Mavzu: boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish reja



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə3/5
tarix13.12.2022
ölçüsü256,5 Kb.
#74505
1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA QIZIQARLI O\'YINLARDAN FOYDALANISH


PARTA-MARTA....kabi
O‘quvchilarining o‘qish malakasini rivojlantirish va nutq o‘stirishda ilg‘or usullardan foydalanish O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol usullarda o‘z aksini topadi. Dars berish usullari ta'lim beruvchining faoliyatini tashkiIlashtirish vositasidir. Ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish va o‘qitish usullari interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va texnologiyalardan namunalar keltiramiz: Taqdimot va muzyorarlar bu mashg'ulotni boshlash uchun mo‘ljallangan qisqa mashqlardir.


3. Didaktik o’yinlardan foydalanish
Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi «to‘siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o‘quvchilari orasidagi o‘zaro ishonch, hurmat, o‘zaro yaqinlikni his etishga o‘rgatish yotadi.Aqliy hujum yoki aqliy hamla - bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha o‘quvchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya'ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to'xtaladi. Debat bu usulning maqsadi o‘zaro baxs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir.

GAPLARNI OXIRIGA YETKAZISh - bu mashqda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi.
DAVRA SUHBATI - ta'lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir- birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar.
GURUHDAGI MUNOZARALAR - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir.
a) KATTA GURUHDA MUHOKAMA - bunda butun guruh muayyan mavzuga doir bo‘lgan g‘oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan yoki uyushtirilgan mavzular atrofida o‘tkaziladi.
b) KIChIK GURUHLARDA MUHOKAMA - mazkur o‘quv tadbirida ixtiyoriy holatda masalani ko‘tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko‘tarilgan muammolar yechimini topish va g‘oyalarni baholash uchun yig‘ilgan to‘rt-olti kishi ishtirok etadigan davra.
ROLLI O‘YIN - dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish". Rollar o‘quvchilarga aynan mo'ljallanganligini va ularga "go‘yoki chinakamiga" harakatlanish imkonini beradi.
SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISh - bilimlarni tekshirish va o‘qitish jarayonini baholash uchun foydalaniladi.
BOShQARILAYoTGAN XAYoLOTLAR – o‘qituvchi tayyorlab qo‘ygan fantaziyasini o‘qiydi yoki guruhning o‘zi shunday bir hayoliy holatni rivojlantiradi.
IJODIY MEHNAT - rasm chizish, andozalash, qo'shiq, tarixlar, chizgilar yozish va o‘yinlar o‘ylab topishni mujassam etadi.
"AKVARIUM" mashqi - bu guruh ichida guruh tarzida tashkil etiladi, ya’ni sinf ikki guruhga birlashtiriladi davraga bir guruh vakillari taklif etilib, berilgan savollarga javoblarini aytadilar. Ikkinchi guruh esa, birinchi guruh a'zolarining ma'lumotlarini eshitadilar. Ular yakunlagach, yuqoridagi savol bo‘yicha qolgan joylarini to‘ldiradilar. Ikkala guruh bir - birlarining taqdimotlarini nazorat qilishlari so‘raladi.
O‘YINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MAShQLAR - bir xillikni yangilashtirish, kuch-quvvatni oshirish va ishni davom ettirish ishtiyoqini kuchaytirish uchun foydalidir. Bunda turli harakatli o‘yinlar o‘tkazish lozim. Bu turdagi mashqlar dam olish daqiqasi sifatida ham talqin etiladi.
KLASTER - (lot."g‘uncha", "bog‘lab") axborotlarni yoyish usuli bo‘lib, undan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni tushunishlari uchun erkin, ochiq fikr yuritishlariga katta imkoniyat beradi.
ESLATMA: Har bir taqdimotdan so‘ng o‘quvchilarga ko‘tarinkilik ruhini berish uchun olqishlar bilan rag‘batlantirib borish zarur. Guruhlarga birlashtirayotganda, albatta, mavzu yoki davrdan kelib chiqib nomlar berish ham maqsadga muvofiq. Ya'ni, gullar, o‘simlik, o‘yinchoq, tarixiy shaxslar nomlari bilan nomlash tavsiya etiladi.
Demak, yuqoridagi berilgan interfaol metodlar kabi tajribalarga asoslangan ta'lim usullari orqali o‘quvchilarda faollik va dars samaradorligining oshishi ta'minlanadi. O‘qituvchi ish faoliyatida mustaqil ravishda mavzuga mosini tanlash va qo‘llash imkoniga ega. Quyida berilgan metodlarning ba’zilaridan boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish darslarida qanday foydalanish mumkinligi misollarda berilgan.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin