Mavzu: boshlang’ich sinf texnologiya darslarida ish unumini oshirish yo‘llari


Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limining hozirgi davrdagi maqsad va vazifalari



Yüklə 12,48 Kb.
səhifə4/5
tarix26.06.2023
ölçüsü12,48 Kb.
#135249
1   2   3   4   5
Mavzu boshlang’ich sinf texnologiya darslarida ish unumini oshi-fayllar.org

1.1 Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limining hozirgi davrdagi maqsad va vazifalari Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir. Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi. Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir. Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarni boshlang’ich politexnik bilimlar bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashlardan iboratdir. O‘quv-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari, elеktrondarsliklar, vеrsiyalar va multimеdialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.

1.2 Mehnat ta’limini asosini tashkil etuvchi umumdidaktik tamoyillar Mehnat ta’limini amalga oshirishda ta’limning qo’yidagi tamoyillariga rioya etish talab etiladi: I.Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar: -nazariy ta’limni unumli mehnat bilan qo’shib olib borilishi; -ta’limning politexnizm asosida qurilishi; -ta’limning kasbiy yo’naltirilganligi; -ijodiy rivojlantirishga yo’naltirilganligi. II.Umumdidaktik tamoyillar: - amaliyligi; ilmiyligi; tarbiyaviyligi; - ijodiyligi; -ko’rgazmaliligi; - moddiy-texnika jihozlari - bilan ta’minlanganligi; - izchilligi; - uzviyligi va boshqalar. Mehnat ta’limi mashg’ulotlari o’zining qator xususiyatlari bilan boshqa fanlardan ajralib turadi.


Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin