boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish
o’quvchilarga uslubiy ko'rsatmalar O’quvchilarga yo'riqnoma Ish bosqichlari Maslahatlar va tavsiyalar 1. Keys va uning
axborot ta'minoti
bilan tanishish
Avvalo keys bilan tanishish "Atrof muhitni huquqiy muhofaza
qilish" haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo'lgan butun
axborotni diqqat bilan o'qib chiqish lozim. O'qish paytida
vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
2. Berilgan vaziyat
bilan tanishish
Ma'lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o'qib chiqing.
Siz uchun muhim bo'lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan
ikkinchi abzatsga o'tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o'qib
mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam
yordamida ostini chizib qo'ying. Vaziyat tavsifida berilgan
asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling.
Ushbu vaziyat "Hozirgi paytda insoniyat hayotiga katta xavf
tug'dirayotgan atrof muhitning buzilishi ifloslanishi va buning
salbiy oqibatlari nafaqat shahar yoki davlat balki butun
insoniyatga havf solayotganligini aniqlashtirilishi lozimligini
aniqlang
3.Muammoli
vaziyatni tahlil qilish
Asosiy muammo va kichik muamollarga diqqatingizni jalb
qiling. Asosiy muammo: Atrof tabiiy muhitni asrab avaylash
4. Muammoli
vaziyatni yechish
usullari va
vositalarini tanlash
hamda asoslash
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarini izlab topish
maqsadida quyida taqdim etilgan "Muammoli vaziyat"
jadvalini to'ldirishga kirishing. Muammoni yechish uchun
barcha vaziyatlarni ko'rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating.
Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oling va
yechimini toping. Jadvalni to'ldiring. Keys bilan ishlash
natijalarini yozma shaklda ilova qiling.