tasavvurlaridan foydalangan holda pedagog ushbu elementlar asosida «Agarda bo’lsa,
nima bo’lar edi» toifasidagi ijodiy o’yinlarni uyushtirishi lozim. Bunday o’yinlarda tipik qahramonlar, syujet elementlari erkin qo’shiladi, natijada g’ayrioddiy va kutilmagan birikmalar vujudga keladi.
SHuningdek, obrazga kutilmagan va qarama-qarshi yo’nalish beruvchi aloxida so’zlar va jaranglashlar bilan o’tkaziladigan o’yinlar xam muhimdir. Pedagog bolalarning qofiya bilan o’yinlari, so’z ijodkorligi, she’rni davom ettirish va she’r to’qish, tashbexlar va taqqoslashlar o’ylab topishlariga asoslangan o’yinli hamda kulgili vaziyatlarini rag’batlantiradi. Masalan, adabiy asarlar personajlarining harakterini aks ettiruvchi yangi ifodali ismlarni, yoki asarda obrazli tasvirlangan narsalar va hodisalar uchun yangi nomlarni o’ylab topish.
Pedagog bolalarning nisbatan yirik hajmdagi adabiy asarlar syujetlari asosida o’yinli «xayolotdagi olamni» yaratishlariga ko’maklashishi lozim. Masalan, yirik hajmdagi adabiy asar (mualliflik ertagi) bilan tanishtirishda u guruhga ushbu ertakning «xayolotdagi olamini» olib kirishi va bir necha kun mobaynida (sayrda, o’yinlarda) bolalar bilan birgalikda uning ichida «yashashi» mumkin.
Estetik qabul qilish va ijodkorlikni rivojlantirish uchun asarlarni mavzusiga qarab guruhlashdan foydalanish samaralidir. Bu bolalarga turli asarlarda tasvirlangan obrazning variativligini va uning bir asar doirasida rivojlanishini; aynan bir xil mavzu yo’nalishlarini ko’rib chiqishda kontekstlarni o’zgartirish, obrazli ifodalar turli shakllarining o’zaro bog’liqligini (so’z, harakat, tovush, tasvir) namoyish qilish imkonini beradi.
SHuningdek, quyidagi shakllar xam mumkin: pedagog bolalarga asarlar guruhini tanishtiradi va ular asosida ishni bolalarning ochiq turdagi universal bilish muammolarining (tirik va o’lik, yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xunuklik muammolari) turlicha obrazli yechimlarini qidirishlariga yo’naltiradi. Ravshanki, qidiruv jarayonida muammolarning o’zlari umumlashtirilgan ko’rinishda shakllanmaydi, balki faqat turli adabiy obrazlar va syujetlar, shuningdek bolalarning o’zlari tomonidan vujudga keltiriladigan vaziyatlarning birgalikdagi muxokamasi ro’y beradi, xolos.
Dialog - pedagogik ishlarning yetakchi vositasi bo’lishi lozim. Pedagog bolalarning adabiy asar bo’yicha ijodiy dialogda, muammoli vaziyatlarni xal etishda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratishi lozim. Bolalar bir-birlarini to’ldirganlari holda adabiy asar mazmunini birgalikda tasvirlaydilar, muxokama jarayoniga talqin elementlari va ta’riflangan voqealarni, adabiy qahramonlarni va ularning xatti-harakatlarini baxolashni olib kiradilar. Dialogik muxokama jarayoniga pedagog adabiy mazmunni muammolashtirish elementlarini, ya’ni: talqinlarning bir xil emasligi, ochiq turdagi savollarni qo’yish va ular bo’yicha mulohaza yuritishni (masalan, ertakni aytib bo’lgandan so’ng undan nima qoladi?) olib kirishi zarur.
Pedagog o’z ishining samaradorligini nafaqat bolalarning mashg’ulotlarda o’zlarini qanday tutishlari bilan baxolaydi, balki u ularning erkin faoliyatdagi xulq-atvorini kuzatadi: adabiy mavzudagi o’yin va suratlar syujetlarini qayd etadi, bolalarning fikrlarining mazmuniga, ularning mustaqil so’z ijodkorligiga e’tibor beradi; bolalarning kitoblar bilan harakatlarini - yakka tartibda yoki birgalikda uni ko’rib chiqishlari, o’qishlarini rag’batlantiradi. Pedagog bolalar savollariga javob beradi va ularga yoqib qolgan asarlar (dasturdagi va dasturga kiritilmagan) mazmuni bo’yicha ular bilan yakka tartibda suhbatlashadi. Pedagog bolalarning eng qiziq fikrlarini, ularning shaxsiy tajribasiga oid hikoyalarini, bolalar tomonidan o’ylab topilgan she’rlar va ertaklarni to’plashi lozim. Ushbu materiallar asosida bolalarning o’zlari tomonidan «kitob» yaratish ishlarini uyushtirish zarur. Bu bolalar tomonidan to’qilgan ertaklar, shaxsiy tajribaga oid hikoyalar, qo’shiqlar, sanoq she’rlarning bolalar rasmlari bilan bezatilgan to’plami, qo’lyozma jurnali va komikslari bo’lishi mumkin. Guruhda o’qib chiqilgan, bolalar suratlari, variantiv syujetlar, improvizatsiyalar va to’qib, oxiriga yetkazishdan iborat bo’lgan u yoki bu adabiy asarlar motivlariga oid «kitoblar» xam aynan shunday tarzda yaratilishi mumkin.
Pedagogning bolalarga o’zining qaysi adabiy asarlarni yoqtirishini ma’lum qilishi, o’zining badiiy ta’bi va aqliy faolligini namoyish qilishi ularni ijodiy rivojlantirishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish borasida to’g’ri amalga oshirilgan ishlar natijasida yetti yoshga kelib bolada quyidagi rivojlanish ko’rsatkichlari shakllanishi lozim:
Bola o’ziga yoqqan bir nechta adabiy asarlar nomlarini aytishi mumkin.
Kichik she’r yoki she’riy asardan kichik parchani ifodali o’qib berishi mumkin.
O’zi tanlagan asarni mustaqil ravishda yoki pedagog yordamida hikoya qilib berishi va quyidagi savollarga javob berishi mumkin: u shunga o’xshash boshqa asarlarni xam biladimi? Ularning o’xshashligi nimalardan iborat? (o’xshash personajlar, syujet harakatlari);
Kitobga qiziqish paydo bo’ladi: o’qilgan kitoblarni mustaqil ravishda varaqlab chiqadi, mazmunini aytib yoki o’qib beradi, uydan sevimli kitoblarini keltiradi.
Ertak syujetiga mos tarzda qo’shimcha personaj kiritadi, ushbu personaj qo’shiladigan vaziyatlarni to’qib, qo’shib qo’yadi.
Yaxlit ertak to’qishi mumkin, bunda u uning extimoliy qahramonlarini tasvirlash vositalariga tayanadi, ayni paytda ertaklarga xos mazmun-mavzu birligidan, tipik kompozitsiyalar va stilistik vositalar to’plamidan xam foydalanadi.