Kurs ishning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini o‘stirishga oid yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, psixologik manbalar, o‘zbek xalqining tarixiy tajribalari.
Kurs ishning ilmiy yangiligi: Mavzuga oid ilmiy, metodik, pedagogik, psixologik hamda tarixiy-falsafiy manbalarni o‘rganish, tahlil qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini aniqlanadi. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshning mavjud holati o‘rganiladi. Boshlang’ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish va ulardan foydalanish usullari ishlab chiqiladi. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yo’li, usul va metodlarini ishlab chiqiladi. Kurs ishning nazariy ahamiyati: ishda Boshlang’ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshirish natijasida o‘quvchilarning mehnatsevarlik ko‘nikmasi yo‘llari ko‘rsatildi. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamoviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning pedagogik asoslari ishlab chiqildi.
Kurs ishning amaliy ahamiyati:ish natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda didaktik-pedagogik bilimlarini boyitish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda keng foydalanish mumkin. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, ikkita bob, to’rtta reja, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar ro’yxatidan iborat.