə90/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni bolalar
badiiy adabiyoti bilan tanishtirish

Maktabgacha kichik yoshda olamga nisbatan estetik munosabat ko’p qirrali bo’ladi. Bu endi nafaqat tabiatga va atrofni o’rab turgan tabiat muxitiga munosabat, balki insonlar olamiga - o’ziga, yaqinlariga, tengdoshlariga, boshqa kattalarga bo’lgan munosabat xamdir.
Bola o’z tashqi ko’rinishini, kostyumini ko’rish va ularga baxo berishni boshlaydi; qo’llari, yuzi, kiyimlarining tozaligiga e’tibor beradi; to’g’ri va ozoda ovqatlanishni o’rganadi. U muloqot va odamlar borasida nima chiroyliyu, nima xunukligini tushuna boshlaydi. Mohiyatan yagona bo’lgan estetik va axloqiy munosabatlar muayyan bola ongida va xulq- atvorida birlashadi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bola san’atga, uning badiiy obrazlariga oshno bo’lish, badiiy faoliyatni egallab olish borasida keng imkoniyatlarga egadir. U san’at obrazlarini yaxlit va emotsional qabul qilishi, ularning mazmunini oddiy anglab yetishi bilan ajralib turadi. Chunonchi, yorqin va ritmik marsh musiqasini tinglar ekan, bola eng avvalo, uning ko’tarinki kayfiyatini qabul qiladi va uning muayyan harakat xususiyati bilan aloqasini ilg’ab oladi. Badiiy qobiliyatlar tizimida emotsional munosabat bildirish va sensorlik qobiliyatlari bilan bir qatorda badiiy fikrlash xam qaror topadi. U badiiy obrazlarni bir-biri bilan taqqoslaydi, ularni tegishli hayot hodisalari bilan qiyoslaydi va o’zining birinchi umumlashtirmalariga keladi.
To’rt yoshga kelib bolalar badiiy matnni emotsional va yaxlit qabul qilganlari holda uni tushunganliklarini nafaqat nutqda (qayta hikoya qilish, yoddan aytib berish, savollarga javob berish), balki predmetli va o’yinli vaziyatlarda xam ifodalaydilar. Ular ikki-uch personaj yoki hodisani ajratadilar, ular o’rtasida aloxida aloqa o’rnatadilar va shu tariqa asar syujetini gavdalantiradilar. Tavsiflashni takrorlash ko’pincha ularda ko’proq qiyinchilik tug’diradi.
Bu yoshda adabiy matnni qabul qilish bolalarning amaliy va o’yin faoliyatiga yaqin bo’lgan «harakat»dan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, badiiy asar bilan to’laqonli xamkorlik qilish uchun bola uni tinglashi, suratlarni tomosha qilishi, kitobni qo’llari bilan ushlab ko’rishi, o’yinchoklar bilan o’ynashi, matnning ayrim qismlarini deklamatsiya qilishi yoki «baqirib aytishi», ularni muayyan hayotiy vaziyatlarda qo’llanilishini aniqlashi lozim. Ushbu yoshda badiiy asarni qabul qilish, ijrochilik va ijodkorlikni amalda chegaralab bo’lmaydi.
Bola hayotining beshinchi yilida badiiy matnni mazmun-mohiyatli yagonalik sifatida qabul qilish mexanizmini shakllantirish boshlanadi. Bolalar bilan muloqot jarayonida pedagog endi bola harakatlari va fikrlarining qabul qilingan badiiy asarga qanchalik mos kelishi haqida bevosita xulosalar chiqarishi mumkin. Ko’pchilik bolalar matn mazmunini yoyiq nutqiy shakllarda bayon qila olmaydilar, ammo uni suratlar, o’yinchoqlar bilan o’yinli vaziyatlarda, kattalar va tengdoshlari bilan dialoglarda mos ravishda tushunishlarini namoyish qiladilar.
Ushbu yoshda boshqacha vaziyat xam yuzaga kelishi mumkin - ya’ni, bolalar tushunishda qiynalgan ancha murakkab matnni yoki uning ayrim qismlarini so’zlar bilan aytib beradilar.
Besh yoshlarga kelib badiiy asarni emotsional-yaxlit qabul qilish shunga olib keladiki, bolalar syujetning ayrim obrazlari va elementlarini ajratganlari holda ular bilan «o’ynashni» boshlaydilar. Ayni paytda ular uni to’qib to’ldiradilar, ayrim lavxalarni takomillashtiradilar, o’z ertaklarini, shu jumladan ular tomonidan ajratilgan adabiy obrazlarni to’qiydilar, badiiy asarlar asosida o’yin syujetlarini shakllantiradilar. Bolalar nafaqat u yoki bu adabiy obrazlarni ajratadilar, balki badiiy tipajlarni -yagona emotsional-mazmun dominanti asosida umum- lashtirma obrazlarni yaratganlari holda ularni birlashtiradilar.
Uch-to’rt yoshlarda bolalar adabiy asarlarni tanlashga qodirdirlar: ular ayrim adabiy qahramonlarni biladilar va sevadilar, o’zlari uchun muayyan asarni ajratib oladilar va doimo ularni o’qib berish yoki aytib berishni iltimos qiladilar; o’zlari xam yoqib qolgan she’riy matnlarni ko’p martalab takrorlaydilar. Besh yoshlarga kelib ayrim syujetli harakatlar va personajlarni afzal ko’rish yaqqol sezila boshlaydi. Bularning barchasi besh yoshli bolaning ancha boy adabiy tajribasi umumlashtirmalari hisoblanadi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagog ularni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishda quyidagi rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishi lozim:
  • Turli janr va mavzulardagi adabiy asarlarni - ertaklar, hikoyalar, she’rlarni, she’riy folklorning kichik shakllarini tinglash, ularning mazmuniga emotsional munosabat bildirish va syujetning rivojlanishini kuzatib borish qobiliyatlarini rivojlantirish;


  • Bolalarni ayrim asarlar va ularning aynan bir xil qahramonlar bilan birlashtirilgan sikllari bilan tanishtirish;


  • Tarbiyachi bilan birgalikda tanish asarlarni hikoya qilish, ularni to’liq yoki qisman sahnalashtirishga jalb qilish;


  • Bolalar so’z ijodkorligi, she’riy matnlarning o’yinli va yumoristik variatsiyalari uchun qulay sharoit yaratish;


  • Bolalarning o’yin, tasvirlash faoliyatlarini badiiy obrazlar bilan boyitish;


  • Kitobga nisbatan estetik madaniyat asari sifatida asrab-avaylash munosabatini shakllantirish. Illyustratsiyalarni mustaqil ravishda va takror ko’rib chiqish, aynan shu kitobni takror tinglash istagi.


Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishga doir ishlarning mazmuni va shart-sharoitlari masalalarini ko’rib chiqamiz.


Ushbu yoshdagi bolalar uchun badiiy adabiyotning quyidagi janrlari maqsadga muvofiqdir: follorning kichik shakllari, prozaik va she’riy ertaklar, hikoyalar, she’rlar. Ayni paytda bola uchun adabiy obrazlarning emotsional jozibadorligi quyidagi xollardagina ortadi: ya‘ni, agarda badiiy mazmun uning qabul qilishi uchun imkon doirasida bo‘lsa; badiiy asar yorqin va ifodali taqdim etilsa; bola badiiy matn mazmunini tashqi harakatlarda ifodalasa; badiiy asar asosida o‘zi xam improvizatsiya qilsa.
Pedogogik ishlarni bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ikki yo’nalishda olib borish lozim.
Birinchisi badiiy asarni yaxlit va tugallangan estetik ob’ekt sifatida qabul qilishni tashkil etish bilan bog’liq. Bolalar aynan bir asarga ko’p marta duch keladilar, tarbiyachi uni takror o’qiydi, mazkur asarni sahnalashtirishni, diafilmlar va videofilmlar namoyishini tashkil etadi. Bolalar she’rni yoddan o’qiydilar (yaxlit yoki qisman), bunda ular o’qishning ifodaliligini sahnalashtirish elementlari bilan kuchaytiradilar. Guruhda bolalarga yoqib qolgan kitobdan bemalol foydalanish mumkin bo’lgan sharoitni yaratish zarur. Bunda tarbiyachining o’ziga qanday kitoblar yoqishini bolalarga xaqqoniy bildirishi juda muhimdir.
Ikkinchi yo’nalish ayrim badiiy obrazlarni o’zgartirish va bir nechta obrazlarni sintez qilish jarayonida bolalarda tasavvurni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratishni ko’zda tutadi. Bu asalarni o’xshashlik yoki qarama-qarshilik asosida guruhlash, obrazlarning ular faoliyatining turli ko’rinishlarida rivojlantirish tufayli amalga oshirilishi mumkin.
Illyustratsiya bolaga harakat rivojini kuzatib borish va matnni tushunish imkonini beruvchi asosiy tayanch vositalardan biri hisoblanadi. SHu munosabat bilan turli badiiy usullarda va texnikalarda bajarilgan yuqori badiiy ahamiyatli qiziqarli illyustratsiyalardan foydalanish zarur. Biroq, uch-to’rt yoshli bolalarning o’ziga xos xususiyatlari tufayli ko’pincha shunday vaziyat yuzaga keladiki, bunda surat matnni bezamaydi, aksincha matn suratga jon baxsh etadi. SHuning uchun ayrim asarlar bolaning tasavvurini, badiiy nutqni tinglash va qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun albatta, ko’rish tayanchlarisiz taqdim etilishi lozim.
Ayniqsa, bu obrazlari yuqori darajada noaniq bo’lgan va obrazlari yuqori darajada ifodali bo’lgan (folklor she’rlarining kichik shakllari) asarlarga taalluqlidir.
Yuqorida sanab o’tilgan rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishda bolalarda quyidagi qobiliyatlar shakllantirilishi lozim:
Bilish qobiliyati: kattalarning kitob o’qishi va hikoya qilishini diqqatni jamlagan holda tinglash, chalg’itmaslik, asarni oxirigacha eshitish. Kattalar yordamida matn mazmunini tushunish, undagi voqealar tartibini belgilash, qahramonlarning muallif so’zi bilan yaratilgan eng yorqin xatti-harakatlarini ko’rish, ularni illyustratsiyalardan tanib olish.
Nutqiy qobiliyat: o’qigan asardan olingan taassurotlarini kattalar va tengdoshlari bilan o’rtoqlashish. Taassurotlar, fikrlar, obrazlarni so’zlar bilan ifodalash. Tanish ertaklarni aytib berish, she’rlarni yoddan aytish, adabiy syujetlarni sahnalashtirishda, sahnalashtirilgan o’yinlarda ishtirok etish.
Munosabat: bolalarga yorqin emotsional munosabatlar, tasvirlangan voqealar va qahramonlarga faol ko’maklashish hamda ular haqida qayg’urish xosdir. Bolalar kitob, she’r va xalq qo’shiqlari bilan takroran uchrashishga intiladilar. Ular dono fikr, xazil, qofiyadosh so’zlardan zavqlanadilar va ularni esda saqlab qolishni hamda o’z nutqida qo’llashni xoxlaydilar.
Besh yoshga kelib bola:

  • O’ziga yoqqan nechta asarlar nomlarini aytishi; senga qaysi kitob yoqadi? U nima haqida? Bu ertakda kimlar haqida hikoya qilinadi? Bu ertakda yana kimlar bor? Ular nima qildilar? Bularning barchasi qanday tugadi? kabi savollarga javob bera olishi mumkin;


  • Suratlarni o’ziga tanish bo’lgan ertakdagi voqealar rivojiga qarab terib chiqishi mumkin. Agarda suratlar ichidan ortiqcha personajning surati chiqsa, bola uni chetga olib qo’yadi, biroq pedagog iltimosiga ko’ra, agar ushbu qahramon xam ertakda ishtiroq etsa nima ro’y bergan bo’lishi mumkinligini o’ylab topadi;


  • O’zi xoxlagan kichik she’r (ovunmoq) yoki ritmik tashkil etilgan matnni (bo’g’irsoq qo’shig’i, ertakning ayrim leytmotivlari) emotsional tarzda aytib berishi mumkin.


  • Mustaqil faoliyatda - o’yinda, rasm chizishda va boshqa kundalik vaziyatlarda adabiy obrazlardan foydalanadi.





Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin