III bob. Boshlang„ich sinflarda matematik materialni o„qitish jarayonida
tarixiy asarlardan foydalanish metodikasi.
3.1.Sonlarni
raqamlashni
o‗rganishda tarixiy materiallardan foydalanish
usullari.....................................................................................................................41
3.2.Qo‗shish va ayirishni o‗rganishda tarixiy materiallardan foydalanish
usullari.....................................................................................................................49
3.3. Ko‗paytirish va bo‗lishni o‗rganishda tarixiy materiallardan foydalanish
usullari.....................................................................................................................51
3.4. Tajriba sinov ishlari..........................................................................................53
Xulosa
.....................................................................................................................63
Foydalanilgan adabiyotlar
....................................................................................66
4
KIRISH
Yigirma besh yillik mustaqil hayotimiz bizga qanday muqaddas zaminda
yashayotganimizni, ulug` ajdodlarimiz qoldirgan qanday meros va qadriyatlarga
ega ekanimizni anglatdi, shu aziz tuproqda yotgan ota-bobolarimiz dini va ruhiga
sodiq bo`lishga, Vatanimiz kelajagi, farzandlarimiz kamoli uchun o`z taqdirimizni
o`z qo`limizga olib, fidoiy mehnat qilishga o`rgatdi deb, ta‘kidlaydi, O`zbekiston
Birinchi Prezidenti I. A. Karimov
1
.
Jamiyatimizning mustaqillik yillarida orttirgan taraqqiyot tajribasi tahlil
qilinib, milliy istiqlol g`oyalari tamoyillariga asoslanib, ijtimoiy hayotning muhim
tarkibiy qismi sifatida, ta'lim-tarbiya jarayoni o`zgardi. Bu jarayon ta'lim sohasidagi
davlat siyosatining huquqiy-tarbiyaviy asoslarini yaratishdan boshlandi. Ta'lim
tarbiyani milliy istiqlol g`oyalari asosida yuksak darajaga ko`tarish davrimizning
qat'iy talabi va jamiyatning ijtimoiy talabidir.
Darhaqiqat, o`zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o`tmishdayoq
olib borgan tadqiqotlari va kashfiyotlarida insonni odobli, ma'naviy barkamol
mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashga oid yangi g`oya va ta'limotlarni
yaratganlar. Muso al-Xorazmiy (783-850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn
Sino (980 - 1037); Umar Hayyom (1048-1131); Nasriddin at-Tusiy (1201-1274);
Ulug`bek (2394-1449), G‗iyosiddin al-Koshiy (1385-1437); Ali Qushchi (1402-
1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizning asosidir. Bu
allomalarimizning asarlarida bolalarni o`qitish, mehnatga, odobga o`rgatishda
muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin Tusiy
fikricha muallim talabalarning aql-zakovatiga ta'sir qilish uchun ularning ishonchini
qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim. Ibn Sino fikricha,
tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm - narsalarning inson
aqli yordami bilan o`rganilishi shaxs faoliyatida muhim ekanligini ta'kidlab o`tadi.
Abu Rayhon Beruniyning pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va
1
Biz kеlajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. – -T.: O‘zbеkiston, 1999;
5
o`rni, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda insonparvarlik va
eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir
2
.
Ota bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o`rganib, uni ta'lim tarbiya
jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviy barkamol va ijodkor mutaxassisning
muqaddas burchidir.
Matematika fani tarixi ham barcha fanlar tarixi kabi chinakam fuqarolik
xulq-atvori va olimlarning yuksak vatanparvarlik harakatlariga doir misollarga
nihoyatda boy. Bolalarni o`zligini anglash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
matematika tarixiga doir ilmiy-nazariy ma'lumotlar katta ahamiyatga ega.
O`qituvchining
matematika
o`qitishdagi
yutuqlari
ayni
damlarda
o`qitilayotgan materialga ehtiyoj qachon, qanday sabablar tufayli va qanday
vaziyatlarda tug`ilganligi, uning yordamida qanday masalalar yechilganligi va hozir
ham yechilayotganligi, u matematikaning yana qanday qismlari bilan aloqadorligi
haqidagi savollarga tarixiy manbalardan olinadigan javoblarga bog`liq. Bunday
savollarga javob berolmaslik, javob berishdan bosh tortish fikrlashni taqiqlab
qo`yish bilan barobardir.
Metodist pedagoglar turli davrlarda matematika o`qitishni uning tarix bilan
bog`lash va uni o`qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning
umumiy vazifalariga qarab belgilaganlar.
Vaholanki, milliy o`zlikni anglash jarayonida boshlang`ich sinflarda tarixiy
materiallarni o`rganish xozirgi davrda muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli boshlang`ich sinf matematika darslarining samaradorligini
oshirishda O`rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosini tadqiq etishni
hamda tarixiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslarini
yaratishga e'tibor qaratdik. Yuqori sinf matematika tarixiga doir masalalar bilan
S.Axmedov, M.Depman, G.M.Gleyzer, A.Abdurahmonov, S.X.Sirojiddinov,
G.M.Matvivevskaya, A.Axmedov, H.Tillashevlar va boshqlar shug`ullanishgan.
Boshlang`ich sinf uchun darslik va o`quv qo`llanmalari (K.Qosimova,
R.A.Mavlonova), o`qituvchilar uchun qo`llanmalar (A.M.Pishkalo, N.B.Istomina,
2
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q. -T.: ―O‗zbеkiston‖, 1999.
6
L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbaeva, M.Jumaev) va o`quvchilar uchun, tajriba-sinov
qo`llanmalari
(A.Ahmedov,
M.Jumaev,
N.Abduraxmonov,
R.Ibragimov),
mualliflari
qo`llanmalari
(o`quv
materiallari)
orqali
boshlang`ich
sinf
o`quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga to`xtalib
o`tishgan. Didaktika va ta'lim metodikasining xususiy masalalariga bag`ishlangan
ishlarda dars samaradorligini oshirishda O`rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish
muammosi umumiy holda ko`zda tutiladi. Biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida
ajratib olinmagan.
O`zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov o`zining "O`zbekiston
buyuk kelajak sari" asarida tariximizni tiklashga alohida e'tibor berish kerak. Shu
bilan birga, milliy o`z-o`zini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati
va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko`p millatli jamiyatimiz
an'analaridan ham ajralib qolishi mumkin emasligini alohida ta'kidlagan.
3
Shakllanayotgan milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining muhim tomonlaridan
biri o`zlikni anglashdir. Bu masala bilan tadqiqotimiz jarayonida tanishamiz. Lekin
adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, boshlang`ich sinf matematika darslari
samaradorligini oshirishda O`rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosi
tadqiq etilmaganligi sababli, bu muammoni pedagogik jihatdan tahlil etish, uning
maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakl, usullari, ishlab tavsiyalar yaratish maqsadida
tadqiqot mavzusini «Boshlang`ich sinf matematika darslarida O`rta osiyolik olimlar
ijodidan
foydalanish
metodikasi»
deb
nomladik.
Dostları ilə paylaş: |