MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………..6
I BOB. ONATILIDARSLARIDASO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI O’RGANISHNING METODIK AHAMIYATI
1.1. Onatilidarslaridaso’z yasalishi ustida ishlash…………………………….9
1.2. Onatilidarslaridaso`ztarkibinio’rganishda dars samaradorligini oshirish…………………………………………………………………………14
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO’Z TARKIBI VA YASALISHINI O’RGANISH 2.1. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z morfemiktarkibi va yasalishini o’rganish darslari rejasini tuzish…………………………………………………24 2.2. Boshlang’ich sinfo’quvchilariga so’z yasovchi qo’shimchalariga ma’lumot………………………………………………………………………….34 XULOSA…………….…………………………………...………………………43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………...………………………...45
KIRISH
Davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash ishiga alohida e’tibor bilan qarab kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh yo`nalishi – davlat, jamiyat va oila oldidagi mas’uliyatni anglab yetadigan, mustaqil firlay oladigan, o`z fikr mulohazalarini himoya qiladigan ozod shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.1
Maktabda grammatik materialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani va birinchi navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini tushunish bilan birga, o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya’ni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga o’rgatish ham muhimdir.
O’qituvchi tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o’quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog’liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim komponentlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi.
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta’minlanadi? Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o’rganishda yangi o’rganiladigan materialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga imkon beradigan izchillikni ko’zda tutadi.
O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini metodik jihatdan aniq ko’z oldiga keltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til hodisalarini ketma-ket va parallel o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma’qulroq degan masala ko’proq materialning lingvistik mohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe’ldan oldin o’rganiladi, bu fe’lning shaxs-sonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’rganilganlar bilan bog’laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi qo’shimchalar bilan taqqoslanadi (so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish uchun, ya’ni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).
O’quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o’qituvchi bu tartibga rioya qilib so’zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.
So’z turkumiga ko’ra tahlil og’zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |