Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materialni o‘rganishda tarixiy materiallardan foydalanish


Muhammad Xorazmiyning arifmetika asarida raqamlash va arifmetik amallar



Yüklə 77,24 Kb.
səhifə5/13
tarix04.04.2023
ölçüsü77,24 Kb.
#93028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Al Xorazmiy arifmetik amallari

Muhammad Xorazmiyning arifmetika asarida raqamlash va arifmetik amallar.

Xorazmiyning arifmetik va algebraik asarlari matematika tarixida yangi davrni o‘rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi va matematikaning keyingi asrlardagi rivojlanishiga beqiyos zo‘r ta’sir ko‘rsatdi. Ular ko‘plab tadqiqotlar uchun tayanch vazifasini o‘tadi; ularni ko‘plab mualliflar sharhladi va ularning qismlari boshqa asarlar tarkibiga kirdi; asrlar o‘ta bir necha avlodlar matematik ma’lumotlarni shu asarlardan oldi. Olim o‘zining matematik asarlarida kundalik hayot talabi va ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda, olimlar uchun ham, hunarmandlar uchun ham eng kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘pladi hamda sermazmun va sodda iboralar bilan qisqagina bayon etdi.14
O‘zining arifmetik asarida Xorazmiy arab tilida birinchi bo‘lib, o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasini va unga asoslangan amallarning bayonini keltiradi. Bu risolaning Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadigan lotincha qo‘lyozmasi Dixit Algorizmi, ya’ni ‘Algorizmi dedi’ iborasi bilan boshlanadi. Xorazmiy risolasi mazkur qo‘lyozmaning 1020—1096-betlarini o‘z ichiga oladi va kasrlarni ko‘paytirish misolida amal oxirigacha yetmasdan risola tugallanadi. A P. Yushkevich tadqiqoticha, risolaning asli arabcha nomi ‘Kitob al-jam’ va tafriq bi- hisob al-hind’ (‘Hind hisobi bo‘yicha qo‘shish va ayirish kitobi’) bo‘lishi kerak. Bundan ko‘rinadiki, Xorazmiy asar nomida faqat asosiy ikki arifmetik amalni ko‘rsatgan. Chunki, u ko‘paytish va bo‘lish amallari ham shu ikki amalga keltirilishini nazarda tutib, shunday qaragan bo‘lishi ehtimol. Xorazmiy risola avvalida, hamdu sanodan so‘ng, to‘qqizta harf, ya’ni raqam yordamida hindlarning hisoblash usulini bayon etmoqchi ekanligini va bu ‘harflar’ yordamida har qanday sonni osonlik bilan qisqagina ifoda qilish mumkinligi va ular ustida amallarni bayon etmoqchi ekanligini aytadi. Lotincha qo‘lyozmada hind raqamlari yozilmagan, ular o‘rni bo‘sh qoldirilgan. Faqat goho 1, 2, 3, 5 uchun hind raqamlari va nol uchun aylana shakli yozilgan. Misollarda o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari yozilgan bo‘lib, ularga mos hind raqamlarining o‘rni bo‘sh qoldirilgan. Xorazmiy arifmetik risolasida hind arifmetikasigina emas, balki qadimgi yunon falsafasining akslanishi ham seziladi. Undan tashqari, Xorazmiy bu asarida o‘zidan avvalgi matematik asarlardan foydalanganligi ham seziladi. Bunday fikrlarni uning quyidagi so‘zlari tasdiqlaydi: ‘Demak, bir har qanday sonning tarkibida bor. Bu haqida arifmetikaga doir boshqa kitobda ham aytilgan. Bir har qanday sonning ildizidir va demak, u sonlardan tashqarida turadi. U shuning uchun sonning ildizidirki, har qanday sonni u tufayli aniqlanadi. U shuning uchun sonlardan tashqaridadirki, u o‘z-o‘zicha, ya’ni hech qanday boshqa sonsiz aniqlanadi’. Bu yerda ‘bir har qanday sonning tarkibida bor’ ekanligi, ‘har qanday sonning ildizi’ ekanligi va uning ‘sonlardan tashqarida’, ya’ni bo‘linmas ekanligi bir tomondan pifagorizm qarashlariga mansub bo‘lsa, ikkinchi tarafdan u aristotelizmga taalluqlidir.
Sonlarni hind raqamlari bilan o‘nlik pozitsion sistemada yozilishini va ‘0 ga o‘xshash kichik doiracha’ning ishlatilishi haqida mufassal so‘zlaganidan so‘ng, Xorazmiy katta sonlarni aytishni o‘rgatadi va bunda u faqat birlar, o‘nlar, yuzlar va minglarning nomlaridan foydalanadi. Misol tariqasida, Xorazmiy mana bu (qo‘lyozmada ko‘rsatilmagan) 1180 073 051492 863 sonning o‘qilishini ko‘rsatadi, u bunday o‘qiladi: mingta ming ming ming ming besh marta va yuz ming ming ming ming to‘rt marta ‘va sakson ming ming ming ming to‘rt marta va yetmish ming ming ming uch marta va uch ming ming ming uch marta va ellik bir ming ming ikki marta va to‘rt yuz ming va to‘qson ikki ming va sakkiz yuz oltmish uch. Sonlarning bunday noqulay o‘qilishi Sharqda ham, Yevropada ham uzoq muddatgacha saqlanib, o‘nlik pozitsion sistema uzil-kesil g‘alaba qilgandagina yo‘qoladi.
Bundan keyin Xorazmiy hind usuliga ko‘ra arifmetik amallarni mufassal bayon qilishga o‘tadi va qo‘shish, ayirish amallaridan boshlaydi. Bu amallarda u ‘doiracha’, ya’ni nolning roliga katta ahamiyat beradi. Xorazmiy u haqda bunday deydi: ‘Agar hech narsa qolmasa, martaba bo‘sh qolmasligi uchun doiracha qo‘yib qo‘y; lekin u yerda uni egallovchi doiracha tursin, chunki agarda u yer bo‘sh bo‘lib qolsa, martabalar kamayib qoladi va ikkinchini birinchi o‘rnida qabul qilinib qoladi va shu bilan sen o‘z soningda yanglishib qolasan’. Mazkur ikki amalni har doim yuqori martabadan boshlashni tavsiya qiladi. Xorazmiy arifmetik amallar uchun keltirgan birinchi misoli ayirish uchun bo‘lib, u 6422 dan 3211 ni ayiradi. Buning uchun u ayiriluvchini kamayuvchining tagiga mos razryadlari (martabalari) bo‘yicha yozishni tavsiya qiladi. Bu misolda kamayuvchining har bir hadi ayiriluvchining har bir hadidan katta bo‘lib, unda hali nolni ishlatmaydi. Biroq keyingi misolda 1144 dan 144 ayiriladi. Bu holda ham ayiriluvchi kamayuvchining tagiga mos razryadi bo‘yicha yozilishi tavsiya etiladi. Shubhasiz, bu misolda muallif nolning rolini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.15
Xorazmiy ikki baravarlash va ikkilash, ya’ni yarimlash amallariga muhim ahamiyat beradi. Ma’lumki, bu amallar qadimgi Misr matematikasiga taalluqli bo‘lib, ular ko‘paytish va bo‘lish amallarini ikkiga ko‘paytish va ikkiga bo‘lish yordamida bajarganlar. Xorazmiy bu ma’lumotlarida qanday manbalarga asoslanganligi ma’lum emas. Lekin Xorazmiy risolasi tufayli bu amallar uzoq muddat davomida Sharq va Yevropa matematikasida qo‘llanib keldi. Xorazmiy ikki baravarlash ko‘paytishning xususiy holi va ikkilash bo‘lishning xususiy holi ekanligini bilgan bo‘lsa ham, risolasining Kembrij nusxasida bu haqda ochiq aytilmagan. Lekin, uning risolasini qayta ishlagan Seviliyalik Ioann ikkilash — bo‘lishning turi va ikki baravarlash ko‘paytishning turi ekanligini hamda bu amallar sonlardan ildiz chiqarish uchun kerakligini aytgan. Xorazmiy ikkilash amaliy bajarishida qadimgi Bobil matematik an’analariga ham tayanganligi seziladi. Uning ‘birni ikkilaysan, ya’ni ikkita yarimga ajratasan, shunda uning bitta yarmi birni tashkil qiluvchi oltmishning o‘ttiz qismini tashkil qiladi’ degan iboralari buning yorqin dalilidir.
Bundan keyin, Xorazmiy butun sonlarni bir-biriga ko‘paytirishga o‘tadi. Buning uchun u 9 ni 9 gacha ko‘paytish jadvalini yoddan bilish kerakligini aytadi. Xorazmiy keltirgan misolda 2326 ni 214 ga ko‘paytiriladi. Bu sonlarni bir-biriga ko‘paytirish uchun Xorazmiy ko‘paytuvchini ko‘paytiriluvchining tagiga joylashtirilib, bunda ko‘paytuvchining quyi martabasi ko‘paytiriluvchining yuqori martabasi tagida,

ya’ni:
2326


214
ko‘rinishda yozilishi kerakligini aytadi. Avval u 214 ni ko‘paytiriluvchining minglari, ya’ni 2 ga ko‘paytirib, ko‘paytmani 2 ning o‘rniga yozib qo‘yadi, ya’ni 428326
214
keyin 214 ni bir xona o‘ngga suradi:
428326
214
Bundan so‘ng 214 ni ko‘paytiriluvchining yuzlariga, ya’ni 3 ga ko‘paytiriladi. Hosil bo‘lgan 642 ko‘paytmaning avvalgi ikki hadi 428ning keyingi ikki hadiga qo‘shiladi va yig‘indi 64+28=92 ni 21 ning tepasiga yoziladi. Ko‘paytmaning birlar xonasidagi 2 esa ko‘paytiriluvchining yuzlari, ya’ni 3 o‘rniga yoziladi:
492226
214
Keyin 214 ni yana bir xona o‘ngga suriladi:
492226
214
So‘ng ko‘paytiriluvchining o‘nlarini, ya’ni 2 ni 214ga ko‘paytiriladi. Ko‘paytma 428 ning avvalgi ikki raqamini 22 ga qo‘shiladi va yig‘indi 42+22 = 64 ni 21 ning ustiga yoziladi, ko‘paytiriluvchidash 2ning o‘rniga esa ko‘paytmaning birlari, ya’ni 8ni yoziladi:
496486
214
Nihoyat 214 ni yana bir xona o‘ngga suriladi:
496486
214
Keyin ko‘paytiriluvchining birlari, ya’ni 6 ni 214 ga ko‘paytiriladi. Hosil bo‘lgan ko‘paytma 1284 ning avvalgi uchta hadini o‘tgan uchta ko‘paytmaning yig‘indisidagi 648ga qo‘shiladi va yig‘indi 648+ +128 = 776 ni 21 ning ustiga yoziladi. Ko‘paytmaning birlari 4 ni ko‘paytiriluvchining birlari 6 o‘rniga yoziladi: natijada ko‘paytma 497764 hosil bo‘ladi.
Xorazmiy ikki baravarlash va ko‘paytish natijasini 9 yordamida tekshirish usulini ham keltiradi. Bu usul o‘rta asr matematikasida birinchi marta eslatilishi edi.
Xorazmiy bundan keyin bo‘lish amalining bayoniga o‘tadi. Uning aytishicha, ‘bo‘lish ko‘paytirishga o‘xshashdir, lekin unga teskari, chunki bo‘lishda biz ayiramiz, ...ko‘paytirishda esa qo‘shamiz’. Xorazmiy 46468 ni 324 ga bo‘lish misolini keltiradi. Buning uchun bo‘luvchini bo‘linuvchining ostiga
46468
324
ko‘rinishda yoziladi. Agar bo‘linuvchining yuqori hadi bo‘luvchining yuqori hadidan kichik bo‘lsa, bu holda bo‘luvchini yana bir xona o‘ngga suriladi. Bizning holda bo‘linma 1 ni bo‘linuvchining ustiga bo‘luvchining eng quyi hadi to‘g‘risiga
1
46468
324
ko‘rinishda yozib qo‘yiladi. Keyin 1 ning 324 ga ko‘paytmasini bo‘linuvchining mos hadlaridan ayiriladi va ayirmani o‘sha hadlarning o‘rniga yoziladi:
1
14068
324
Bundan keyin 324 yana bir xona o‘ngga suriladi
1
14068
324
Ikkinchi bo‘linma 4 ni ham bo‘luvchining to‘g‘risiga, avvalgi bo‘linma 1 dan o‘ngga yoziladi:
14
14068
So‘ngra 324 ning 4 ga ko‘paytmasi 1296 ni 1406 dan ayirib, ayiriluvchining o‘rniga ayirma 110 yoziladi:
14
1108
324
Bundan keyin 324 ni yana bir xona o‘ngga suriladi:
14
1108
324
Xorazmiy avval oltmishlik kasrlar bilan amal tutadi va bunday karslarni hindlarga nisbat beradi. Lekin aslida bu kasrlar qadimgi bobilliklarga mansub bo‘lib, u Bobildan Iskandariya (Misr) olimlariga o‘tgan. IV asrda Iskandariya ilmiy maktabi tarqatib yuborilgach, uning namoyandalaridan biri iskandariyalik Paulos Hindistonga qochadi. Paulosning Hindistonda yozgan astronomik asari ‘Pulisa- siddhonta’da oltmishlik sistema haqida ma’lumotlar bo‘lib, shu tariqa bobilliklarning oltmishlik hisoblash sistemasi Hindistonda tarqaladi. Bag‘dodda Xorazmiy arifmetikasida bu sistemaning hindlardan olingan deb bayon etilishi, uning o‘z vatani Bobilga yana qaytib kelishi desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Xorazmiy oltmishlik kasrlar tushunchasini kiritishda bimi oltmish bo‘lakdan iborat deb qarab, buning har bir qismini ‘daqiqa’, buning oltmishdan bir qismini ‘soniya’, buning oltmishdan bir qismini ‘solisa’ va h, k. deyilishini aytadi. Lotincha tarjimada bu nomlar so‘zma-so‘ziga ‘minuta’, ‘sekunda’, ‘tersiya’ va h. k. deb tarjima qilingan. Butunni esa Xorazmiy ‘daraja’ degan, lotinchaga u ‘gradus’ deb tarjima qilingan. Xorazmiy ko‘paytirishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Avval u oltmishlik kasrlarni ko‘paytirishda ko‘paytmaning martabasini aniqlash qoidasini aytadi. Kasrlarni va aralash sonlarni o‘zaro ko‘paytirishda ko‘paytma quyi martabadagi sonning martabasida bo‘lishini ta’kidlaydi. Bo‘lish amalida bo‘linuvchini ham, bo‘luvchini ham ulardagi eng quyi martabada ifodalanadi; agar bo‘linuvchining shu martabadagi birlari bo‘luvchinikidan kichik bo‘lsa, uni yana bitta quyi martabaga o‘tkaziladi. Keyin Xorazmiy oltmishlik kasrlarni qo‘shish, ayirish, ikki baravarlash va ikkilash amallarini bayon qiladi. Bundan keyin u oddiy kasrlar ustida amallarga o‘tadi.
Xorazmiy risolasining arabcha nusxasi saqlanmagani uchun u foydalangan raqamlarning shakli haqida tugal fikr aytib bo‘lmaydi. Kembrijda saqlanadigan lotincha nusxasida uchratiladigan 1, 2, 3, 5 va 0 ning shakllari ham Xorazmiydagi raqamlarning shakli haqida aniq xulosaga kelish imkonini bermaydi.
Ma’lumki, arablar Yaqin Sharq mamlakatlarini bo‘ysundirganlaridan keyin, bir muddat yunon harfiy raqamlaridan foydalanganlar. Suryoniylarning madaniy ta’siri natijasida VIII asr oxiri, IX asr boshlarida arablarning o‘z harfiy raqamlari — abjad hisobi tarqaladi. Lekin IX asrning birinchi yarmidayoq hindlarning ta‘siri natijasida sharqiy arab raqamlari va nol yuzaga keladi. Bu raqamlarni tadqiqotchilar hindlarning brahmi raqamlarining modifikatsiyasi deb hisoblaydilar. Deyarli shu vaqtning o‘zida G‘arbiy Afrika va Pireney yarim orolida g‘arbiy arab raqamlari — ‘g‘ubor’ tarqaladi (1-shakl).

Yüklə 77,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin