Mavzu: Boshlang’ich sinf o’qituvchisning jarayondagi axboraot kompetensiyasi kasbiy tayyorgarlik sifatida uzluksiz ta’lim. Reja: Zamonaviy pedagogik ta'limda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining at tayyorgarligining


) O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligi



Yüklə 47,79 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü47,79 Kb.
#209252
1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word (3)

1.4) O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligi.
Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan, sog’lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh, ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogining o’z kasbiga bo’lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o’qituvchilarning o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini yuqori baholab shunday degan edi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu hamqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi murabbiylarnining olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizda yaxshi tasavvur qilamiz”.
Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo’yilgan. Bu o’quvchilarga ijodiy jihatdan o’z-o’zlarini namayon qilishlari uchun imkoniyat yaratish va ularda ijobiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham, bugungi kunda o’quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarini yaxshilash maqsadida ta’lim samaradorligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi shakl, vositalarni qo’llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko’zlovchi pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi.
Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug’ildi? «Pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?
Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi
Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.
Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga egadir. Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponеntlarini mujassamlashtirganidir.
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli ”axborotli o’qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baxolanmoqda.
Birinchidan, pedagogik texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma`lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayotganligi va o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib kelayotganligi, o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o’quv ob’ektlariga aylanishi o’qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo’llashga ehtiyojni tug’dirmoqda.
Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati, samaradorligini oshirishda o’z hissasini qo’shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi lozim.


Yüklə 47,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin