Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mehnat tarbiyasi uning ahamiyati to’g’risida qomusiy mutafakkirlarimiz Ibn Sino, Farobiy, Naqshbandiy, Kaykovus, A.Navoiy, Termiziy kabi allomalarimiz o’z asarlarida mehnat tarbiyasini ulug’lab, yoshlarni mehnat qilishga, mehnatning inson faoliyatida o’rni haqida fikr bildirishgan. Respublikamizda mehnat ta’limi uning taraqqiyotiga ko’pgina olimlar A.Varobyev, N.Shodiyev, E.Choriyev, N.Nishonaliyev, O.M.Ma’zumov, R.Mavlonova, O.Magdiyev, K.Davlatov,U.Tolipovlarning darslik va metodik qo’llanmalari chop etilgan. Mexnat ta’limi fanining umumiy o’rta ta’lim maktablariga fan sifatida o’qitilishi 1932-yildan amalga oshirildi. Olimlar o’rtasida mehnat ta’limining fan sifatida o’tilishi ancha tortushuvlarga sabab bo’ldi. Birinchi toifali olimlar mehnat ta’limi barcha fanlarga qo‘shilib o‘tilishi maqsadga muvofiq degan fikrlarni olg’a surdilar.
Kurs ish maqsadi: boshlang’ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yo‘li bilan o’quvchilarni kasb – hunarga yo’llash, dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarning ijodkorligini o’stirish. Kurs ish obyekti:boshlang‘ich ta’lim jarayoni. Kurs ish predmeti: boshlang’ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yo’li, usul va metodlari Kurs ishning vazifalari: 1. Mavzuga oid ilmiy, metodik, pedagogik, psixologik hamda tarixiy-falsafiy manbalarni o‘rganish, tahlil qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini aniqlash. 2. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshning mavjud holatini o‘rganish. 3. Boshlang’ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish va ulardan foydalanish. 4. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslarida ish unumini oshiririshda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yo’li, usul va metodlarini ishlab chiqish.