O‘qilgan she’rni hamma bolalar esda saqlab qolishlariga erishish.
Bolalarda she’rga (poeziyaga) nisbatan qiziqish uyg’otish va mustahkamlash.
She'r mazmunini va undagi ayrim qiyin so'zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam berish.
Tinglovchilar oldida she’rni ifodali aytib berishga o'rgatish.
Bu vazifalarning barchasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Yodlatish uchun she’r tanlashda „Dastur“ vazifalariga, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, esda saqlash qobiliyatlariga e 'tibor berish kerak. Yodlatish uchun she'r tanlashda shuni hisobga olish kerakki, she’r hajm jihatidan uncha katta bo’lmasligi, kichik guruhlarda Ibanddan oshmasligi, o‘rta guruhda 2 band, katta guruhlarda 3—4 banddan oshmasligi kerak.
Bolalar bir oy ichida kuni bilan 1—2 ta she'rni (mashg'ulotda) yod oladilar. Ba'zilarini (sanamalar, kikillamalar, ashulalarni) mashg’ulotdan tashqari vaqtda (sayrda, o‘yin jarayonida) beixtiyor eslab qoladilar. Tarbiyachi bolalar bilan she'r yod oldirish mashg‘ulotini tashkil etishdan avval guruhdagi bolalaming qaysisi tez, qaysi birlari sekin, qaysilari puxta, qaysilari bo’sh yod olishlarini aniqlab olishi kerak.
Kichik guruhda she’r yod oldirishda ko‘rsatmalilik, o‘yin harakatlari orqali ko‘rsatish, ovozga taqlid qilish usullaridan keng foydalaniladi. Masalan, “Ayiqcham” she’rini yodlatish.
Dastur mazmuni. Bolalarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, uning ma'nosini tushunishga va yod olishga yordam berish. Bolalarni o‘z o‘rtoqlari oldida she'r aytishga o‘rgatish. Mashg‘ulot uchun material. Katta ayiqcha o'yinchog'i.
M ashg„ulotning borishi. Bolalar yarim doira hosil qilib o‘tiradilar.
Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, bizga kim mehmon bo’lib kelibdi? Bu nima? Bolalarning javoblari tinglanadi.
Tarbiyachi: Biz sizlar bilan bu ayiqchani ko‘rganmiz. Ayiqchaning bosh qismida ikkita qulog'i, dum -dumaloq, munchoqdek ko‘zlari, tumshug‘i va tana qismida to’rtta oyog‘i borligini bilamiz. Ayiqcha o ‘rmonda, hayvonot bog‘ida yashaydi, u asalni juda yaxshi ko‘radi. Qaranglar, u qanday chiroyli, biz bu ayiqchani juda yaxshi ko'ramiz, u bilan