14
Ulug‗bek ilmiy maktabining namoyondalari Ulug‗bekning shogirdlaridir. Bu
ulug‗ olimlar amalda kanallar qurdilar, yulduzlar xaritasini tuzdilar, turli inshootlar
barpo etdilar. Bu kitob
yana shunisi bilan qiziqarliki, unda matematika va
geometriyaga oid amaliy masalalar berilgan bo‗lib, ular ustida olimlar ish olib
borganlar.
Keyingi yillarada matematika fani tarixiga oid nashr etilgan kitoblardan (1974
- 1987) biri «Matematika tarixi», ikkinchisi esa «Matematika
fanining paydo
bo‗lishi va rivojlanishi» deb ataladi. Bu kitoblarda matematika fani tarixidagi aktual
muammolar va ma‘lumotlar tahlil etilgan.
«Matematika tarixi» kitobida matematika fanining taraqqiy etish
qonuniyatlari tahlil qilib chiqilgan. Kitob tarkibi bir shaklga keltirilgan,
matnning
bir necha joylari hozirgi zamon fani talablari asosida katta ishlangan. Kitob
tushunarli ilmiy til bilan yozilgan
va
matematika o‗qituvchilari o‗z o‗quvchilariga
tushuntirish uchun qulaylik bilan foydalanishlari mumkin.
Shu kitobda matematik tasavvurning
shakllanish jarayonlari,
matematika
nazariyasi, elementar matematika rivoji, o‘zgaruvchan miqdor matematikasi,
matematik tahlil va geometriya, hozirgi zamon matematikasining
boshlanishi
kabilar talqin etib chiqilgan. Barcha bu ma‘lumotlar davrlashtirilgan. Misr, qadimgi
Vaviloniya, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, O‗rta Osiyo va Yaqin Sharq, Uyg‗onish
davri Yevropasi matematikasi va geometriyasi ma‘lumotlari bayon qilib berilgan.
«Matematika fanining paydo bo‗lishi va rivojlanishi» asari «Matematika
tarixi» asarining yana ham soddalashtirilgan yo‗nalishi bo‗lib, o‗rta maktab
o‗qituvchilari uchun mo‗ljallangan.
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
sharqshunoslik instituti nashr etgan maqolalar to‗plami 1979-yilda nashr etilgan
bo‗lib, bu to‗plam Ulug‗bek davri matematika taraqqiyoti haqidagi qiziqarli
ma‘lumotlarga g‗oyatda boydir.
Hozirgi zamon matematika predmetining
shunday boy mazmunga ega
bo‗lishi uning eng muhim muammolar majmuini qayta qurishga olib keladi.
15
Matematika asoslari deganda, tarixiy, mantiqiy, falsafiy
muammolar va matematik
nazariyalar tizimi tushuniladi.
Tarixiy tushunchalarni boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining bilimi va yosh
xususiyatiga muvofiq t
ushuntirish
va aniq bo‗lishini hisobga olib dastlab:
- xalq pedagogikasidagi maqol, topishmoq, ertak, o‗yinlardagi matematikaga
doir tushunchalar tizimi;
- matematik olim, mutafakkirlarning hayoti va faoliyatidan namunalar;
- xalq obidalaridan elementar matematik hisoblashga doir qurilmalarni
ko‗rsatish va o‗lka bo‗ylab sayr orqali amalga oshirish kabilar tarixiy tushunchalarni
shakllantirishda asosiy vositadir.
Dostları ilə paylaş: