Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə91/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar adabiy asarlarni qabul qilishlarida va tushunishlarida
ularga quyidagi holatlar xos bo’ladi:
  • Qahramonlarga qayg’urish va ularga hamdard bo’lish, shu tufayli bevosita tashqi ifodalangan emotsionallikning pasayishi;


  • Voqealar zanjirini tiklash va asar ichida hamda asarlar o’rtasida turli xil mazmunli aloqalar o’rnatish qobiliyati;


  • Qahramonlarning tashqi harakatlarini ko’rish va qahramonlar xulq-atvoridagi ochiq motivlarni tushunish, ularning yashirish niyatlari ma’nosiga va harakatlarining nooshkora motivlariga kirishga urinish;


  • Hosil bo’lgan voqea bolaning shaxsiy kundalik hayotidan hikoya emas, balki ko’proq ertakka o’xshash bo’lishi uchun adabiy vaziyatni talqin qilish va o’zgartirishga urinish;


  • Janr asosi (ertak, hikoya, she’r) va maqbul mavzularning (xayvonlar, sexrgarlik ko’rinishlari, bolalar va boshq.) paydo bo’lishi;


  • Tilning ayrim ifodali vositalarini payqash qobiliyatining paydo bo’lishi;


  • Adabiy asarlarning harakterli tuzilmasi va shakli haqidagi tasavvurlarni o’z ijodida ifodalash (kompozitsiyalarning uch qismliligi, adabiy qahramonlarning asosiy harakatlari va boshq.).


Besh-olti yoshli bolalarning o’ziga xos xususiyatlari - bolalarning psixologik rivojlanishidagi ikkita bir-biriga qarama-qarshi tamoyillarning bir-biriga zid bo’lgan uyg’unligidan iborat. Bir tomondan - bolalar yuqori ijodiy saloxiyati bilan ajralib turadilar. Ikkinchi tomondan - besh-etti yoshli bolalarning taqlidchilikka, me’yoriylikka intilishi xammaga yaxshi ma’lum. Bola qoidalarni, harakat usullarini o’zlashtirishga intiladi va u bunga qodirdir. YUqori baxolanadigan natijalarga erishish uchun unda obrazli stereotiplar oson shakllanadi va ular bolaga adabiy matnni talqin qilish hamda uni to’g’ri tushunish jarayonini osonlashtiradi.


Biroq, adabiy qahramonlarni faqat «so’zda» tushunish va ularning harakatini axloq me’yorlari nuqtai-nazaridan baxolash tasvirlanayotgan vaziyat ma’nosiga kirib borilganlikdan dalolat bermaydi. Bola «yashab ko’radigan» ziddiyatli vaziyatlarni gavdalantirish natijasidagina ularning badiiy obraz va muallif g’oyasini tushunishi mumkin bo’ladi. Bu nafaqat axloqiy nomuvofiqliklarga, balki universal bilish muammolariga xam taalluqlidir, zero badiiy asarlar ularning ko’p qirrali talqinlaridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bunday tushunish ko’pincha verbal emas, balki obrazli ifodalangandir (tanlov harakatida, obrazli harakatda, suratda, o’yin syujetida, voqealarni o’ylab topishda va boshq.). Bolaning individual xususiyatlari uning faoliyatning reproduktiv yoki ijodiy turlarini afzal ko’rishiga yordam beradi. Adabiy asarlar motivlari bo’yicha sahnalashtirish o’yinlari reproduksiya va ijodkorlikning estetik imkoniyatlarini o’zida birlashtirgan shakl hisoblanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish sohasida pedagoglar va ota-onalar oldida quyidagi vazifalar turibdi:
  • Bolalarni yuqori badiiy saviyadagi adabiyotlarga oshno qilish, ularda adabiy-badiiy taassurotlar zahirasini shakllantirish;


  • Ifodali badiiy nutqni shakllantirish;


  • Bolalarga kichik prozaik matnlar mazmunini emotsional va ifodali tarzda yetkazish hamda kichik she’rlarni yoddan aytib berishni o’rgatish. Ma’lum adabiy asarlarni sahnalashtirishda ishtirok etish.


  • Bolalarda adabiy asarlarning (xususan, ertaklarning) o’ziga xos tuzilmasi, tipik personajlar va syujetli-mavzuli birliklari hamda ularni ijodiy qo’llash usullari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish;


  • Asosini bolalarning adabiy obrazlarni talqin qilishi tashkil qiladigan tasavvur shakllarini rivojlantirish;


  • Bolalarda badiiy obrazning rivojlanishi, o’zgarishi, uning ko’p qirraliligi va ko’p tomonlama bog’liqligi haqidagi tezkor tasavvurlarni shakllantirish;


  • Bolalarda adabiyotlarni individual tarzda afzal ko’rishni rivojlantirish;


  • Bolalarning kitobga nisbatan estetik madaniyat asari sifatidagi munosabatini rivojlantirish, ularni qo’lyozma kitoblar yozishga jalb qilish.


YUqorida qayd etilgan vazifalarni xal etish uchun pedagogik ishlar mazmuni va shart- sharoitlarini to’g’ri belgilash zarur. Ular qanday bo’lishi lozim?


Bolaning badiiy adabiyot bilan o’zaro xamkorligi uning estetik, bilish, ijtimoiy va nutqiy rivojlanish imkoniyatlarini amalga oshirish imkonini beradi. Biroq shu bilan birga faoliyatning estetik xususiyatlari buzilmasligi lozim, bolalarning imkoniyatlari esa sxematizm va taqlidchilikdan iborat bo’lib qolmasligi kerak. Ushbu maqsadda pedagog quyidagi qator usullardan foydalanishi lozim:
Bolalarning diqqat-e’tiborini aloxida adabiy asarning badiiy qimmatiga - she’rlarning obrazli ifodaliligiga, hikoyada syujetning kutilmagan rivojiga qaratish.
Bolaning adabiy asarni yoki o’zi to’qigan asarini ijro etishi (guruhda qayta hikoya qilish, yakka tartibda ifodali o’qish va kattalar bilan dialogda o’qish) uchun emotsional boyitilgan ijro muxitini yaratish. Biroq, badiiy asar faqat so’z bilan aytilmasdan, balki uning ayrim yorqin jixatlari bolalar va pedagoglarning birgalikdagi harakatlari natijasida sahnalashtirilishi, unga musiqiy ishlov berilishi, harakatlar, suratlar, konstruktiv modellar bilan ko’rsatilishi mumkin.


Pedagog bolalarga yaxshi ma’lum bo’lgan an’anaviy (xayvonlar va sexrgarlar haqida) xalq ertaklari va noan’anaviy (bolalar, tabiat hodisalari, predmetlar haqida) zamonaviy mualliflik ertaklari ruxida o’z ertaklarini to’qishlari uchun sharoit yaratib berishi lozim; bolalarni ularning o’z hayotlarida yuz bergan qiziqarli voqealar haqida hikoyalar tuzishga undash zarur.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin