16
1.3. MATEMATIKA DARSLARIDA TARIXIY BILIM BERISH BILAN
O„QUVCHILARDA O„ZLIKNI ANGLASH HISSINI
TARBIYALASH
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q"
asarida "o‗zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", degan muhim fikr mavjud.
Haqiqatdan ham, ona yurt tarixini xolisona bilmasdan va u bilan faxrlanmasdan
turib, milliy o‗zlikni anglab bo‗lmaydi. O‗tmish tarixini chuqur va mukammal
bilgan xalq va millat tarix saboqlaridan o‗ziga tegishli va zarur xulosalar chiqarib
oladi.
Hozirgi yoshlar o‗z xalqining jonkuyari bo‗lishi, milliy qadriyatlarimizni
chuqur bilgan, o‗zlashtirgan, ularni qadrlaydigan bo‗lishi kerak.
Asrlar davomida ajdodlarimizning aqlu-zakovati bilan yuzaga kelgan milliy
qadriyatlar inson shaxsining har tomonlama kamol topishida yetakchi omildir.
Shunday ekan, hozirgi zamon kishisi, xususan, yosh avlodning milliy tushunchasini,
ongini boyitib borish katta ahamiyatga ega.
Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy boyliklar xalqimiz tomonidan
ko‗z qorachig‘idek saqlanmoqda va o‗rganilmoqda. O‗sib kelayotgan yosh avlod -
maktab o‗quvchilarini mana shu asarlar bilan tanishtirish ularning dunyoqarashini
kengaytiradi, bilim saviyasini yuksaltiradi.
O‗tmishni, goh g‗amgin, goh quvonchli kechgan tarixni ajdodlarimizning
buyukligi nimadan iboratligini bilmay turib, milliy g‗urur, milliy iftixor tuyg‗usi
shakllanmaydi. Kelajak o‗tmishdan boshlanadi, degan gap bor. Vujudimizda,
qadriyatlarimiz tarkibida nimaki go‗zallik bo‗lsa, Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy,
Beruniy, Ulug‘bek, Umar Xayyom, G‗iyosiddin
Jamshid
Koshiylarning pokiza
vijdonidan, buyuk e‘tiqodlaridan,
muqaddas
ruhlaridan jamlanganini har bir
o‗qituvchi, har
bir
o‗quvchi bilmog‗i kerak. Vatan o‗tmishdan, bugundan va
kelajakdan iboratdir.
Biz xalqimizning uzoq yillar davomida yaratgan behisob moddiy -ma‘naviy
boyliklari bilan faxrlanamiz. O‗rta Osiyo xalqlari olimlari o‗tmish madaniyatini,
badiiy va ilmiy merosini o‗rganish yuzasidan bir qancha muhim ishlarni amalga
17
oshirdilar. Matematika tarixiga doir kitoblarda O‗rta asr Sharq olimlarining
matematika sohasidagi ishlari haqida umumiy ma‘lumot berilgan. Keyingi yillarda
taniqli olimlardan A.Axmedov, A.P.Yushkevich, B.A.Rozenfeld, G.N.Qori-
Niyoziy, S.X.Sirojiddinov, G‗.Jalolov va boshqalarning qilgan ishlari shu olimlar
ijodi haqidagi ma‘lumotni yanada kengaytiradi va ularning metodlari bilan
tanishtiradi.
Hozir maktablarda qo‗llanilayotgan matematika dasturi va darsliklarda O‗rta
Osiyo xalqlari allomalarining, matematika sohasiga qo‗shgan hissalari haqidagi
ma‘lumot kam va umumiy tarzda.
O‗qituvchi dars va darsdan tashqari mashg‗ulotlarda, matematikaga katta
hissa qo‗shgan O‗rta Osiyo olimlarining ishlariga doir tarixiy materiallar haqida
ma‘lumot berib borsa, o‗quvchilarning matematikaga qiziqishi ortadi. Matematik
masalalarni qadimgi va hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan tahlil qilib yechilsa,
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
O‗rta Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar qatori jahon madaniyati xazinasiga
katta hissa qo‗shgan. Ko‗pgina moddiy va ma‘naviy boyliklar chet el
bosqinchilarining ko‗p asrlar davomida O‗rta Osiyo xalqlariga qarshi bosqinchilik
urushlari oqibatida yo‘qolib ketgan. Shu sababli bu xalqlarning o‗rta asrda
madaniyatining haqiqiy o‗rganish ancha mushkul.
V asr oxirlariga kelib, Rim imperiyasi qulaydi. Shu munosabat bilan qadimgi
Rimda fan va madaniyat tushkunlikka yuz tutadi. Yevropada o‗rta
asrlar
boshida
ijtimoiy - madaniy va siyosiy hayotda dinning ta‘siri nihoyatda kuchayadi.
Din ilm-fan va ma‘rifat taraqqiyotiga katta to‘sqinlik qiladi. Buning
oqibatida, G‗arbiy Yevropada fan va madaniyat taraqqiyoti deyarli to‗xtab qoladi.
Tarixiy manbalardan bilishimizcha, matematika sohasida XII
asrgacha hech qanday
ijodiy ish yuzaga kelmaydi. Ammo VII-XIII
asrlarda dunyoning boshqa bir
tomonida-Sharqda matematika, astronomiya fanlari taraqqiyotida juda katta
yutuqlarga erishiladi. Madaniyat markazlaridan biri bo‗lgan O‗rta Osiyoda yashagan
xalqlar juda qadim zamonlardan beri Xitoy, Hindiston, Eron, Kavkaz va boshqa
mamlakatlarning xalqlari bilan "Buyuk ipak yo‘li" orqali savdo-sotiq, siyosiy
18
madaniy aloqa qilib turar edilar. O‗rta Osiyo xalqlari ilm-fan sohasida bu
mamlakatlarning xalqlari yaratgan yangiliklarni qunt bilan o‗rganadilar va o‗zlari
ham Sharqda ilm - fanning taraqqiyotiga katta hissa qo‗shadilar.
Matematikani o‗rgatish jarayonida tarbiyani
o’quvchilarning yoshi va
bilimiga mos ravishda sonlar va ularning xossalari bilan tanishtirishdan boshlash
mumkin.
Masalan, quyi sinflarda ko‗p xonani sonlarni o‗rganishdan
boshlab,
yuqori sinflarda sonlar xonasini kengaytirish
va
nihoyat natural
sonlar
to‗g‗risidagi
bilimlar orqali o‗quvchilar hamma
sonlar inson amaliy
faoliyati, uning hayotiy
ehtiyoji
va tajribasi
na
tajasida
paydo
bo‗lganligiga ishonch hosil qiladilar.
Sonlarning xossalarini o‗rganish vaqtida bu xossalar turlicha qarashlar va
xurofiy nazariyotchilar tomonidan qanday talqin qilinganligi haqida suhbat
o‗tkazish mumkin. Bunday suhbatlar oxirida o‗tkaziladigan mashqlar natijasida va
sonlarning muhim xossalarini o‗rganish orqali o‗quvchilarni chekli tasavvurlar bilan
tanishtirish mumkin.
Dastlab, tarixiy materiallar tarkibida mavjud bo‗lgan hikoya, ertak,
masallardan o‗rinli foydalanish lozim bo‗ladi. Bunga shu yoshdagi bolaning
ko‗pincha uyda va maktabda shug‗ullanadigan asosiy faoliyati bo‗lgan o‗qish,
muomala, o‗yin va mehnat yordam beradi. Yetti yoshga to‗lguncha bolalarda
ma‘lum obyekt va hodisalar haqida faqat reproduktiv, ayni paytda idrok etib
bo‗lmaydigan timsollarni payqash mumkin, bu timsollar asosan axborot
ma‘nosidadir.
O‗qishga kelishi bilan bola shaxsiga tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatadigan
tengdoshlari, o‗qituvchilar, maktab o‗quv qo‗llanmalari orqali katta yo‗l ochiladi.
O‗qish hisobiga ommaviy axborot vositalari orqali aloqalar kengayadi, unga
muayyan darajada ta‘sir ko‗rsatadigan axborot oqimi kuchayadi. Bola maktabga
borishi munosabati bilan oilaning tarbiyaviy ta‘siri birmuncha susayadi, chunki u
bilan maktab yaxshigina raqobat qila boshlaydi. Endi bolaning ko‗proq vaqti oiladan
tashqarida o‗z tengqurlari, o‗qituvchilari bilan turli vaziyatlarda muomala-
munosabat qilgan holda kecha boshlaydi. Quyi sinflarda o‗qiyotgan vaqtida bolaga
19
oila bilan maktabning ta‘siri deyarli bir xil bo‗ladi. Bu masalada tarixiy
materiallardan foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Matematika mashg‗ulotlarida sonlarning xossalarini o‗rganishdan tashqari,
ayrim matematik olimlarning hayoti bilan ham tanishtirib boriladi. Bu suhbatlar
davomida albatta ularning yaratgan kashfiyotlari haqida ilmiy-g‗oyaviy ma‘lumotlar
beriladi.
O‗qituvchi o‗z imkoniyatiga qarab tinglovchilarni xalq ichidan yetishib
chiqqan olimlarning fikrlari va ma‘rifatparvar g‗oyalari bilan ularning fanga bo‗lgan
qo‗shgan hissalari, matematikaga doir ishlari bilan tanishtirib borsa, o‗quvchilarning
fanga qiziqishi ortadi hamda vatanparvarlik dunyoqarashi ham shakllana boradi.
O‗rta Osiyoda yashab ijod qilgan Forobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy,
Hakim
va
Sobir Termiziylar, Firdavsiy, Rudakiy va boshqa buyuk mutafakkirlar
o‗zlarining butun ijodiy faoliyatlarini Vatanda ilm-ma‘rifatni rivojlantirishga
bag‗ishladilar.
Bular ilk o‗rta asr sharoitida nihoyatda ozchilikni tashkil qilgan edilar.
Ularning xizmatlari o‗z zamonasida inobatga olinmadi, ayrimlari
moddiy
nochorlik,
quvg‗in va ta‘qib ostida yashadilar. Ilmiy g‗oyalarni targ‗ib qilganliklari uchun
ko‗pgina mutaffakkirlarning hayoti
fojiali tugadi.
Ulug‗bekning ilmiy faoliyati va madaniy merosi tarixini ham o‗quvchilarga
mukammal tushuntirish zarur, chunki Ulug‗bek davlatning ma‘muriy, siyosiy ishlari
bilan band bo‗lishiga qaramasdan, jahonshumul ahamiyatga molik ilmiy ishlarni
bajaradi, mamlakatning madaniy
yuksalishiga alohida e‘tibor beradi. 1417-1420
yillarda O‗rta Osiyoning yirik markazlari bo‗lgan Buxoro, Xo‗janjakon (hozirgi
G‗ijduvon) shaharlarida zamonaviy madrasalar qurdirdi. Buxoroda qurdirgan
madrasa darvozasining peshtoqiga ko‗pdan-ko‗p yulduzlar rasmini chizdirdi. Ilmga
intilish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir degan shiorni yozdirib qo‗ydi,
xotin-qizlarni ilm-ma‘rifatli bo‗lishga da‘vat etdi.
|