2.3. “Samarqand akademiyasi” va G„iyosiddin Jamshid Koshiyning “Arifmetika kaliti” asari .
ULUG„BEK Mashhur astronom, matematik, tarixchi, Samarqand rasadxonasining
asoschisi va undagi ilmiy maktab rahbari Ulug‗bek jahonning eng yirik astronomlari
qatoridan joy olgan olimdir.
Amir Temurning harbiy safarlarida, uning oila a‘zolari ham birgalikda
borishlari odat bo‗lib qolgan edi. Sharq tomonga ketayotgan shunday safarlarning
birida Sultoniya shahrida dam olish uchun to‗xtagan vaqtda, 1394-yil 22-martda
Temurning 17 ga kirgan kichik o‗g‗li Shoxruhning xotini Gavharshod o‗g‗il tug‗adi,
unga Muhammad Tarag‗ay deb ism beriladi. Keyinchalik, unga berilgan Ulug‘bek
laqabi uning nomiga aylanib qolgan. Ulug‗bek Temurning bir necha safarlarida,
masalan, mashhur Hindiston safarida (1397-1398), g‗arbga qilgan safarida (1399-
1404) saroy a‘zolari bilan birgalikda, bobosini kuzatib borgan.
Ulug‗bek yoshligidanoq yunon olimlari Platon, Aristotel, Ptolemey,
vatandoshlari Farg‗oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlarning asarlarini o‗rgana
boshladi. Ulug‗bekning o‗tkir zehni, doimiy va izchil mutolaasi uni boyitadi.
Ulug‗bekni bobosi Temur kabi harbiy yurishlar qiziqtirmas edi. Otasi
Shoxruh, Hirotda (Xuroson davlatining poytaxti, bu davlatga Shoxruhning o‗zi
hokimlik qilar edi) o‗z atrofiga ruhoniylarni yig‗ib olib, erkin fikr egalarini ta‘qib
qilgan bo‗lsa, Ulug‗bek Samarqandda, o‗z atrofiga olimlar va shoirlarni to‗plab fan,
adabiyot va san‘atning taraqqiy etishiga keng yo‗l ochib berdi, o‗zi tabiiy fanlar
bilan bevosita shug‗ullanadi.
Ulug‗bek yirik olim bo‗lishi bilan birga, o‗z davridagi fan taraqqiyotiga bosh
bo‗ldi. Mashhur matematik va astronom olimlarni o‗z atrofiga to‗plab, ilmiy maktab
tashkil etdi.
Ulug‘bek rahbarligida 1424-1428-yillarda Samarqandda eng takomillashgan
asboblar bilan jihozlangan astronomik rasadxona quriladi. Olim va shoir Zahiriddin
Muhammad Bobur o‗z asarida, bu rasadxonaning binosi katta uch oshnali, juda
baland, g‘oyat hashamatli bo‗lganligini yozadi. Samarqand rasadxonasida pishilgan
37
ilmini tadqiqotlarning eng yirik yulduzlar va sayyoralar harakatiga bag‗ishlangan