Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilariga savod o’rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish mundarija: Kirish Asosiy qism



Yüklə 57,96 Kb.
səhifə1/10
tarix17.05.2023
ölçüsü57,96 Kb.
#115529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA


MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA
SAVOD O’RGATISH DAVRIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

MUNDARIJA:
Kirish
Asosiy qism

    1. Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun va mohiyati.

    2. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash tamoyillari.

    3. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash vositalari.

    4. Elektron o`quv qo`llanmadan o`quv jarayonida foydalanishning pedagogik asoslari.

    5. Elektron o`quv adabiyotlarga qo`yiladigan talablar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o`quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi, sifatli o`quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida puxta o`zaro hamkorlik va o`zaro foydali aloqadorlikning yo`qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sarasiga kiradi, deb ko`rsatib o`tilgan. Shuning bilan bir qatorda, ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o`zlashtirish yuzasidan maqsadli inovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-fanning ta`lim amaliyoti bilan aloqasini ta`minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg`or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish orqali esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o`z vaqtida joriy etish mexanizmini ro`yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo`yilgan.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha vazifalarni hal etish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 30-mayda chiqargan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida” gi Farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyunda qabul qilgan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to`g`risidagi qarorlarini keltirish mumkin Hozirgi axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan pedagogik dasturiy vositalarda multimedia elementlaridan foydalanib, elektron o`quv adabiyot, kurs, kitob va virtual stendlar yaratish imkoniyatlari mavjud.


Yüklə 57,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin