59
Matematik maqollar.
1.
Yetti o ‗lchab bir kes.
2.
Sanamay sakkiz dema.
3.
Bir kun janjal bo`lgan uyda, qiriq kun baraka ketadi.
4.
Yer
haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
O`quvchilar bugun darsimizni sayohat usulida o`tamiz. Sayohatga borish uchun
avtobusga chiqishimiz kerak. Avtobusni kim boshqaradi?
Avtobusni haydovchi
boshqaradi. Kelajakda siz ham qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz? kabi savol- javob
o`tkaziladi.
Birinchi bekatimiz
«Bilimdonlar»
bekati.
O`quvchilar daftari tarqatiladi. Chiroyli yozgan va to`g`ri yozgan o`quvchilar
daftarlari namuna sifatida ko`rsatiladi va rag`batlantiriladi.
Yangi mavzu:
Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko`paytirish. 467-472-misol
va masalalar.
1-bekat. «Zukkolar» bekati.
467
-misol.
60
Nechta apelsin borligini aniqlashni har xil usullardan
foydalanib tushuntirib
bering:
3*(4*2)=24
(3*4)*2=24
(3*2)*4=24
Sonni ko‘paytmaga ko‘paytirishni har xil usullar bilan bajarish mumkin:
1) 7*(8*5)=7*40=280
Ko‘paytmani hisoblash va sonni unga ko‘paytirish.
2) 7*(8*5)=(7*8)*5=56*5=280
Sonni birinchi ko‘paytuvchiga ko‘paytirish va natijani ikkinchi ko‘paytuvchiga
ko‘paytirish.
3) 7*(8*5)=(7*5)=35*8=280
Sonni ikkinchi ko‘paytuvchiga ko‘paytirish va natijani birinchi ko‘paytuvchiga
ko‘paytirish.
468.
1) Hisoblang:
6*(5*4)=6*20=
6*(5*4)=(6*5)*4=
6*(5*4)=(6*4)*5=
2) Misollarda nima uchun bir xil natija hosil bo‘lganligini tushuntiring.
O‘qituvchi: G‘olib bo‘lar bugun kim?
Javob bering turmang jim.
O‘quvchilar misolni yechib bo‘lganlaridan keyin dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
Ko`p yozdi qo`llarimiz,
Ham charchab ko`zlarimiz.
Bir, ikki, uch,
To`plab oldik kuch.
Harflarimiz sara,
Davom etamiz yana.
3-bekat «Bilimdonlar» bekati.