II BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO’ZTARKIBI VA YASALISHINI O’RGANISH 2.1 Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z morfemik tarkibi va yasalishini o’rganish So’zning morfemik tarkibini o’rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyi yangi o’zbek imlosining yetakchi tamoyili bo’lib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy qismi (o’zak va qo’shimchalar) ko’proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasininazariy asosda shakllantirish fonetik,
So’z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni
talab qiladi.Shuning uchun so’zning morfemik tarkibini o’rganishning muhim vazifalaridan biri o’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.So’zning morfemik tarkibini o’rganish o’quvchilarning aqliy qobiliyatini
o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bo’lgan maxsus aqliy ko’nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O’qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda aqliy faoliyatni o’stiradigan, analiz, taqqoslash ko’nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z tarkibi va yasalishini o’rganish metodikasi boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq. So’zning morfemik tarkibi III sinfda o’rganiladi. IV sinfda So’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko’zda tutiladi. Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur. Til materialini o’rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o’zaro bog’lanishdagi bilimlar, yig’indisini o’zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so’z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o’zlashtirish: a) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning morfemik tarkibini o’rganishning o’rni bilan; 2) “o’zak”, “o’zakdosh so’z”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga ta’sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog’liqligini belgilab bera So’z turkumlarini o’rganish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga so’z yasalishi asoslarini, so’z yasovchi qo’shimcha yordamida bir so’z turkumidan boshqasini yoki shu so’z turkumining o’zini yasash mumkinligini tushuntiradi. Masalan, ot ko’proq boshqa bir otdan (ishchi, baliqchi; sinfdosh, sirdosh; bog’bon, oshpaz, kitobxon, zargar), shuningdek, fe’ldan (elak, kurak, yutuq, o’roq, yotoq, terim, bilim); sifat ko’proq otdan (suvli, suvsiz; yozgi, qishki, ishchan, ishli, ishsiz), shuningdek, fe’ldan (maqtanchoq, o’tkir, sezgir); fe’llar otdan (ishla, gulla, gapir), sifatdan (oqla, yaxshila, oqar, qoray) yasaladi.
O’quvchilarni so’z yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o’qituvchi ularga muayyan bir yangi so’z qaysi so’zdan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriqberadi. Masalan, o’qituvchi chegara otini aytadi va chegaraniqo’riqlaydigan kishini bildiradigan o’zakdosh ot tanlashni topshiradi (chegarachi). Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o’qituvchi so’zni va so’z yasovchi morfemani beradi. O’quvchining vazifasi yangi so’zni to’g’ri yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan, baliq so’zidan –chi qo’shimchasi yordamida yangi so’z yasash (baliqchi), uning leksik ma’nosini tushuntirish, qaysi so’z turkumi ekanini aytish topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o’quvchilar so’zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini hosil bo’lgan so’z qaysi morfema yordamida, qaysi so’z turkumidan yasalganiga, qanday ma’no anglatishi va qaysi so’z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda tilda mavjud bo’lgan so’zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o’zaro bog’liqigiga va biror so’z turkumiga xarakterli bo’lgan so’z yasalishi usuliga asoslaniladi.
Bunday mashq turlaridan namunalar:
1. O’zakdosh so’zlari bo’lgan matnni leksik – so’z yasalishi tomonidan tahlil qilish. Masalan, quyidagi kabi matn diktovka bilan yozdiriladi:
Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akamparvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi. O’qituvchi rahbarligida bir o’zakdosh so’zdan boshqasi qanday morfema yordamida yasalgani, u qaysi so’z turkumiga kirishi, qanday ma’no bildirishi aniqlanadi.
2. Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so’zni o’zakdosh so’z bilan almashtirish.