Mavzu: boshlang’ich sinflaeda so’z tarkibi mavzusini o’rgatish metodikasi ilmiy rahbar : Eshonkulova Surayyo Isomiddinovna chirchiq-2023


Boshlang’ich sinf o’quvchilariga so’z yasovchi qo’shimchalariga ma’lumot



Yüklə 76,91 Kb.
səhifə9/11
tarix10.06.2023
ölçüsü76,91 Kb.
#127965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ABDURASHIDOVA OYDIN TOLIB QIZI

2.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga so’z yasovchi qo’shimchalariga ma’lumot.
1. So’z yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’z hosil 
qiladigan qo’shimchalardir: o’t – o’tloq, arra – arrala, kuch – kuchli, hosil serhosil. So’z yasovchi qo’shimchalar unumli (-li, -la, -chi, ser-, -dosh, kor) va 
unumsiz (-vul, -ag’on, -chil, -in, -a) bo’lishi mumkin. 
2. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydigan qo’shimchalardir. Bular 3 turli bo’ladi: 1) kelishik qo’shimchalar: 
kitobni, uyga, daftarning. 2) egalik qo’shimchalari: maktabimiz, ukam, bog’i. 3) shaxs-son qo’shimchalari: edik, bordim, kelding, yurasan. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar so’zning o’zgarib turadigan qismidir.
3. Shakl yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib, ma’noni bir oz 
o’zgartiradigan, qo’shimcha ma’no orttiradigan, lekin yangi so’z yasamaydigan 
qo’shimchalardir. Bular so’zlarni bir-biriga bog’lash vazifasini bajarmaydi, balki kichraytirish, erkalash, chegaralash, kamlik, oshirish, kuchaytirisha gumon,taxmin kabi ma’nolarni ifodalaydi: uycha, kitoblar, kattaroq, ozgina,yurib, onajon, bura, oqarinqiradi, chayqa, tepkila.
Qo’shimchalar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:

  1. Sodda qo’shimchalar boshqa qo’shimchalarga ajralmaydi: aqlli. 

  2. Murakkab qo’shimchalar kamida ikkita qo’shimchaning 

Qo’shilishidan hosil bo’ladi: dehqonchilik, odamgarchilik, yordamlash. O’zakka so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishidan hosil bo’lgan qism negiz deyiladi: paxtakorlarga, gulzorda, bilimlilar. Shuni aytish kerakki, so’zning morfoemik tarkibi deganda uning o’zak va qo’shimchalardan iboratligi nazarda tutilsa, morfologik tarkibi deganda so’zning negizi va shakl yasovchi, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar nazarda tutiladi. Turli usullar yordamida so’z hosil qilinishi so’z yasalish deb ataladi. So’zlar asosan besh xil usul bilan yasaladi:
1. So’z yasovchi qo’shimchalar bilan yasaladi .
2. So’zlarni qo’shish bilan yasaladi.
3. So’zlarni qisqartirib yasaladi.
4. Bir turkumdan boshqa turkumga so’z o’tishi yordamida yasaladi.
5. So’zlarni takrorlash yordamida. 
1. So’z yasovchi qo’shimchalar bilan ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga oid 
So’zlar yasaladi: ishchi, aqlli, ishla, yashirin. Olmosh, son va yordamchi so’zlar 
yasalmaydi.
2. So’zlarni qo’shib, juftlab so’z yasashda qo’shma va juft so’zlar yasaladi: qora+mol – qormol, ko’z+oynak-ko’zoynak, idish-tovoq, apil-tapil, unda-bunda.Birdan ortiq so’zning birikishidan yasalgan so’zlar qo’shma so’z deyiladi: choyquti, gultojixo’roz, sotib oldi, himoya qildi, bir oz, rahmdil. Ikkita so’zning birikishidan yasalgan so’zlar juft so’zlar deyiladi: birin-ketin, qovun-tarvuz, omon-eson. 
3. So’zlar kisqartirib qo’shish yo’li bilan ham yasaladi. Bular qisqartma 
so’z deyiladi. Qisqartirib so’z yasash faqat otlarda uchraydi: elektron hisoblash mashinasi – EHM, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi – MDH. 
4. So’zlarning bir turkumdan boshqa turkumga ko’chishi yordamida so’z yasalishi: sifat va fe’l otga, son ravishga o’tadi: o’g’il bola (o’g’il sifat). O’g’il keldi (otga o’tgan.) U soat birga (son) keldi. Akasi bilan birga (ravish) keldi. O’quv, yozuv, qurilish (fe’l otga o’ngan). Boshqa turkumga ko’chgan so’zning ma’nosi va gapdagi vazifasi ham o’zgaradi.
5. So’zlarni takrorlash yordamida so’z yasalishi. Bunda so’zlar takrorlanib 
yangi so’zlar yasaladi: paqpaq (o’yin), tur-tur (turish), bipbip (avtobus), pat-pat 
(mototsikl), xolla-xola (o’yin), manman, yo’l-yo’l (rang), es-es (zo’rg’a). 
O’zbek tilida so’zlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sodda so’zlar. Sodda so’zlar ikki xil bo’ladi: tub so’z, yasama so’z. 
Tarkibidagi so’z yasovchi qo’shimcha bo’lmagan sodda so’zlar tub so’z deyiladi: 
kitoblar, ko’proq, pishdi, yaxshiroq. So’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishi bilan 
yasalgan sodda so’zlar yasama so’z deyiladi: uzumzor, ishchi, oqla. Yasama so’z 
o’zak va yasovchidan iborat bo’ladi: bil+im, ish+chi.
2. Qo’shma so’zlar: xontaxta, tomorqa, asalari, kamgap, sotib olmoq. 
3. Qisqartma so’zlar: BMT, O’zMu, Sanqurbank, pedkengash. 
4. Juft so’zlar: sabzi-piyoz, katta-kichik, o’ynab-kulib, keldi-ketdi. 
5. Takroriy so’zlar: yashik-yashik, qator-qator, o’ynab-o’ynab. 
Ma’no jihatdan bir-biriga mos kelib, jamlik, umumiylik ma’nosini bildirgan 
So’z juft so’z deyiladi. Juft so’zning har ikki qismi ham yakka holda mustaqil 
Ma’no bildirishi mumkin yoki ikkinchi qismi yakka qo’llanmaydigan so’z bolishi mumkin yohud har ikkala qismi ham ma’no ifodalamasligi mumkin: qozon-tovoq, arpa-bug’doy, kiyim-kechak, yosh-yalang, apil-tapil. Juft so’zlar qismlari ma’no jihatdan ikki necha hil bo’ladi: 
1. Bir turdagi yaqin predmetlarning nomlari: qosh-qovoq, oltin-kumush, qovun-tarvuz. 
2. Sinonim so’zlar: kuch-quvvat, asta-sekin, keksa-qari. 3. Butun va 
bo’lak nomlari: oy-kun, vaqt-soat, tog’-tosh. 4. Antonim so’zlar: kecha-kunduz, yaxshi-yomon, katta-kichik. Bir so’zning qo’shaloq kelishidan hosil bo’lgan so’zlar takroriy so’z deyiladi: baland-baland, qator-qator, non-pon, choy-poy. Takroriy so’zlar ko’plik, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: etak-etak gul, ayta-ayta charchadim. Takroriy so’zlarda ayni bir so’zning takror holda qo’llanishi natijasida grammatik ma’no ifodalanadi. 
Ma’noni kuchaytirish uchun ketma-ket keltiriladigan so’zlar takroriy so’zlar 
hisoblanmaydi: Kiyimini qara, kiyimini! 



Yüklə 76,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin